«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Xorij

Rossiyada virusdan zararlanganlar soni oshdi

Rossiyada koronavirus infeksiyasi bilan yana 8 946 nafar inson zararlangani qayd etilgan. Bu bir kun oldingi holatdan bir oz ko’proq. Mamlakatdagi umumiy bemorlarning soni 350 mingdan oshdi. Bir kun davomida COVID-19 dan 92 nafar shaxs vafot etgan. So’nggi 24 soat ichida Rossiyaning 83 ta hududiy birliklarida 8 946 yangi virus yuqish holati aniqlangan bo’lib, ulardan 43,7 foizi kasallikning klinik ko’rinishlariga ega emas edi, deya xabar beradi operativ shtab ma’muriyati. Moskva hissasiga 2 560 ta yangi bemorlar to’g’ri keladi. Virus bilan […]

Farer orollari chempionatida futbolchi 14 daqiqa ichida 4 ta gol urdi. Gollarning uchtasi jarima zarbasidan kiritildi (video)

Futbol bo‘yicha Farer orollari chempionati doirasidagi “AB Argir” va “XB Torsxavn” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda noodatiy holat qayd etildi. “Torsxavn”ning 21 yoshli hujumchisi Adrian Yustinussen 14 daqiqa ichida poker muallifiga aylandi (8, 12, 17 va 21-daqiqalar). E’tiborlisi shundaki, futbolchi uchta golni jarima zarbasi orqali urdi. 16-daqiqada kamchilik qolganiga qaramasdan, “Torsxavn” mazkur o‘yinda 5:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ketma-ket uch o‘yindan buyon g‘alaba qozonib kelayotgan “XB Torsxavn” liga peshqadamligini “B36 Torsxavn” bilan bo‘lishib turibdi. Joriy mavsum Yustinussen barcha musobaqalarda 8 o‘yin o‘tkazib, […]

Moskvada otishma bo‘ldi

Kecha, 24 may sanasida Moskva shahri, Kashirskiy ko‘chasida otishma bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya matbuotida xabar tarqatilgan. Dastlab noma’lum kimsalar o‘zaro o‘qotar qurollardan o‘q uzgani va voqea joyidan yashiringani xabar qilindi. Politsiya shahar bo‘ylab Mercedes, Ford va Toyota avtomobillarini qidirib, maxsus amaliyot o‘tkazdi. Jinoyatchilar tomonidan jarohat yetkazuvchi to‘pponchalar bilan birga «Sayga» va «Vepr» ov qurollaridan foydalanilgan. Biroz vaqt o‘tib otishmani dafn marosimi o‘tkazuvchi GrandRitual agentligi xodimlari tashkil etgani xabar qilindi. Xabarda aytilishicha, kompaniya boshqaruvi Orenburg shahrida joylashgan va Moskvada o‘z filialiga […]

AQShda karantindan so‘ng dam olishga otlangan oila yo‘ldan ichida 1 mln dollar pul bo‘lgan qop topib oldi

AQShning Virjiniya shtatida yashovchi Shanslar oilasi uzoq muddat davom etgan karantindan so‘ng dam olishga qaror qildi hamda mashinada yo‘lga otlandi, deb yozadi Esquire. Oila a’zolari yo‘ldan bir million dollar naqd pul topib oldi. Mayor Skott Mozerning aytishicha, mashina tasodifan yo‘lda yotgan qopni bosib ketgan. Oila a’zolari dastlab qopni axlat deb o‘yladi. “Shunday qilib, mashina qopni bosib o‘tgan. Ular yo‘lda davom etish o‘rniga qopni mashinaga ortgan”,  — deydi Mozer. Biroz yo‘l yurgach, Shanslar ikkinchi qopni uchratadi. Ular o‘ylab ham o‘tirmasdan uni ham mashinaga […]

Karantinda mehmonga borgan prokuror iste’foga chiqariladi — Yaponiya

So‘nggi kunlarda bo‘lib o‘tgan mojarolar ortidan Tokio bosh prokurori Xiromu Kurokava iste’foga chiqarilmoqda. «RIA Novosti» yozishicha, iste’foga ketishini atrofidagilariga Kurokavaning o‘zi aytgan. Yaponiya adliya vaziri Masako Mori «Kiodo» agentligiga bergan bayonotida Kurokavaning taqdiri kun oxirigacha hal bo‘lishini aytib, bu qaror «qattiq» bo‘lishiga va’da bergan. OAVga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda favqulodda vaziyat hukm surayotgan, hukumat aholidan muloqotlarni 70-80 foizga kamaytirishni so‘rayotgan bir pallada Tokio bosh prokurori tanish jurnalistinikiga ikki marta mehmonga boradi. Eng qizig‘i, Yaponiyada karantinni buzganlik uchun jazo yo‘q, shuning […]

Pokistonlik qonunshunos COVID-19 dan vafot etdi. Kunlik o’lim holati rekord darajaga yetdi

Pokistonlik mahalliy qonunshunos COVID-19 infeksiyasi tufayli vafot etdi. Ushbu holat bugun qayd etilgan va shifoxona mutasaddilarining taʼkidlashicha, mamlakat hukumati karantin holatini yumshatgan paytda mazkur hodisa sodir boʻldi. Ayni damgacha Pokiston boʻylab 45 898 kishida virus aniqlangan boʻlib, ularning 985 nafari vafot etgan. Seshanba kuni oʻlim holati eng yuqori koʻrsatkichga yetdi. Bir kunda 46 ta inson koronavirus infeksiyasidan halok boʻlgani aytilmoqda. Mamlakatning eng katta viloyati hisoblangan Panjob viloyatining sharqiy qismidagi Lahor shahrida yashovchi viloyat assambleyasi aʼzosi hisoblangan 65 yoshli Shahin Razo virusdan vafot etgan. Bu […]

«Uotford»dan kimlar koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi

Koronavirusga chalingan «Uotford»ning 3 a’zosidan biri himoyachi Adrian Mariappa ekanligi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi The Telegraph. Avvalroq APL barcha klublarda test o‘tkazgan va 6 kishida koronavirus aniqlangandi. Shundan 3tasi «Uotford»da qayd etildi: Mariappa va klubning 2 xodimi. 33 yoshli futbolchining so‘zlariga ko‘ra, unda kasallik alomatlari sezilmagan. U 7 kunlik karantinda bo‘ladi, so‘ng yana sinovdan o‘tadi. «Agar biz mashg‘ulotlarga qaytmasak va men test topshirmasam, virus borligini bilmagan bo‘lardim. Odatiy hayot tarzini kechirardim», – deydi Mariappa. tribuna.uz

Koronavirus sabab Britaniyadagi port avtoturargohga aylantirildi. U yerdan o‘n minglab avtomobil joy oldi

Buyuk Britaniyadagi portlardan biri sotilmay qolgan o‘n minglab avtomobillar uchun turargohga aylandi. Bu koronavirus pandemiyasi sabab dunyoda yangi avtomobillarga bo‘lgan talabning kamayib ketgani bilan bog‘liq. Shu sababli avtomobil ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini saqlashga joy qidirmoqda, deb xabar beradi Motor. Daily Mail Buyuk Britaniyaning shimoliy qismida joylashgan Sherness dengiz portining suratlarini e’lon qildi. Port koronavirus pandemiyasi va joriy etilgan cheklovlar sabab turli markadagi o‘n minglab avtomobillarga to‘lgan. Foto: Daily Mail Birlashgan Qirollik avtomobil ishlab chiqaruvchilari va sotuvchilari jamiyatining hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatda yangi avtomobillar […]

«Barselona» sobiq prezidenti Messining qaysi klubga o‘tishga juda yaqin bo‘lganligini aytdi

«Barselona» klubi sobiq prezidenti Joan Laporta 2006 yilda Lionel Messi «Inter» klubiga o‘tishga juda yaqin bo‘lganligi haqida gapirdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bergan. «Milanliklar Messi uchun belgilangan 150 million yevro tovon pulini to‘lashga tayyor edilar. Natijada biz tovon pulini 250 million yevrogacha oshirgandik», — deya eslaydi Laporta.  Sobiq rahbar Messining «Inter»ga transferini uning otasi bilan muhokama qilganligini aytib o‘tdi. «O‘shanda Lionelning otasiga Messini sotishga rozi bo‘lmasligimni, uning «Barselona»da muvaffaqiyat qozonishiga ishonishimni aytgandim. To‘g‘ri, Messi «Inter»da ko‘proq pul ishlab topishi […]

Kellini Messi va Ronaldudan keyin kim tengsiz futbolchi bo‘lishini aytdi

Turinning «Yuventus» klubi himoyachisi va sardori Jorjo Kellini Messi va Ronaldudan keyin qaysi o‘yinchi jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkinligini aytdi.  «Ronaldu va Messidan keyin kim tengsiz futbolchiga aylanadi? Bu Kilian Mbappe deb o‘ylayman. U har tomonlama kuchli. Uni birinchi marta televizor orqali Chempionlar ligasi doirasidagi «Manchester Siti» va «Monako» o‘yinida ko‘rgandim. Kilian menda juda yaxshi taassurot qoldirgandi. Unda barcha jihat mujassamlashgan – tezlik, texnika, golni sezish qobiliyati. Menimcha, u yosh bo‘lishiga qaramay, Neymardan ham kuchli futbolchi. Mbappe kelajakda tengsiz […]