«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Xabarlar

O‘zbekistonda havo yana keskin soviydi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan haftada O‘zbekistonda kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.  Haftaning birinchi yarmida havo bahoriy iliq bo‘ladi, ammo haftaning oxiriga kelib, qishki ob-havo bizning mamlakatimizga qaytadi. Haftaning birinchi yarmida respublika hududlarida ob-havoni past bosim maydoni belgilaydi. Bugun yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat rsepublikaning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Havo harorati ko‘p yillik qiymatlardan 8-10 darajaga yuqori va 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 19-yanvarda respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Toshkent, […]

ISLOHOTLAR BILAN BO’YLASHAYOTGAN MAKTAB.

Hozirgi kunda ilm-fanga bo’lgan e’tibor ortdi. Ayniqsa, hayotimizda muhim o’rin tutadigan maktablar ijobiy tomonga o’zgarmoqda.  Ana shunday maktablardan biri Qarshi tumanidagi 10-maktabdir. Direktor Islom Tursunov boshchiligidagi 84 nafar o’qituvchi 866 nafar o’quvchiga ta’lim berib kelmoqda. Maktabni 2019- yil tugallagan 84 bitiruvchidan 25 nafari oliy o’quv yurtlari talabasi bo’ldi. Bu ko’rsatkich 20% natija bilan tumanda 10-o’rinda. Bundan tashqari maktab o’quvchilari fan olimpiadalarining tuman va viloyat bosqichlarining faxrli o’rinlarini egallab kelmoqda.Kelajakda ushbu dargoh o’quvchilari yurtimizga munosib farzand bo’lib yetishishiga tilakdoshmiz. Elyor Haydarov«Teleradio.uz» […]

БАРЧА ИМКОНИЯТЛАР — БОЛАЖОНЛАР УЧУН

Мактабгача таълим соҳаси узлуксиз таълим тизимининг бирламчи бўғини ҳисобланиб, у ҳар томонлама соғлом ва баркамол бола шахсини тарбиялаш ва мактабга тайёрлашда ғоят муҳим аҳамият касб этади. Мустақиллик йилларида республикада таълим-тарбия тизими ва баркамол авлодни тарбиялаш давлат сиёсатининг асосий устувор йўналишлари даражасига кўтарилди. Касби туманида фаолият олиб бораётган 14-МТТ 170 нафар болажонларни ўз бағрига олиб, бугунги кунда етук салоҳиятли кадрларни тайёрлашда ўз ҳиссасини қўшиб келмоқда. Ташкилотни 20 йилдан буён ўзининг етук малакаси ва катта касбий тажрибаси билан бошқариб келаётган Динора Имомова болажонларнинг […]

Chempionlar maktabi

Ma’lumki hayotimizda maktabning o’rni beqiyos. Mustaqil hayotda o’z yo’limizni topishimizda maktabdek ulug’ dargohdan olgan bilimlarimiz asqotadi va ta’lim bergan ustozlarimizning o’gitlari doimo to’g’ri yo’l ko’rsatib turadi. Shuning uchun ham «binolarning eng ulug’i maktab, kasblarning eng yaxshisi o’qituvchilik»dir. Ana shunday maktablardan biri Kasbi tumanidagi 60-umumiy o’rta ta’lim maktabidir. Maktab direktori o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi a’lochisi Erkin Abduvohidov boshchiligidagi 37 nafar o’qituvchilar jamoasi o’quvchilarga ta’lim berib kelmoqda. Shuningdek, bu dargohda 430 ta o’quvchi ilm olib yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Jumladan, Diyorbek Bozorov […]