«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Xabarlar

Яккабоғ тумани: БАҒРИКЕНГЛИК, ЯХШИЛИК, ҲАМЖИҲАТЛИК

Яккабоғ туманига қарашли Ёшлик маҳалла фуқаролар йиғинида 3115 та аҳоли истиқомат қилади. Маҳаллада ўзининг уддабуронлиги ва кўп йиллик тажрибасига таяниб иш олиб бораётган Муқаддам Пўлатова мана бир неча йилдирки раислик вазифасида ишлаб келмоқда. Маҳаллада тартиб-интизомни, тотувликни, иноқликни, бирдамликни йўлга қўйиш ҳам жуда катта куч ва матонат талаб қилади. Муқаддам опа маҳалла раисининг хотин-қизлар ва ижтимоий, маънавий масалалар бўйича раис ўринбосари Нилуфар Алиқулова билан эрта тонгдан хонадонма-хонадон юриб, аҳолининг турмуш тарзини, оилавий шароитларини ўрганиб уларга керакли ёрдам кўрсатиб келмоқда. 2019 йилда […]

Qashqadaryoda jamoat transporti vositalari dezinfeksiya qilinmoqda

Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash, gigienik-sanitariya holatini yanada yaxshilash maqsadida viloyatimizdagi jamoat transporti vositalarini dezinfeksiya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Bu borada viloyat transport boshqarmasi rahbariyati viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda ish olib borayapti. Qashqadaryo viloyati transport boshqarmasi axborot xizmatiga ko‘ra, yo‘lovchi tashish huquqiga ega tadbirkorlik sub’ektlariga bu bo‘yicha zarur tushuntirish berilib, ishlar samarali tashkil etilmoqda. Bugun ertalabdan jamoat transportlari – avtobuslar, mikroavtobuslar yo‘nalishga chiqishdan avval belgilangan tartibda dezinfeksiya qilindi.Bu kabi tadbirlar muntazam davom ettiriladi. Manba: Nnews

“Qoplonbek” postida 125 dollar pora bilan ushlangan qozog‘istonlik bojxonachi 3750 dollar jarimaga tortildi

Qozog‘istonning Turkiston viloyati va O‘zbekistonni bog‘lovchi “Qoplonbek” bojxona postining yetakchi mutaxassisi pora olishda ayblanib, sudlandi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Turkiston viloyati korrupsiyaga qarshi kurash xizmati bojxona postining yetakchi mutaxassisi Jilqibayevning pora olish fakti bo‘yicha sudgacha bo‘lgan tergovni yakunlagan. Qozog‘istonlik bojxonachi tadbirkor Shintayevadan bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan iste’mol tovarlarini to‘siqsiz olib o‘tishi uchun 125 dollar miqdorida pora olganlikda gumon qilingan. 2020-yilning 27-fevral kuni Sariog‘och tumani sudining hukmi bilan Jilqiboyev 1,5 million tenge (3750 dollar) miqdorida jarimaga tortildi. Shu bilan birga, sudlanuvchi umrbod davlat xizmati lavozimini […]

Бу йил Қашқадарёда наврўз байрами қачон ва қаерларда нишонланади?

Қашқадарё вилоятида бу йил наврўз байрамининг асосий тадбирларига Қарши шаҳрида 16-март куни старт берилади. “Наврўзинг – янги кун, янги давронинг муборак, жонажон Ўзбекистоним!” шиори асосида Қарши шаҳридаги Амфитеатр, Алишер Навоий номидаги маданият ва истироҳат боғи, Қашқадарё соҳили хиёбонида байрам тадбирлари ўтказилади. Тадбирларда халқ ўйинлари, дорбоз томошалари, қушлар ва гуллар сайллари, ҳунармандчилик ва миллий таомлар кўргазмалари, сумалак пишириш, дуторчи қизлар ва халқ бахшиларининг чиқишларини, минг варрак ва мингта шар акцияларини томоша қилишингиз ва иштирок этишингиз мумкин. Вилоятнинг турли нуқталаридан ташриф буюрган […]

Nukusda Neksiya va traktor ishtirokida to’qnashuv sodir bo’ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra, joriy yilning 9 mart kuni soat 09:00 larda, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahri, «Teletsentr» OFY hududidan o’tgan ichki avtomobil` aylanma yo’lida haydovchi K.X. “FN 953 LOBOL” rusumli traktorni boshqarayotib chap tomonga burilayotgan vaqtida ushbu yo’nalishda uning ortidan harakatlanib kelayotgan haydovchi (shaxsiga aniqlik kiritilmoqda) boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli transport vositasida traktorning kovuchiga borib urilishi natijasida to’qnashuv sodir bo’lgan.  Natijada, “Neksiya” avtomashinasi haydovchisi va yo’lovchisi voqea joyida vafot etishgan. YOng’in chiqishi oqibatida “Neksiya” avtomashinasi yonib ketgan. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari […]

O‘zbekistonda mantiqsiz va sovetlardan qolgan 700dan ziyod joy nomlari bor

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 9 mart kuni Vazirlar Mahkamasida Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida ko‘cha va aholi punktlarini nomlash, peshlavhalar, reklama va e’lonlarning davlat tilida berilishi singari masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda til masalasiga, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi va nufuzini tubdan oshirishga prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zi jiddiy e’tibor qaratayotgani qayd etilgan. MAVZUGA DOIR: Bosh vazir mahallalarga va chaqaloqlarga ma’naviyatga zid nomlar qo‘yilayotganiga e’tiroz bildirdi Hukumat rahbarining ma’lum qilishicha, yaqinda Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan hududlardagi joy […]

“Xotin-qizlar salomatligi – sog’lom oila garovi”

Qarshi shahrida “Xotin-qizlar salomatligi – sog’lom oila garovi” shiori ostida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, badgminton va voleybol turlari bo’yicha o’rta ta’lim kasb xunar boshqarmasining boshlig’i kubogi musobaqasi bo’lib o’tdi. Unda viloyatimizning barcha tuman kollejlarining o’qituvchi va o’quvchilari ishtirok etdi. Mazkur musoboqa 5 ta muhim tashabbusning “Yoshlarni sportga jalb qilish va ular orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish ishlari samaradorligi” yo’nalishining ijrosi doirasida tashkil etildi va xotin-qizlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini keng targ’ib qilishga qaratildi. Sportning har bir turi bo’yicha bellashuvlar […]