«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Xabarlar

Qamashi tumanidagi 15-sonli Maktabgacha Ta’lim Tashkiloti o’z faoliyatini boshladi

Ayrim ota-onalar MTTga ular ishdaligida bolaga qarab turuvchi himoya qo’rg’oni sifatida qaraydi. MTTda bola pedagog, psixolog va shifokorning doimiy nazoratida bo’ladi. Muhtaram prezidentimiz yurtimizning porloq kelajagini ta’minlashni istasak, bolalarni sog’lom va ma’nan barkamol bo’lib o’sishiga imkoniyat yaratib berishimiz kerak deya ta’kidlab, eng avvalo bolalar ta’lim-tarbiya oladigan maskanlarni obod etishga kirishdilar. «MTT tarbiyasini olgan bola bilan MTTga bormagan bolani taqqoslaganda, ularning fikrlash darajasi o’rtasida ancha farq borligini sezish qiyin emas»-deydi MTT mudirasi Dilafruz Esonova. Bu MTT 1976-yil tashkil etilgan bo’lib, joriy […]

Ma’naviyat va ma’rifatga yetaklovchi maktabgacha ta’lim tashkiloti

Qamashi tumani 2-sonli Maktabgacha Ta’lim Tashkiloti 110 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, hozirda 120 nafar bola tarbiyalanmoqda. Bugun MTTdagi ta’lim-tarbiya zamonaviy, chet el tajribasi asosida, ya’ni «Ilk qadam» dasturi asosida olib borilmoqda. Bu, albatta, samarasini bermay qolmaydi. «MTT birinchi navbatda bolani tartib-intizomga, o’z vaqtida sog’lom ovqatlanishga, shu bilan birga bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo’lishga o’rgatadi»-deydi 2-sonli MTT mudirasi Xoliqulova Feruza.

Chiroqchi tumanidagi «Mubina Asaltoy» MTT: talabgorlar soni oshmoqda

Chiroqchi tumanidagi «Mubina Asaltoy» davlat xususiy sherikchiligi asosida nodavlat ta’lim muassasasi ish boshlaganiga ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Shunga qaramsdan tumandagi na’munali maktabgacha ta’lim tashkilotlari qatorida turadi. Tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun zamon talabiga javob beruvchi yotoq kravatlari, mashg’ulot zallari, kitob javonlari, kiyinish va yuvinish xonalari bilan to’la qonli taminlangan. Bu MTT 80 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, o’zbek, rus va ingliz tillaridagi darslar muntazam ravishda olib boriladi. Muhtaram Prezidentimizning 5 ta tashabbuslari doirasida tashabbus xonalari bezatilgan. MTT hovlisiga kirar ekansiz go’zal manzaradan zavqlanmasdan ilojingiz […]

Alyaskada o‘tkinchi ayol topib olgan qotillik videosi yozilgan fleshka yordamida jinoyatchi 8 kunda topildi

Alyaskada kelib chiqishi janubiy afrikalik bo‘lgan 48 yoshli mahalliy fuqaro Brayan Smit qotillikda ayblanib hibsga olindi, deb xabar bermoqda Meduza. Bunda jinoyat fotosuratlari va videosi bo‘lgan fleshka tasodifan topib olingani yordam bergan. Fleshkani Ankorij shahrida yashaydigan ayol 30-sentabr kuni ko‘chadan topib olgan. Qayd etilishicha, fleshkada jinoyatchi erkak ayolni kaltaklab, bo‘g‘ayotgani tasvirlangan 39 ta fotosurat va 12 ta videolavha bo‘lgan. Videolavhalarning birida erkak kishining “Shunchaki… o‘l” degan ovozi eshitilgan. Surat va videolar 4—6-sentabr kunlari olingan. Fleshka Ankorij yaqinida topilganidan 2 kun o‘tgach, politsiya ayolning […]

Obodlikdan ko‘ngillar ravshan

Kitob tuman hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi – “Obodonchilik” bo‘limi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri davomida keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Tuman markazidagi shoh ko‘chalar, mahallalardagi ko‘chalar va 13 ta qishloqlarda 41500 dona har xil turdagi manzarali daraxt ko‘chatlari, shuningdek 50000 dona mavsumiy gul ko‘chatlari etishtirildi. 42000 dona ko‘chatlar ko‘cha va xiyobonlarga ekildi. Obodonlashtirish boshqarmasida 12 gektar er maydoniga ega bo‘lgan yangi istirohat bog‘i tashkil qilingan. Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan doimiy ravishda 295000 kv metr ko‘cha va xiyobonlarda har kuni supir-sidir ishlari […]