«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Video

Andijonda yuk avtomobili odamlar ustiga yurib ketdi (video)

Joriy yilning 5 iyun kuni soat 19:00 larda, Andijon viloyati, Andijon tumani, Zavroq MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida haydovchi U.Z. «Gaz-5327» rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va «Pemco» nomli avtomashinalarni ta’mirlash ustaxonasi oldi tomonida to‘xtab turgan «Matiz» hamda «Spark» rusumli avtomobillar bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada, hodisa joyida bo‘lgan fuqarolar N.Q., O.Z., X.E., A.M. va voyaga yetmagan M.I.larga turli darajadagi tan jarohati yetgan. Yuk avtomobil haydovchisi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda mastlik holati tasdiqlangan. Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi TB […]

Toshkentdagi «Ona va bola» monumentini tahqirlagan qizning shaxsi aniqlandi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Olmaliq shahar «Oltin olma» xiyobonidagi «Ona va bola» monumentini tahqirlagan qizning shaxsi aniqlandi. U Olmaliq shahar fuqarosi E.Sakiyeva bo‘lib, sodir etgan xatti-harakatlari bo‘yicha jamoatchilikdan uzr so‘radi. Ayni damda Olmaliq shahar IIB tomonidan uning harakatlariga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183- moddasi, ya’ni, mayda bezorilik bilan ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atish chorasi ko‘rilmoqda. Manba: aniq.uz