«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Video

Kosonsoyda kuchli do‘l yog‘ishi ortidan kelgan sel odamlarni oqizib ketgani aytilmoqda. FVB va IIB qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 13-iyul kuni do‘l yog‘gandi. Do‘l ortidan Kosonsoy soyiga sel keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, sel oqibatida bir necha odamlar oqib ketgan. Viloyat FVB matbuot xizmatining xabar berishicha, 13-iyul kuni Kosonsoy tumanining Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududida soat taxminan 13:30 larda qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ish natijasida Kosonsoy soyiga sel kelgan. Hozirda FVB, IIB, hokimiyat vakillari hamda mahalliy fuqarolar bilan birga qidiruv qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda. “Namangan suv ta’minot” matbuot xizmati Kosonsoy tumanida soy suvining haddan tashqari loyqaligi sababli […]

Namanganda kuchli do`l yog`ib, sel keldi. Qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda (video)

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida 13 iyul kuni do`l yog`di. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tabiat hodisasi aks etgan foto va videolar tarqaldi. Voqea guvohlarining aytishicha, kattaligi toshdek keladigan do`l kuchli yomg`ir aralash yog`gan. Tumanda avval bunday do`l yog`ishi kuzatilmagan. Yana bir guvohlarning so`zlariga ko`ra, do`l erni qordek qopladi, ekinzorlarni vayron qildi, uzumlar xam erlarga to`kilib tushdi. Mazkur holat yuzasidan Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi. Xabarga koʻra, 13-iyul kuni Kosonsoy tumanining Qirgʻiziston bilan chegaradosh xududida soat taxminan 13:30 larda qisqa muddatli kuchli yomgʻir […]

Qashqadaryoda dalada harakatlanib turgan kombayn yonib ketdi (video)

Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida 29 iyun kuni dalada harakatlanayotgan kombayn yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. Ma`lum bo`lishicha, hodisa Muborak tumani Qoraqum mahallasi hududining ochiq er maydonida sodir bo`lgan. Aniqlanishicha, harakatlanib ketayotgan «Kosonagroglobal» MChJga qarashli 2009 yilda ishlab chiqarilgan kombayn yonib ketgan. Voqea joyiga soat 15:53 atrofida 2 ta yong`in-qutqaruv bo`linmasi etib borib, yong`in soat 16:10 da to`liq o`chirilgan. Hozirda yong`in sababi va moddiy zarari o`rganilmoqda. Yong`in oqibatida hech kimga tan jarohati etmagan. Shuningdek, yong`in-qutqaruv […]

Marg‘ilonda «Damas» haydovchisi baxtli tasodif tufayli tirik qoldi (video)

Joriy yilning 27-iyun kuni soat 04:25larda, Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahar, Mustaqillik va Al-Farg‘oniy ko‘chalari kesishmasida, haydovchi 1980-yil tug‘ilgan A.Y. «Damas» rusumli avtomobilda harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida svetoforga borib urilgan. Rasmiy xabarga ko‘ra, haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan. Mazkur YTH yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Videoda ag‘darilib ketgan avtomobildan haydovchi otilib chiqib ketganini, jarohat olsa-da, joni omon qolganini ko‘rish mumkin.   Manba: xabar.uz