«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Video

Xitoyning Uxan shahrida “hayot to‘xtab qoldi”

2019-nCoV koronavirusi tarqalishi va hukumatning uydan ko‘chaga chiqmaslik haqidagi tavsiyalari natijasida Uxan ko‘chalari huvillab qoldi. Bu haqda South China Morning Post nashrining YouTube’dagi kanali lavhasida aytilgan.  Lavhada osmono‘par binolar va yirik bog‘larga ega shahar bo‘m-bo‘sh ekanligi ko‘rinadi. Ko‘chalarda shaxsiy avtoulovlar va tez yordam mashinalari ahyon-ahyonda ko‘zga tashlanadi, odamlar deyarli yo‘q, ko‘chaga chiqqanlari ham himoya niqoblarida.  Mahalliy aholi vakili bo‘lgan David Vuning so‘zlariga ko‘ra, shaharda qolganlarning barchasi qo‘rquvda va deyarli hech kim ko‘chaga chiqmayapti. “Avvallari shahar ko‘chalarida odam juda ko‘p bo‘lardi, hamma […]

Namanganda 10-sinf o‘quvchilari g‘ayritabiiy usulda mast bo‘lishdi (video)

Namangan viloyati Pop tumanidagi 40-sonli maktabda tezkor yig‘ilish o‘tkazildi. Bunga ushbu ta’lim muassasasining 10-sinfida o‘qiydigan A.A va B.L. larning harakatlari sabab bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, bu ikki o‘quvchi 2019 yil 29 noyabr kuni soat 15-00lar atrofida tumandagi fermer xo‘jalik maydonida yelimni selofan paketga solib hidlash orqali g‘ayritabiiy usulda mast bo‘lganlar. Ularning bu harakatlarini fermer xo‘jaligi ishchisi ko‘rib qoladi va zudlik bilan maktab ma’muriyatiga telefon qiladi. Maktab rahbari o‘quvchilarning ota-onalarini chaqirtirib, vaziyat o‘rganilganda, rostdan ham ikki o‘smir mast holatda ekanligi aniqlangan. Ushbu holat […]

Qozog‘istonlik yigit qizlar yuragini bir zumda zabt etdi (video)

Ijtimoiy tarmoqda Qozog‘iston Qutqaruv xizmati tarqatgan video keng tarqalmoqda. Unda qor ostida bir kun qolib ketgan yigit o‘zi bilan birga mushukchani ham qutqarib qolgani aks etgan. Ushbu voqea 23 yanvar kuni Qozog‘istonning Kostanay viloyatidagi Aksay posyolkasi yaqinida sodir bo‘lgan. Dalaga ishlash uchun borgan ikki nafar ishchilar kuchli bo‘ronda qolib ketishadi. Yigitlar qordan “koreyaliklar yerto‘lasida” yashirinib olishadi. Qutqaruvchilar ularni topguniga qadar ular qor ostida bir sutka qolib ketishadi. Ularni birma bir qor ostidan chiqarib olganda yigitlardan biri o‘zi bilan kichik mushukchani ham […]

O‘zbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda eng kuchli bo‘lib qolmoqda (video)

Global Firepower tahliliy markazi tomonidan tuziluvchi dunyoning eng kuchli armiyalari reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2019-yilda Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiyaga ega davlat bo‘ldi va mintaqa bo‘yicha qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikistonni bu borada ortda qoldirdi. 2019-yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston reytingda 137 ta o‘rindan 48-o‘rinni egalladi va MDHning Ozarbayjon (52-o‘rin), Qozog‘iston (54-o‘rin), Turkmaniston (75-o‘rin), Gruziya (85-o‘rin), Qirg‘iziston (91-o‘rin), Tojikiston (94-o‘rin) va Armaniston (96-o‘rin) kabi davlatlarini ortda qoldirdi. Reytingning ilk uchta o‘rnini AQSh, Rossiya va Xitoy egalladi. Shuningdek, yetakchi o‘ntalikdan Hindiston, Fransiya, […]

Eron AQSHning Iroqdagi ikki bazasiga hujum qildi Olam

AQSH askarlari joylashgan Iroq g‘arbidagi Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi Eron tomonidan raketa hujumiga uchradi. Bu haqda bugun, 8 yanvar, kuni Islom inqilobi soqchilar korpusi tomonidan tarqatilgan bayonotda aytilgan. Hujum eronlik general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun o‘ch olish harakati deb ataldi. Aviabazaga 10 ga yaqin raketa uchirilgani haqida xabar bergan Tehron, hujum natijasida ob’ekt “to‘liq yo‘q qilingani”ni e’lon qildi. AQSH Mudofaa vazirligi o‘zining ikkita bazasiga hujum qilingani to‘g‘risida xabar berdi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Erbildagi baza ham raketa zarbasiga uchragan. AQSH harbiylariga […]

Иштихондаги мактаб воқеаси: Чиндан ҳам ўқувчи калтакланиб, иккинчи қаватдан ташлаб юборилганми?

Ижтимоий тармоқларда Иштихон туманидаги 3-умумтаълим мактаби ўқувчиси билан боғлиқ нохуш воқеа ҳақда хабарлар тарқалди. Дастлаб Самарқанд вилоят халқ таълими бошқармаси қисқача расмий маълумот билан чиқди. «Иштихон туманидаги 3-умумий ўрта таълим мактаби ўқувчисининг мактаб ўқитувчиси томонидан калтаклангани тўғрисида ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумот юзасидан муносабат: Ижтимоий тармоқларда 2019 йилнинг 28 декабрь куни Иштихон туманидаги 3-умумтаълим мактаби ўқувчиси С.Қаршибоевнинг мактаб директори ўринбосари А.Рўзиев томонидан калтаклангани тўғрисида маълумотлар тарқалди. Бу ҳақда шуни маълум қиламизки, мазкур ҳолат юзасидан айни пайтда  туман прокуратураси ҳамда ички ишлар […]

Yakkabog’ tumani: «Chaman g’unchalari» MTTda bayram shukuhi

Yakkabog’ tumani “Chaman g’unchalari” MTT da yangi yil bayrami bo’lib o’tdi. Bayramda qorbobo, qorqiz, yalmog’iz, qor malikasi va ota-onalar ham ishtirok etishdi. Iqtidorli tarbiyachilar tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari barchaga manzur bo’ldi.