«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Texnologiya

«Facebook» logotipini yangiladi

«Facebook» korporatsiyasi yangi logotipini taqdim etdi. Foydalanuvchilar «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ini kompaniyaning boshqa dasturlaridan ajratib olishini osonlashtirish uchun shu ishga qo‘l urilgan. Yangi logotip katta harflarda va ko‘plab yorqin ranglarda aks ettirilgan. «Odamlar o‘zlari foydalanayotgan mahsulotlarni qaysi kompaniyalar tayyorlaganini bilishlari kerak. Bizning asosiy dasturlarimiz: Facebook, Messenger, Instagram, WhatsApp, Oculus, Workplace, Portal va Calibra», — deyiladi «Facebook» kompaniyasi xabarida. Kompaniya yaqin orada yangi logotipini barcha dasturlarida qo‘llashni boshlashi ma’lum qilingan. Manba:Xabar.uz

Яна 3 та янги машина Ўзбекистон бозорига чиқади

Оилавий кроссоверлар Chevrolet Equinox ва Chevrolet Traverse, йўлтанламас Chevrolet Trailblazer тез кунларда Ўзбекистон бозорига чиқади. 17 май куни Андижонга ташрифи чоғида президент Шавкат Мирзиёев UzAuto Motors томонидан келажакда ишлаб чиқариладиган янги кроссоверлар билан танишган эди. Йўлтанламас Chevrolet Trailblazer Таиландда йиғилади ва уларнинг бир қанча партияси Ўзбекистонга олиб келинган. Manba:Xabar.uz

Xiaomi эгаси ортидан ўзи юрувчи чамадон ишлаб чиқди

Xiaomi компанияси Cowarobot билан ҳамкорликда ўзининг илк ўзи бошқарилувчи чамадонини ишлаб чиқди. Янги гаджет нафақат эгаси ортидан юра олади, балки қизиқарли функциялар билан ҳам таъминланган.   Қурилма сиғими 31 литрни ташкил қилувчи стандарт чамадонлар каби бўлиб, унинг ғилдираклари ва тортиб чиқарилувчи тутқичи бор. Ўлчамлари 555 х 384 х 200 ммни, оғирлиги 4,5 кгни ташкил қилади.  Тутқичга камера ўрнатилган бўлиб, у юзларни таниш функцияси билан жиҳозланган. Чамадон ҳаракатланиши учун унинг эгаси юзини камерада сканерлаши лозим. Гаджет ушбу камера ёрдамида, шунингдек, мўлжал […]

Facebook, Instagram foydalanuvchilari uchun yangi messenjerni ishga tushurdi

Facebook kompaniyasi Instagram tarmog‘idagi eng yaqin do‘stlar bilan yozishish imkonini beradigan Threads messenjerini tadim etdi. Bu haqda Instagram matbuot xizmati xabar berdi. “Biz foydalanuvchilarning tor doiradagi do‘stlari bilan kun davomida uzoq muloqot qilishiga, nima ish bilan shug‘ullanayotgani yoki nimani his qilayotganini aytishga ehtiyojlari borligini sezdik”, — deyiladi xabarda. Bundan tashqari, Threads’da suhbatdoshning qayerda ekanligi haqida ma’lumot beruvchi funksiya ham mavjud. Eslatib o‘tamiz, avgust oyida foydalanuvchilar matn, foto, video hamda joylashuvlari bilan o‘sha vaqtning o‘zida bo‘lishishlari mumkin bo‘lgan dastur yaratilayotgani haqida xabar berilgandi. Manba: […]