«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Texnologiya

Xitoy «sun’iy Quyoshni» ishga tushirishga tayyorlanmoqda

«HL-2M tokamak» nomli qurilma – atrof-muhitga zarar yetkazmay olinadigan energiyaning deyarli cheksiz manbayi deb ta’riflanmoqda. Qurilma Quyosh uchun energiya manbayi bo‘lib xizmat qiluvchi termoyadro reaksiyasidan aynan nusxa ko‘chirish uchun mo‘ljallangan. Xitoy ushbu toroidal qurilmasini 2020 yilda ishga tushirishi kutilyapti. Bu haqda ushbu loyiha ustidan ish olib borayotgan olimlardan biri Duan Xuruga asoslanib, Xinhuanet xabar berdi. Bunga qadar o‘nlab yillar davomida favqulodda qaynoq plazmani sintez yuz berishi uchun yetarlicha uzoq vaqt yopiq va barqaror holatda ushlab turishning iqtisodiy samarali usulini topish katta muammo […]

«Фейсбук» яна бир марта «андроид» ясашга уриниб кўради

«Facebook» компанияси ўз амалий тизими устида изланяпти, мақсад — маблағни иқтисод қилиш ҳамда «Android» ва «Google»га боғланиб қолмаслик, деб ёзмоқда «Вести.Hi-tech». «Facebook»да ўз қурилмалари етарлича: Марк Цукерберг фирмаси «Portal» ақлли қурилмаларини сотяпти, виртуал реаллик шлеми — «Oculus»нинг хилма-хилини чиқариб ташлади, ҳатто одамларнинг фикрини ўқий оладиган қурилмагача яратишни режалаштириб қўйган. Бироқ компанияда ўз оператив тизими йўқ эди, ўша номлари саналган «темир» қурилмаларнинг «мияси» бегона — андроидлар эди. Ана шу бўшлиқни тўлдириш вазифаси бир пайтлар «Windows NT»ни ишлаб чиққан одамлардан бири Марк Луковски бошчилигидаги […]

Yaponiyadagi ko‘rgazmada dunyodagi eng mitti avtouy namoyish etildi

Yaponiya bo‘lib o‘tgan g‘ildirakdagi uylar ko‘rgazmasida dunyodagi eng kichik yashash mumkin bo‘lgan avtomobil namoyish etildi. Bu haqda Motor xabar bermoqda. AZ-MAX k-ai modeli Daihatsu Hijet avtomobili bazasida yaratilgan. Ixcham o‘lchamlariga qaramay (bo‘yi 187 santimetr bo‘lgan muxbir avtomobilni uzunachasiga deyarli quchog‘iga sig‘dira oldi), unda biryo‘la 4 kishi joylashishi mumkin. Pastda ikki o‘rinli karavotga aylanadigan divan, ko‘chma stol va kran o‘rnatilgan kichik panel o‘rnatilgan. Avtomobil motorni ishga tushirmay isitish mumkin bo‘lgan kuchli batareya va suvli bak bilan jihozlangan. Mashina tomi ko‘tariladi va shuning hisobiga […]

Okean tubidan minglab sirli obyektlar topildi

Monterey-Bey ilmiy tadqiqot instituti akvaiumi (MBARI) olimlari AQShning Kaliforniya shtatidagi dengiz tubida minglab sirli chuqurliklar borligini aniqladi. Obyektlarning paydo bo‘lishiga nima sabab bo‘lgani noma’lumligicha qolmoqda. Bu haqda “Phys.org” nashri xabar bergan. Chuqurliklar eng kattasining eni 175 metr, chuqurligi 5 metr va aylana shaklidagi devorlar bilan o‘ralgan. Bu kabi obyektlarning jami 5,2 mingtasi aniqlangan, umumiy maydoni 1,3 ming kvadrat kilometrni tashkil etgan. Katta bo‘lmagan mikrodepressiya chuqurlarining diametri 11 metrgacha yetadi va chuqurligi 1 metrgacha. Ularning devorlari tik va pastga qarab cho‘zilgan. Bu […]

General Motors Rossiyadagi barcha zavodlarini sotib bo‘ldi

AQShning General Motors kompaniyasi o‘zining Rossiyadagi so‘nggi aktivini sotmoqda. “AvtoVAZ” kompaniyasi GM-Avtovaz qo‘shma korxonasidagi General Motors’ning 50 foiz ulushini sotib olmoqda. Xariddan so‘ng GM-Avtovaz to‘liq Rossiya kompaniyasiga aylanadi. Bu haqda “AvtoVAZ” kompaniyasi tomonidan ma’lum qilindi, deya xabar beradi Meduza. Qayd etilishicha, qo‘shma korxonaga tegishli zavod ma’lum vaqt davomida Niva Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarishni davom ettiradi. Keyinchalik avtomobillar Lada brendi ostida ishlab chiqariladi, GM-Avtovaz kompaniyasining nomi esa o‘zgartiriladi. GM-Avtovaz Rossiya avtosanoatidagi xorijiy kapital ishtirokidagi dastlabki korxonalardan biri bo‘lgan. Manbaa: Daryo.uz

Vrachlar tilini o‘girib beruvchi servis ochildi

«Amazon» kompaniyasi yangi servisini ochdi: u vrachlarning gapini matnga o‘girib beradi. «Amazon Transcribe Medical» deb nomlangan bu dastur orqali vrachning ovozini o‘z qurilmangizga (smartfon, planshet) yozib olishingiz va onlaynda hamma aytilgan gaplarni matn ko‘rinishida o‘qishingiz mumkin bo‘ladi. Talaffuz va tanaffuslarga qarab, tinish belgilarini ham dasturning o‘zi qo‘yib beradi. Mualliflarga ko‘ra, dastur sun’iy intellekt va mashina o‘qitish bazasida ishlaydi. Keyinchalik matn qoralamalarini boshqa dasturlarda ham ishlab, shifokor so‘zlarining mag‘zini chaqish ham mumkin ekan. Servis mualliflari ushbu ishlanma avvalo ko‘p vaqtini hisobotlarni to‘ldirishga […]

Google asoschilari Alphabet’dagi lavozimlarini tark etishga qaror qilishdi

Google kompaniyasi asoschilari Sergey Brin va Larri Peyj Alphabet xoldingidagi lavozimlarini tark etishlarini, xolding boshqaruvi esa Google bosh direktori Sundar Pichaiga o‘tishini ma’lum qilishdi.  Peyj Google’ga egalik qiluvchi Alphabet xoldingida bosh direktor lavozimini, Brin esa prezident lavozimini egallagan. Endilikda Pichai Google va Alphabet’ga rahbarlik qiladi. Peyj va Brin esa xoldingda direktorlar kengashi a’zolari sifatida ishlashni davom ettirishadi.  Peyj va Brin xolding boshqaruvidan ketishlarini kompaniya menejmenti tizimini soddalashtirish istagi bilan tushuntirishgan.  Brin va Peyj Google qidiruv tizimiga 1998 yilda asos solishgan. […]

Galaxy S11 smartfonining suratlari taqdimotidan 3 oy oldin paydo bo‘ldi

Taniqli insayder @onleaks 2020 yil fevralidagina taqdimoti o‘tadigan yangi Samsung Galaxy S11 smartfonining dizaynini ko‘rsatdi. Smartfonning suratlari 91mobiles saytida e’lon qilingan.  Ta’kidlanishicha, qurilma uchta modifikatsiyada chiqariladi: kichikroq Galaxy S11e, odatdagi o‘lchamdagi Galaxy S11 va kattaroq o‘lchamdagi Galaxy S11+.    Galaxy S11 oyna va metalldan ishlanadi. Qurilmaning old tomoni deyarli ekran bilan qoplanadi. Ekran o‘rtasida frontal kamera uchun teshik paydo bo‘ladi. Qurilmaning diagonali 6,7 dyuymni tashkil qiladi.   Galaxy S11e va Galaxy S11+ esa mos ravishda 6,4 va 6,9 dyuymli Dynamic AMOLED-ekranlar […]

Facebook yarim yil ichida 3,2 mlrd soxta akkauntni o‘chirib tashladi

Facebook kompaniyasi xodimlari Facebook ijtimoiy tarmog‘idan joriy yilning aprelidan sentyabrigacha 3,2 mlrdga yaqin soxta akkauntni o‘chirib tashladi. Bu haqda kompaniya hisobotida ma’lum qilingan. Apreldan iyungacha 1,5 mlrd, iyuldan sentyabrgacha esa 1,7 mlrd shunday akkaunt o‘chirilgan. Kompaniya 2018 yil  apreldan sentyabrgacha 1,5 mlrd dan ko‘proq soxta akkauntni o‘chirgan.  Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, ko‘rilayotgan davr ichida ijtimoiy tarmoqdan “xira” reklamaga ega 4,1 mlrd xabar va zo‘ravonlik bilan bg‘liq 54,5 mln post o‘chirilgan. Shuningdek, terrorchilik guruhlari targ‘ib qilingan 11,1 mln, adovatni qo‘zg‘atuvchi 11,4 mln […]

Олимлар кўк чойдан пойабзал ишлаб чиқишди

Сир эмаски, исталган ишлаб чиқариш фаолиятининг атроф-муҳитга таъсири бисёр: ҳаво, сув, тупроқ ифлосланади. Масалан, чарм маҳсулотлари тайёрлаш жараёнини олайлик, салбий таъсири завод ёки фабрикадан чиқмасданоқ маълум, аксарият ишчилари саломатлигидан шикоят қилади. «Вести» Оберн университети ходими Янг Ли табиий чарм маҳсулотлари ўрнига муносиб ечим топгани ҳақида ёзмоқда. Таъкидланишича, тадқиқотчи анчадан бери озиқ-овқат маҳсулотлари чиқиндиларидан узоқ муддат ишлаб берувчи маҳсулот ишлаб чиқиш ғояси устида изланаётган экан. Бу тадқиқотчи аёл бошчилигидаги гуруҳ табиий чарм (тери) ўрнига биоемирилувчан материалдан фойдаланишни таклиф этмоқда. Энг қизиғи, ушбу […]