«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Texnologiya

Samsung hamyonbop smartfonlarining kamerasini yaxshilamoqchi

Janubiy koreyalik gigantning Galaxy A turkumi smartfonlari uning flagmanlaridan ham, boshqa brendlarning ko‘plab modellaridan ham ommabop. Galaxy A51 modeli esa yilning ilk choragida dunyo bo‘yicha eng ko‘p sotilgan Android-smartfon bo‘ldi. O‘QING: Yangi hamyonbop smartfon – Galaxy A11 sotuvga chiqdi, narxi bilan tanishamiz SamMobile nashrining Janubiy Koreyadagi manbalariga ko‘ra, Samsung o‘zining o‘rta narxli smartfonlarining kamerasini yaxshilamoqchi. Ya’ni, Galaxy A turkumidagi bir nechta modellarga tasvirni optik barqarorlashtirish funksiyasi qo‘shiladi. Xabarga ko‘ra, OIS tizimi shu yilning ikkinchi yarmida taqdim etiladigan yangi rusumlardagi Galaxy A smartfonlarida bo‘ladi. Samsung shu paytgacha smartfon narxini oshirib yubormaslik […]

Microsoft rahbari masofadan ishlashning salbiy oqibatlarini aytdi

Hozirda koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo bo‘ymcha ko‘pchilik masofadan ishlashga o‘tgani sir emas. Lekin buning bevosita xodimning o‘zi uchun ham zararlari bor, deyapti Microsoft korporatsiyasi rahbari Satya Nadella. O‘QING: Bill Geyts hali koronavirus pandemiyasi boshlanmasidanoq oziq-ovqat g‘amlab qo‘ygan ekan! Nadella fikriga ko‘ra, garchi ish samaradorligi ko‘rsatkichlari saqlanib qolsa-da, masofadan ishlash o‘ziga yarasha salbiy ta’sirlarga ham ega. Doimiy tarzda masofadan ishlash kishilarning ijtimoiy munosabatlariga, shuningdek, xodimlarning ruhiy sog‘lomligiga zarar yetkazadi. «Kuyib ketish qanday ko‘rinishga ega? Ruhiy salomatlikning qiyofasi qanaqa? Bu aloqa va jamiyatning yaratilishi qanday ko‘rinishda o‘zi? […]

Galaxy A31 hattoki ommabop Galaxy A51’dan ham kuchli bo‘lyapti! Lekin…

Samsung avvalroq o‘rta narxli smartfonlar turkumidagi Galaxy A51 modelini taqdim etgan edi. U anchadan beri dunyo bo‘yicha eng ommabop smartfonlar reytingidan tushmay kelayotir. O‘QING: Qiyos: Galaxy A51 vs Galaxy A50 Kompaniya ushbu seriyaning navbatdagi vakillarini ham taqdimotga tayyorlamoqda; jumladan – Galaxy A31 kuni kecha Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan. Bu smartfon yakka yadroli testda 349 ball, ko‘p yadroli imtihonda esa 1291 ball olishga erishgan: Bu yerda, benchmark testi natijalaridan tashqari, smartfonning texnik xususiyatlari ham e’tiborga loyiq. Samsung ushbu modelida o‘zining Exynos protsessorlarini emas, balki tayvanlik chipsoz – MediaTek kompaniyasining mahsulotini qo‘llabdi. Aniqrog‘i, bu – […]

«Millionlar orzusi» – iPhone SE 2 (iPhone 9) ilk «jonli» rasmda!

Apple korporatsiyasi millionlab kishilar kutayotgan iPhone SE 2 smartfonini iPhone 9 nomi bilan chiqarishi ma’lum. Yaqinda uning tashqi ko‘rinishini g‘ilofsoz kompaniya «sotib» qo‘ygan, biz uning qoyilmaqom reklama roligini e’lon qilgan edik. O‘QING: Apple rasmiy saytida hali taqdim etilmagan, kemtiksiz iPhone «qo‘lga tushdi»! ITHome nashri insayderlari iPhone SE 2 modelining birinchi «jonli» suratini taqdim etishgan. Mazkur foto Apple’ning hamyonbop ayfoni dizayni haqidagi avval sizib chiqqan ma’lumotlarni tasdiqladi. Rasmdagi oq smartfon dizayni chindan ham iPhone 8 modelini eslatadi, korpusining burchaklari dumaloqlangan. Bosh kamerasining yakka moduli yonida LED-fotochaqnoq, orqa qopqoq o‘rtasida esa Apple […]

Kutilmaganda Android 11 taqdimot tadbiri ham bekor qilindi!

Google kompaniyasi ham koronavirus tufayli tadbirlarni bekor qilish tendensiyasiga qo‘shildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yil uning Google I/O konferensiyasi o‘tkazilmaydi. O‘QING: Facebook dasturchilar konferensiyasi bekor qilindi Google I/O anjumanlari shunisi bilan muhimki, qidiruv giganti odatda ushbu tadbirlarda Android operatsion tizimining yangi versiyalarini namoyish qilib keladi. Endi bu yilgisining bekor qilinganligi sababli, navbatdagi – Android 11 talqini hamda yangi avlod Pixel smartfonlarining anonsi qachon bo‘lishi noma’lum bo‘lib qoldi. Dastlabki rejaga ko‘ra, Google I/O 2020 konferensiyasi 12–14 may kunlari San-Fransisko shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Uning bekor qilinganligi munosabati […]

WhatsApp uzoq kutilgan funksiya bilan yangilandi – uni qanday faollashtiramiz?

Dunyo bo‘yicha ikki milliarddan oshiq foydalanuvchiga ega bo‘lgan WhatsApp messenjerining Android hamda iOS kliyentlari yangilandi. Uning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri – to‘qrang rejimning joriy etilganligi bo‘ldi. O‘QING: Maxfiylik va xavfsizligingiz uchun WhatsApp’dan beshta maslahat Ushbu messenjer dasturchilari mobil ilovaning interfeysidagi to‘qrang rejim ustida salkam bir yildan beri ishlab kelishayotgan edi. Endi esa bu funksiya barcha foydalanuvchilar uchun taqdim qilindi. Tungi rejim ilovaning butun interfeysini to‘qrang qilib qo‘yadi; bu esa qorong‘ilikda ko‘zning nurini asrash bilan birga, OLED-displeyli smartfonlarning quvvatini tejashga ham yordam beradi. O‘QING: Android-smartfonlar va iPhone’larga […]

OPPO rekordchi selfifon – Reno 3 Pro hamyonbop flagmanini namoyish qildi

Yaqinda o‘zining Realme brendiga mansub 5G-flagmani – Realme X50 Pro 5G smartfonini sotuvga chiqargan Oppo bugun yana bir taqdimotini o‘tkazdi. Hindistonda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida u Reno 3 Pro smartfonini namoyish etdi. O‘QING: Realme X50 Pro 5G sotuvda: Xiaomi Mi 10 raqibi undan arzon va atigi 35 daqiqada quvvatga to‘ladi! Yangi flagmanida OPPO selfi sifatiga asosiy e’tiborni qaratgan. Buning uchun u Reno 3 Pro displeyidagi tirqishda qo‘shaloq qamera joylagan. Old kameraning asosiy sensori esa naq 44 megapiksellik bo‘lib, selfi-kameralar orasida bu rekord hisoblanadi. Unga rasmga olinayotgan sahna […]

Google: «Huawei qurilmalarini o‘zingiz mustaqil yangilamang»

O‘tgan yilning may oyida AQSh hukumati Huawei’ni “qora ro‘yxat“ga kiritgan edi, bu esa uning Google bilan ish munosabatlariga ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Endi Xitoy kompaniyasining yangi qurilmalari Play Store bilan ishlash uchun sertifikatga ega bo‘lmaydi. Huawei’ning yangi qurilmalari chiqishi arafasida Google iste’molchilar uchun murakkab vaziyat haqida katta bayonot berdi, shuningdek, ularga begona manbalardan APK-fayllarni yuklab olmaslik va yangilamaslikni tavsiya qildi.Bayonot Google’dan Huawei’ning yangi qurilmalari haqida so‘rashganidan keyin paydo bo‘ldi. Xususan, bayonot ushbu sertifikatlanmagan smartfonlarda begona saytlarni o‘rnatish orqali Google dasturlari va xizmatlariga […]

O‘zbekistonda 2020-yilda internet tezligi 10 baravar oshirilishi aytildi

O‘zbekistonda 2020-yilda internet tezligi 10 barobar oshdi. Bu haqda AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov 20-fevral, payshanba kuni, Xalqaro press-klubning ijtimoiy sohaga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida aytib o‘tdi. Bu xalqaro paketli kommutatsiya markazlarining o‘tkazuvchanligini 2,5 barobarga (1200 dan 3 000 Gbit/s) kengaytirish hisobiga amalga oshiriladi. Shuningdek, uning aytishicha, vazirlik o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida o‘zi uchun to‘rtta asosiy yo‘nalishlarni belgiladi. Bundan tashqari, Oliy ta’lim vazirligi va Xalq ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda “Bir million dasturchilar” loyihasi […]

Xususiy klinikalarni jihozlash uchun 50 mln dollar ajratiladi

Prezidentning “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi “Asaka” ATB orqali $28 mln miqdorida maqsadli imtiyozli mablag‘lar ajratilishi natijasida respublikaning barcha hududlarida xususiy klinikalarni zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha 286 ta loyiha amalga oshirildi. Norma’ning yozishicha, amaliyot o‘zini oqlagani bois, xususiy tibbiyot sohasidagi loyihalar qiymatining 60 foizigacha moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining bankka $50 mln miqdordagi kredit liniyasi ochiladi. Shartlari — 10 yilgacha muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 5 foiz stavka bilan («Asaka» ATB […]