«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Texnologiya

Shvesiya birinchi 5G tarmog’ini ishga tushirdi

Shvesiyada 5G yangi avlod mobil aloqasining birinchi tarmog’ini ishga tushirdilar, deb xabar beradi Tele2 telekommunikasiya kompaniyasi. “Bugun  Biz Shvesiyaning Stokgolьm, Geteborg va Malьmyo shaharlarida ilk bor 5G tarmog’ini ishga tushiramiz.Bu vazifani birinchi bo’lib Shvesiyada amalga oshirayotganimizdan xursandman”, dedi Tele2 kompaniyasi rahbari Anders Nilьsson. Yangi avlod tarmog’ida ma’lumotni uzatish tezligi 1 Gbit / s ga etadi. Bu 4G avlodiga qaraganda to’rt baravar tezroqdir, ammo bugungi kunda ishlatiladigan telefonlarning aksariyati yangi avlod mobilь aloqasidan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Ta’kidlanishicha, faqat cheksiz Internetdan foydalanayotgan abonentlar avtomatik ravishda 5G tarmog’iga ulanadilar. Kompaniya birinchi 5G ustunlarini […]

Balki ishonmassiz, lekin robot allaqachon cho‘ponlik qilyapti! («jonli» video)

Boston Dynamics kompaniyasi o‘zining Spot nomli robotini yangi ishlarga o‘rgatishda davom etmoqda. Bu yaratiq odamdan yaxshi raqsga tushayotgan videosini ulashgandik, endi esa u qo‘y boqyapti! Spot yaratuvchilari uning shunchaki o‘yinchoq emasligini isbotlashga zo‘r berib harakat qilishmoqda. Yangi Zelandiyada mazkur robotga cho‘ponlik sir-asrorlarini Rocos kompaniyasi o‘rgatyapti. Ularning rejasiga ko‘ra, robot-ko‘ppak qo‘ylarni to‘lig‘icha avtonom rejimda nazorat qilib yuradigan bo‘ladi. Rocos vakillariga ko‘ra, yaqin kelajakda Yangi Zelandiyada kishilar o‘z suruvlarini Spot’ga ishonib, uning ishini masofadan nazorat qilib tura olishadi. Boston Dynamics’ning orzulari osmon: Spot’ni u yana […]

Huawei’ning «begona» protsessorli ilk smartfoni AnTuTu’da qo‘lga tushdi!

Xitoylik texnogigant mobil qurilmalarini odatda o‘zining HiSilicon brendli protsessorlari bilan chiqaradi. Lekin, AQShning yangi sanksiyalari bois, TSMC kompaniyasi bu chipsetlarni tayyorlab berishni to‘xtatishi mumkin. Huawei shu sababli smartfonlarini MediaTek protsessorlariga o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Buning isboti ham bor – yaqinda Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan Huawei DVC-AN00 kodli nomga ega qurilma MediaTek Dimensity 800 chipseti bazasiga qurilgan. Endi esa ayni ushbu smartfon AnTuTu benchmarkining ma’lumotlar bazasida ham paydo bo‘ldi. Samaradorlik testida u 316 000 ballik natijaga erishgan – bu esa taxminan Snapdragon 765G darajasidagi ko‘rsatkichdir. Huawei ushbu smartfonini 6/128 gigabaytlik tezkor/ichki xotira hamda […]

Bilayn abonentlarini laqillatgan «ViaMobi» MChJga qarshi ish qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi «ViaMobi» MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi. Mazkur kompaniya Beeline Uzbekistan mobil operatori abonentlarga «G‘olib bo‘l va yutib ol!» aksiyasi bo‘yicha soxta reklama orqali iste’molchilarga noto‘g‘ri ma’lumot bergan, deb yozadi Agentlik. O‘QING: Ubisoft biryo‘la Apple va Google’ni sudga berdi, lekin bosh aybdor – Alibaba! (+video) Xususan, aksiya ishtirokchilari – iste’molchilar so‘roviga binoan ularning telefon raqamlariga «Sizning telefon raqamingiz 100 000 000 so‘mlik super yutuqning sohibi sifatida tanlandi! Xizmatga obuna bo‘lish narxi kuniga 1999 so‘m» kabi […]

Realme eng kutilayotgan – «Tig‘ uzra yuguruvchi» smartfonining ayrim xususiyatlarini oshkor etdi

25 may kuni Oppo korporatsiyasining RealMe brendi birdaniga sakkizta devays taqdim etayotgani haqida yozgandik. Ular orasida Realme Watch, Realme TV, poverbank, simsiz quloqchin hamda smartfon bor. Realme ushbu yangi smartfonini Blade Runner («Tig‘ uzra yuguruvchi») kodli nomi ostida tayyorlayotgani ma’lum edi, endi uning bozorga Realme X50 Pro Player Edition nomi ostida chiqarilishi ham aniq bo‘ldi. Anglaganingizdek, u fevralda chiqqan flagman – Realme X50 Pro 5G modelining geymerlarga mo‘ljallangan versiyasi bo‘ladi. Allaqachon sotilayotgan standart flagman esa AnTuTu benchmarkining apreldagi reytingida kuchli o‘ntalikka kirgan. Realme X50 Pro Player Edition smartfoniga qaytadigan bo‘lsak, kompaniya uning ba’zi jihatlarini rasman e’lon qildi. Unga ko‘ra, […]

Samsung «o‘ldirib bo‘lmas» Galaxy S20 taqdim etdi, lekin uni hech kim sotib ololmaydi! (+video)

Shu yilning fevralida Galaxy S20 turkumi smartfonlarini taqdim etgan Samsung kompaniyasi endi standanrt flagmanning maxsus versiyasini yaratdi. Galaxy S20 Tactical Edition deb nomlangan ushbu yangi model harbiy maqsadlarga ishlatishga mo‘ljallangan. Yangi flagman AQSh federal hukumati va Mudofa vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Galaxy S20 Tactical Edition modelida harbiylarning sirlarini ishonchli saqlash uchun ikki bosqichli shifrlash qo‘llanadi. Mazkur qurilma qadoqdanoq harbiy taktik radioaloqaga hamda missiyalarni boshqarish tizimlariga ulana oladi. Galaxy S20 Tactical Edition modelini tungi ko‘rish ko‘zoynaklari bilan qo‘llash uchun maxsus rejim ko‘zda tutilgan. «Josus» rejimi esa […]

TikTok tarmog‘i egasining bozor bahosi $100 mlrd.dan oshdi

Mashhur TikTok qisqa video-servisining egasi bo‘lgan ByteDance kompaniyasining bahosi xususiy investitsiyalarning so‘nggi turlarida 100-140 million dollargacha oshdi, deya xabar beradi Bloomberg. Bu shuni anglatadiki, uning kapitallashuvi ikki yil ichida uch barobar oshdi va TikTok dunyodagi eng qimmat startap unvonini saqlab qoldi. Yangi baho ByteDance’ni HSBC va IBM kabi kompaniyalar qatoriga olib chiqdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ByteDance yil boshida IPO’ga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Biroq o‘shanda kompaniya moliyaviy holati talab darajasida emas edi. Hozir esa uni Softbank, General Atlantic va Sequoia kabi gigantlar qo‘llab-quvvatlamoqda. […]

Apple – AQSh g‘ururi, lekin reytingda kuchli uchlikni boshqa kompaniya smartfonlari band etdi!

American Customer Satisfaction Index (ACSI) tashkiloti foydalanuvchilarning o‘z smartfonlaridan qoniqqanlik darajasini aniqlovchi yillik tadqiqot natijasini e’lon qildi. Unda kutilmagan ko‘rsatkichlar aks etgan. Ma’lum bo‘lishicha, amerikaliklar umumiy hisobda milliy kompaniya – Apple smartfonlarini ko‘proq yaxshi ko‘rishar ekan. ACSI so‘rovnomasida bu kompaniya bultur 100 ballik tizimda 81 ball olgan bo‘lsa, bu yil mazkur ko‘rsatkich 82 ballga yetgan. Uning ashaddiy raqibi – Samsung esa joriy yilda 81 ballik natijaga erishgan. Foydalanuvchilar ko‘proq iPhone 11 hamda iPhone 11 Pro modellarining avtonomligi oshirilganidan mamnun ekanliklarini ta’kidlashgan. Lekin har bir modeldagi smartfondan egalari qoniqish […]

iOS 14 proshivkasigacha yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxati chiqdi

Apple joriy yilning 22 iyunida WWDC 2020 konferensiyasini, ilk bor bepul va onlayn formatda o‘tkazadi. O‘sha kuni korporatsiyaning turli gadjetlari uchun iOS 14, iPadOS 14, macOS 10.16 hamda watchOS 7 talqinlaridagi operatsion tizimlari taqdim etilishi kutilmoqda. O‘QING: Apple xodimi hali chiqmagan iOS 14 tizimli iPhone’ni ikki bitkoinga sotdi! (+«jonli» video) Hali rasmiy taqdimotiga bir oydan oshiq vaqt qolgan bo‘lsa-da, iOS 14 operatsion tizimi keladigan iPhone’larning norasmiy ro‘yxati chiqdi. Xitoyning Trend Digital Station nashri yozishicha, 15 xil modeldagi iPhone hamda yettinchi avlod iPod Touch ushbu proshivkagacha yangilanadi: iPhone SE 2 iPhone 11 Pro iPhone […]

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida 37 pog‘ona ko‘tarildi

Ookla kompaniyasi Speedtest.net servisi 2020 yil aprel oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda. O‘QING: Speedtest reytingi: O‘zbekistonda internet tezligi 2,4 baravar o‘sdi! Speedtest Global Index simli aloqa internet tezligi jahon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston hozirgi kunda 94-pog‘onani egallab, yana 1 pozitsiyaga ko‘tarildi. Shu tariqa, bir yil davomida jami 37 pog‘ona, ya’ni 131-o‘rindan 94-pog‘onaga ko‘tarildi. Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi kariyb 2,3 barovar o‘sgan: 2019 yil mart holatiga ko‘ra 11,62 Mbit/coniya […]