«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Sport

«Real» 32 yil ichidagi eng yaxshi natijasini qayd etmoqda

La Liga 34-turi doirasida «Real» «Atletik» (1:0) ustidan g‘alaba qozonib, ketma-ket 4-o‘yinda o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.  Opta‘ning yozishicha, «Real» o‘tkazib yuborilgan gollari soni bo‘yicha so‘nggi yillardagi eng yaxshi natijasini qayd etmoqda. Madridliklar o‘tgan 34 turda o‘z darvozalaridan 21ta gol o‘tkazib yuborishgan. Bu 1987/88 yilgi mavsumdan keyingi jamoaning eng yaxshi natijasidir. O‘shanda «Real» darvozasiga 34 o‘yinda 20ta gol kiritilgan. Ma’lumot uchun, «Real» asosiy ta’qibchisi «Barsa»dan 4 ochko ko‘p jamg‘arib, La Liga yakuniga 4 tur qolayotganda peshqadamlik qilmoqda.

Markus Reshford Ueyn Runining 8 yil oldingi natijasini takrorladi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford Angliya chempionati 33-turidan o‘rin olgan “Bornmut”ga qarshi uchrashuvda (5:2) 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. Bu Reshfordning 2019/20-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda urgan 20-goli bo‘ldi. Shu tariqa Reshford oxirgi marta 2011/2012-yilda qayd etilgan natijani takrorladi. Gap shundaki, 2000-yildan keyin “Manchester Yunayted” tarkibida faqatgina uch nafar angliyalik futbolchi bir mavsum davomida 20 tadan ko‘proq gol urgan. Bular Ueyn Runi (2011/12, 2009/10, 2008/09, 2006/07), Pol Skoulz (2002/03) va Teddi Sheringem (2000/01). Ma’lumot uchun, Markus Reshford 2016-yildan beri asosiy jamoa safida to‘p suradi. Joriy mavsumda u Premyer Liganing 26 uchrashuvida maydonga tushib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

«Monako» yetakchi futbolchilaridan ajraldi

«Monako» klubi 6 nafar futbolchisi bilan xayrlashganini e’lon qildi. Darvozabonlar Diyego Benalo va Seydu Si shartnomasi muddati tugagani tufayli klubni tark etishdi. Aynan shu sababga ko‘ra yarimhimoyachi Mussa Silla ham jamoadan ketdi. Ijarasi muddati tugagan yarimhimoyachilar Temue Bakayoko «Chelsi»ga, Adriyen Silva va hujumchi Islom Slimani «Lester»ga qaytadigan bo‘lishdi. Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining 2019/20 mavsumi koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan oldin yakunlandi. «Monako» 40 ochko bilan 9-o‘rinni egalladi. Avvalroq klubning moliyaviy ahvoli qiyin ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. TRIBUNA.UZ

Leno va Martinelli qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum qilindi

APL doirasida «Brayton»ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan «Arsenal» darvozaboni Bernd Leno tibbiy tekshiruvdan o‘tdi, deya yozadi Goal. Tahlillarda aniqlanishicha, jamoa darvozaboni Bernd Lenoda taxmin qilingan jarohat u qadar jiddiy chiqmadi. U uzog‘i bilan 6 haftada safga qaytishi mumkin. Avvalroq uning bir yil muddatgacha safdan chiqishi mumkinligi aytilgandi. Jamoa mashg‘ulotlari davomida shikastlangan jamoa hujumchisi Martinellining jarohati esa jiddiyroq bo‘lib chiqdi. U mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. Dastlabki tekshiruvlar futbolchining tizzasi shikastlanganligini ko‘rsatgan. Braziliyalik forvard yaqin orada navbatdagi tekshiruvlardan o‘tadi. Ma’lumot uchun, […]

Zidan Ramosning jarohati haqida ma’lumot berdi

La Liga 30-turidan o‘rin olgan «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinda «Real» sardori Serxio Ramos jarohat oldi. 50-daqiqada penaltidan hisobni ochgan Ramos 60-daqiqada jarohat sabab maydonni tark etdi. Ma’lum bo‘lishicha, Ramosning tizzasi lat yegan. Madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ramosning salomatligi haqida ma’lumot berdi: «Uning tizzasi og‘riyapti. Umid qilamiz, bu shunchaki lat yeyish bo‘lgan», dedi murabbiy San-Sebastyandagi o‘yindan keyin. Shu kuni Ramos La Ligadagi butun faoliyati davomida 68-golini urdi va chempionat tarixida eng ko‘p gol urgan himoyachilar ro‘yxatida sobiq «Barselona» futbolchisi Ronald […]

Verner 8 yil ichida Bundesligada hech bir nemis futbolchisi erishmagan natijani qayd etdi

«Leypsig» hujumchisi Timo Verner Germaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan «Fortuna» (2:2) bilan bahsda gol urdi. Bu 24 yoshli forvardning ushbu mavsumda Bundesligadagi 26-golidir. Gracenote’ning yozishicha, germaniyalik o‘yinchilar ichida so‘nggi bor bunday sermahsullikni 2011/12 yilgi mavsumda «Bavariya» hujumchisi Mario Gomes qayd etgan. Shundan so‘ng hech bir nemis futbolchisi bir mavsumda buncha ko‘p to‘p kiritmagandi. tribuna.uz

Venger «Barselona»ning hujum chizig‘i haqida gapirdi

«Arsenal» sobiq bosh murabbiy Arsen Venger «Barselona» hujum chizig‘i va jamoa forvardi Antuan Grizmann haqida fikr bildirdi. «Barselona» doim yaxshi futbolchilarni sotib olgan. Shaxsan men Suaresning o‘rnini boshqa birov egallashi kerak, deb hisoblamayman. Ular yana  forvard sotib olishlari mumkin, chunki hujumkor o‘yinning asosiy ishtirokchilari bo‘lgan Suares va Messi hujumlarni yakunlaydigan boshqa birovga muhtoj bo‘lishlari mumkin.  Men hali ham Antuan Grizmann ko‘plab gollar urishiga ishonaman. Shu paytgacha u to‘liq moslashmagandi, ehtimol, endi hammasi yaxshi bo‘ladi. Ammo «Barselona» yana bir forvard sotib […]

«Real» uy o‘yinlarini «Atletiko» stadionida o‘tkazmaydi

«Real» La Ligada qolgan o‘yinlarini «Atletiko» stadionida o‘tkazmaydi.  «Qaymoqranglilar» stadioni «Santyago Bernabeu» qayta ta’mirlanmoqda. Klub qolgan 6ta bahsini Valdebasdagi «Estadio Alfredo Di Stefano»da o‘tkazmoqchi. Chempionat o‘yinlari muxlislarsiz o‘tishi ma’lum bo‘lgach, «matraschilar» prezidenti Enrike Sereso qo‘shnilarini «Vanda Metropolitano»da o‘ynashga taklif qilgan edi.  ESPN’ning yozishicha, «Real» bunday imkoniyatini ko‘rib  chiqmaydi va taklifni rad etadi. «Qirollik klubi» «Santyago»ga sentyabr-oktbyar oylarida qaytishni rejalashtirgan. tribuna.uz

Tayson qo‘lqopsiz jang qilishdan qo‘rqdimi?

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson qo‘lqopsiz jang musobaqalarini tashkil etuvchi Bare Knuckle Fighting Championship (BKFC) musobaqasida  ishtirok etishdan bosh tortdi, deya xabar berdi «BJPenn.com». Taysonga braziliyalik Vanderley Silva bilan jangi uchun 18 million dollar taklif etishdi. Portalning ma’lum qilishicha, Mayk yalang‘och mushtlashishga tayyor emasligini aytib, bu taklifni rad etgan. Yaqinda BKFC bilan shartnoma imzolagan Silva esa bu jangdan 10 million dollar ishlab olishini eshitib taklifni shu zahoti qabul qilgan. May oyining oxirida Tayson restler shousida paydo bo‘ldi. U yerda Mayk […]