«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Sport

Qatarda JCh—2022 uchun mo‘ljallangan uchinchi stadion qurib bitkazildi. Arena 15-iyun kuni rasmiy ravishda ochiladi (foto)

Loyihalar va meroslar bo‘yicha Qatar Oliy qo‘mitasi 4-iyun kuni 2022-yilgi Jahon chempionati uchun qurilgan “Eduсation Сity Stadium” stadioni belgilangan muddatda qurib bitkazilganligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Gulf Times. Ar-Rayyandagi stadion Dohadagi “Xalifa” arenasi muvaffaqiyatli rekonstruksiya qilingandan va Al-Vakradagi “Al-Janub” stadionining ochilishidan keyingi uchinchi joydir. Stadion o‘z bag‘riga 45 350 nafar muxlisni sig‘dira oladi. “Education City stadium” universitet shaharchasining markaziga aylanishi kutilmoqda. Stadion 15-iyun kuni koronavirus pandemiyasi paytida ishchilarning hissasini ifodalash uchun jonli dastur bilan ochib beriladi. Tashkiliy qo‘mitaning ta’kidlashicha, […]

Brunu Fernandesh: «MYU»ga o‘tish imkoniyati borligini aytishganda yig‘lab yuborgandim»

Yarimhimoyachi Brunu Fernandesh «Manchester Yunayted»ga o‘tishini esladi. «Rostini aytsam, qo‘rqdim. Orzuyim ushaldi. Juda katta orzu. Angliyada va «Manchester Yunayted»da o‘ynash – faoliyatimdagi eng yuqori cho‘qqi. Dunyoning eng kuchli jamoalaridan birida Premer-ligada o‘ynayapman.  Taklif bo‘lganda rafiqam, ukam, singlim va onam bilan gaplashdim. Ular «Brunu, senda «MYU»ga o‘tish imkoniyati bor» deyishganda yig‘lab yubordim. Ammo bu baxtdan edi. Orzuga ergashish uchun uni ikkala qo‘lingiz bilan ushlashingiz kerak. Oilam boshidanoq futbolchi bo‘lishni istashimni bilishardi. Ular orzuyim «MYU»da va APLda o‘ynash ekanligini bilishgan», – deydi […]

Bu yil «Olimpiya kuni» qanday nishonlanadi?

Har yili 23 iyun kuni Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan butun dunyoda «Olimpiya kuni» sifatida keng nishonlanishi an’anaga aylanib ulgurgan. Butun dunyoda bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham bu tadbir o‘zgacha shukuh ostida o‘tkazib kelinadi. Unda respublikamiz aholisining deyarli barcha qatlami qamrab olinadi. Bu yilgi tadbirlar boshqacha formatda tashkil etilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda ushbu tadbirni tashkil etish yuzasidan onlayn yig‘ilish o‘tkazdi. Unda qo‘mita va vazirlik rahbariyati Olimpiya kunini qay tartibda o‘tkazish masalasini muhokama […]

Buyuk Britaniyaning eng mashhur klubi aniqlandi

«Liverpul» Buyuk Britaniyaning eng mashhur klubi deb topildi, deb yozadi YouGov-FootballIndex.  Chempionlar Ligasining amaldagi sohibi 8,3% ovoz oldi. Reytingning ikkinchi pog‘onasini 6% ovoz bilan «Manchester Yunayted», uchinchi o‘rinni 3,1% bilan «Chelsi» egalladi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarga 2% ovozdan to‘plagan «Manchester Siti» va «Arsenal» joylashdi. Ovoz berishda faqat britaniyaliklar ishtirok etishdi. tribuna.uz

Ronaldu, Messi va Neymar koronavirus davrida «instagram»da qancha daromad topgani ma’lum bo‘ldi

Sportchilarning pandemiya davrida «instagram» orqali qancha daromad ko‘rgani ma’lum bo‘ldi, deya yozmoqda Daily Mail. Ushbu ijtimoiy tarmoq 12 martdan 14 maygacha uch nafar futbolchi — Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi va Neymarni yanada boyitdi. Bu futbolchilarning har biri ushbu davr ichida homiy va hamkorlarning 4tadan reklama postini e’lon qildi. 219 million nafar obunachaga ega bo‘lgan Ronalduga bu reklamalar 2,1 million yevro foyda keltirgan bo‘lsa, 151 million nafar obunchiga ega bo‘lgan Messi 1,45 million yevro, Neymar esa (138 mln obunacha) 1,33 million […]

Yevropaning uch mamlakati Chempionlar Ligasining qolgan bahslarini o‘zida qabul qilmoqchi

Germaniya koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatilgan Chempionlar Ligasining pley-off bosqichini o‘zida o‘tkazish uchun ariza topshirmoqchi. UEFA turnirni chorakfinaldan davom ettirib, o‘yinlarni 100 km radiusdagi 4ta stadionda o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bild’ning yozishicha, Germaniyadagi Frankfurt, Mayns, Hoffenhaym, Darmshtadtdagi arenalar bunga da’vogar bo‘lishi mumkin.  Manbaga ko‘ra, Rossiya va Portugaliya ham musobaqaning qolgan bahslarini o‘zida qabul qilishni xohlamoqda. tribuna.uz

Boateng: «Maktablarda matematika, ingliz tili va tarix o‘qitiladi. Nega irqchilik haqida fan yo‘q?»

«Beshiktosh»da ijarada o‘ynayotgan «Fiorentina» yarimhimoyachisi Kevin-Prins Boateng maktablarda irqchilikka qarshi kurash haqida darslar joriy etilishi kerak deb hisoblaydi.  «Irqchilik kabi narsalar faqat odamlarni xafa qilish uchun mavjud. Ular johillik tufayli buni tushunmaydilar. Biz buni imkon qadar sodda tushuntirishimiz kerak. Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashimiz kerak. Irqchilik – katta muammo. Maktablarda matematika, ingliz tili, tarix fanlari mavjud. Nega irqchilik haqida fan yo‘q? Bolalarga barchamiz bir xil ekanligimizni tushuntiring. Balki, bir kun hamma tushunadi», – deb Boatengning so‘zlarini keltiradi Sky Sports. tribuna.uz

«Nyukasl» himoyachisi: «Bobom AQSHda yashamasligimdan xursand»

«Nyukasl»ning amerikalik himoyachisi Deanre Yedlin AQSHda politsiyachi tomonidan qoratanli fuqaro Jorj Floydning o‘ldirilgani va undan so‘ng bo‘layotgan noroziliklar haqida gapirdi. «Jorj Floydning o‘limidan bir necha kun o‘tgach, bobom menga AQSHda yashamyotganimdan xursandligini yozdi. Chunki qoratanli odam bo‘lganimiz uchun  mening hayotimdan xavotirlanardi. Kunlar o‘tdi, ammo Floydning o‘limi haqidagi xabar hanuz miyamda. Bobom 1946 yili tug‘ilgan, fuqarolik huquqlaridan mahrum bo‘lgan, AQSH tarixidagi dahshatli irqchilik harakatlaridan omon qolgan. 70 yildan so‘ng ham vaziyat o‘zgarmagani uchun endi nabirasidan tashvishda. Biz qoratanli fuqarolarning hayotini oqtanlilardan […]

«Arsenal» Obameyangni qoldirish uchun yana bir taklif berdi

Londonning «Arsenal» klubi yozgi transfer oynasida jamoa safini tark etmoqchi bo‘layotgan hujumchi Per-Emerik Obameyangni o‘z safida saqlab qolishga intilmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Nikola Skira xabar berdi. Manbaning yozishicha, Obameyangning o‘zini transferga qo‘yishni so‘raganiga qaramay, «Arsenal» rahbariyati gabonlik forvardni o‘z safida olib qolish uchun unga 2023 yilgacha mo‘ljallangan yillik 12 million yevro miqdoridagi maoshni taklif qilgan. Futbolchi hozircha yangi shartnoma bo‘yicha javob qaytargani yo‘q.  Obameyangning amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha imzolangan bo‘lib, yillik 10 million yevro maosh olmoqda. Oldinroq, 30 yoshli […]

«Manchester Siti» futbolchisining uyiga o’g’ri tushdi

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Riyod Mahrezning kvartirasi talon-taroj qilindi. O’g’rilar, futbolchi uyda bo’lmagan paytda, Manchesterning markazidagi pentxausga o’g’irlikka tushishdi, deb xabar beradi The Sun.Yetkazilgan zarar 500 ming funtdan ko’proqni tashkil qiladi. Jinoyatchilar qimmat soatlar – Richard Mill (230 ming funt), Rolex Dayton (40 ming funt) va Rolex Day Date (35 ming) ni o’g’irlagan. O’g’rilar shuningdek, 50 ming funt sterling naqshli bilak uzuklarni va 150 ming funtga baholanadigan nodir futbolkalar to’plamini o’marib ketishgan. effect.uz