«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Sport

Verner 8 yil ichida Bundesligada hech bir nemis futbolchisi erishmagan natijani qayd etdi

«Leypsig» hujumchisi Timo Verner Germaniya chempionatining 32-turidan o‘rin olgan «Fortuna» (2:2) bilan bahsda gol urdi. Bu 24 yoshli forvardning ushbu mavsumda Bundesligadagi 26-golidir. Gracenote’ning yozishicha, germaniyalik o‘yinchilar ichida so‘nggi bor bunday sermahsullikni 2011/12 yilgi mavsumda «Bavariya» hujumchisi Mario Gomes qayd etgan. Shundan so‘ng hech bir nemis futbolchisi bir mavsumda buncha ko‘p to‘p kiritmagandi. tribuna.uz

Venger «Barselona»ning hujum chizig‘i haqida gapirdi

«Arsenal» sobiq bosh murabbiy Arsen Venger «Barselona» hujum chizig‘i va jamoa forvardi Antuan Grizmann haqida fikr bildirdi. «Barselona» doim yaxshi futbolchilarni sotib olgan. Shaxsan men Suaresning o‘rnini boshqa birov egallashi kerak, deb hisoblamayman. Ular yana  forvard sotib olishlari mumkin, chunki hujumkor o‘yinning asosiy ishtirokchilari bo‘lgan Suares va Messi hujumlarni yakunlaydigan boshqa birovga muhtoj bo‘lishlari mumkin.  Men hali ham Antuan Grizmann ko‘plab gollar urishiga ishonaman. Shu paytgacha u to‘liq moslashmagandi, ehtimol, endi hammasi yaxshi bo‘ladi. Ammo «Barselona» yana bir forvard sotib […]

«Real» uy o‘yinlarini «Atletiko» stadionida o‘tkazmaydi

«Real» La Ligada qolgan o‘yinlarini «Atletiko» stadionida o‘tkazmaydi.  «Qaymoqranglilar» stadioni «Santyago Bernabeu» qayta ta’mirlanmoqda. Klub qolgan 6ta bahsini Valdebasdagi «Estadio Alfredo Di Stefano»da o‘tkazmoqchi. Chempionat o‘yinlari muxlislarsiz o‘tishi ma’lum bo‘lgach, «matraschilar» prezidenti Enrike Sereso qo‘shnilarini «Vanda Metropolitano»da o‘ynashga taklif qilgan edi.  ESPN’ning yozishicha, «Real» bunday imkoniyatini ko‘rib  chiqmaydi va taklifni rad etadi. «Qirollik klubi» «Santyago»ga sentyabr-oktbyar oylarida qaytishni rejalashtirgan. tribuna.uz

Tayson qo‘lqopsiz jang qilishdan qo‘rqdimi?

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson qo‘lqopsiz jang musobaqalarini tashkil etuvchi Bare Knuckle Fighting Championship (BKFC) musobaqasida  ishtirok etishdan bosh tortdi, deya xabar berdi «BJPenn.com». Taysonga braziliyalik Vanderley Silva bilan jangi uchun 18 million dollar taklif etishdi. Portalning ma’lum qilishicha, Mayk yalang‘och mushtlashishga tayyor emasligini aytib, bu taklifni rad etgan. Yaqinda BKFC bilan shartnoma imzolagan Silva esa bu jangdan 10 million dollar ishlab olishini eshitib taklifni shu zahoti qabul qilgan. May oyining oxirida Tayson restler shousida paydo bo‘ldi. U yerda Mayk […]

Giggz Ronaldu bilan bo‘lgan kichik ziddiyatni gapirib berdi

«Manchester Yunayted» afsonasi Rayan Giggz sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan bo‘lgan mojaroni gapirib berdi. Bir kuni Giggz portugaliyalikni nonushta paytida koka-kola ichayotganini  ko‘radi va shunday deydi: «Biz bu yerda bunday qilmaymiz». Krishtianu bu gapdan norozi bo‘ladi va bir necha kundan keyingi bahsda xet-trikka erishib, Rayanga shunday javob qaytaradi: «Men xohlaganimni ichaman, Giggz». Uelslik futbolchi bu haqda Utd Podcast ko‘rsatuvida aytib berdi. tribuna.uz

Lebyof Kulibaliga «MYU»ga emas, APLning boshqa klubiga o‘tishni maslahat berdi

Fransiya milliy jamoasi bilan  jahon chempioni bo‘lgan sobiq himoyachi Frank Lebyof «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibalining kelajagi haqida fikr bildirdi. «Men hech qachon Kulibaliga «Yunayted»ga o‘tishni maslahat bermayman. Men uning muvaffaqiyat qozonishini istayman, ammo «MYU» hozir sovrin yutadigan klub emas.  Kalidu «Liverpul»ga mos keladi, u van Deyk bilan o‘ynashi mumkin. Yana bir yaxshi variant – Markinos o‘ynaydigan «PSJ». «Chelsi» ham Kulibalini zo‘ safiga qo‘shib olishga qarshi bo‘lmaydi.  Eng yaxshi variant – «Liverpul». U van Deyk bilan eng yaxshi duetga aylanadi», – […]

Misr terma jamoasi sobiq ustozi Muhammad Salohning qay tariqa eng yaxshi futbolchilardan biriga aylangani sababini aytdi

Misr terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Bob Bredli “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Saloh men Misr terma jamoasi boshqaruvini tark etganimdan keyin sezilardi o‘sishga erishdi. Unga o‘z salohiyatini o‘stirish uchun Lionel Messining o‘yinini diqqat bilan kuzatishni aytardim. Muhammad mening maslahatimga quloq tutdi. O‘sha vaqtda uning pozitsiyasini o‘zgartirishga intildim va hujum ortiga qo‘ydim, sababi unda tezlik bor. Hozirda u dunyoning eng kuchli o‘yinchilaridan biri”, — deydi Bredli. Bob Bredli 2011—2013-yillar mobaynida Misr terma jamoasini boshqarib borgan. Saloh Angliya […]

«Qaniydi Braziliya bilan o‘ynasak…» – mundialni ko‘zlayotgan Vadim Abramov bilan suhbat

Barchani shoshirib qo‘ygan koronavirusga biroz ko‘nikkan dunyoda asta-sekin hayot tiklanmoqda. Jumladan futbol ham. 13 iyundan Superliga o‘yinlari boshlanadi. Oktyabrda esa Osiyo milliy jamoalari JCH-2022 saralashi doirasida o‘yinlarni davom ettirishadi. ​Bu yangilik muxlislarni xursand qildi. Biz ularni yanada xursand qilish maqsadida FootWeek loyihasining ikkinchi sonida milliy jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan suhbat uyushtirdik. OAV bilan muloqotdan hech ham qochmagan Abramov vaqt topib savollarimizga javob berdi. Doimgidek xushchaqchaq kayfiyatda bo‘lgan milliy jamoa ustozi muxlislar uchun qiziqarli yangiliklarni ayta oldi, bizningcha. «Bunaqasini […]

Superliga 5-tur o‘yinlari boshlanish vaqti e’lon qilindi

Superliga 5-tur o‘yinlari boshlanish vaqtlari tasdiqlandi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar bermoqda. Superliga. 5-tur19 iyun, juma 19:00 “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” 20:00 “Paxtakor” – “Bunyodkor” 20 iyun, shanba 19:00 “Navbahor” – “Buxoro”  19:00 “Lokomotiv”– “So‘g‘diyona” 20:00 OKMK – “Surxon” 21 iyun, yakshanba 19:00 “Andijon” – “Metallurg” 19:00 “Mash’al” – “Nasaf”. Eslatib o‘tamiz, Superliga 4-tur o‘yinlari 13-14-15 iyun kunlari o‘tkaziladi.

Gundo‘g‘an APLning bu mavsumida van Deykdan keyingi eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchini aytdi

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Ilkay Gundo‘g‘an shaharliklar qiziqayotgan «Lester» himoyachisi Chag‘lar Suyunchi haqida fikr bildirdi. «Futbol jamoatchiligi fikriga qo‘shilaman. Bu mavsumda Suyunchi Premer-ligada, van Deykni inobatga olmasa, eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchidir. Men uni oldin bilmagan edim. Bir-birimizga qarshi o‘ynaganimizda uchrashdik. APL o‘yinlaridan tashqari, Angliya Kubogida ham «Lester» bilan to‘qnashdik.  U yaxshi yigit. Futbolni juda yaxshi tushunadi. Turkiya milliy jamoasi uchun ham, «Lester» uchun ham o‘ynaydi», – deb Gundo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi Fanatik. Bu mavsumda 24 yoshli Suyunchi Premer-ligada 28ta bahsda maydonga […]