«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Sport

Luis Suares La Ligada o‘zi qarshi o‘ynagan barcha klubga gol urdi

“Barselona” 29-oktabr, seshanba kuni Ispaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan bahsda “Valyadolid”ni mag‘lubiyatga uchratdi (5:1). Kataloniyaliklar klubi hujumchisi Luis Suares uchrashuvning 77-daqiqasida Lionel Messining uzatmasidan keyin raqib darvozasini ishg‘ol qildi. “Valyadolid” urugvaylik futbolchi La Ligada gol urmagan yagona klub bo‘lib qolayotgandi. Shu tariqa 32 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatida qarshi o‘ynagan 27 ta jamoaning barchasiga gol urdi, deya ma’lumot bermoqda Opta. Ma’lumot uchun, Suares 2014-yildan buyon “Barselona”da to‘p surib kelmoqda va shu kungacha chempionatda 137 ta gol urishga erishdi. Suares ushbu mavsum klub safida […]

Ливерпуль»да яна жиддий рақиб, Испанияда «Реал» ва «Барса»сиз тур. Ҳафта ўйинлари анонси

Кеча «Лестер»нинг сафардаги рақиб дарвозасига жавобсиз тўққиз гол уриши билан навбатдаги уикенд ҳам бошланди. Эътиборингизга шанба-якшанба кунларини футбол томоша қилиш билан ўтказмоқчи бўлганлар учун қўлланмани тақдим қиламиз. ШАЛЬКЕ — БОРУССИЯ Д (26 октябрь, 18:30) Бундеслига деганда, асосан, «Бавария»нинг гегемонлиги ва баъзида унга қаршилик қилувчи жамоалар тушунилади. Аммо у ерда ҳам ўзига хос тарихий тўқнашувлар борки, Германия бундай ўйинларни эътиборсиз қолдирмайди. Шундай ўйинлардан бири Рур дербисидир. Салкам юз йиллик тарихга эга бўлган бу дербининг қаҳрамонлари эса, Гилзенкирхеннинг «Шальке» ва Дортмунднинг «Боруссия» […]

Дунё полвонлари Термизда жам бўлади

Термиз шаҳридаги “Алпомиш“ стадионида жорий йилнинг 5-6 октябр кунлари кураш бўйича Президентимиз соврини учун ал-Ҳаким ат-Термизий хотирасига бағишланган XIV халқаро турнири ўтказилади.Ҳар икки йилда бир марта ўтказиладиган анъанавий спорт байрамига Сурхондарё вилоятида алоҳида тайёргарлик кўрилди. Меҳмонларни кутиб олиш, жойлаштириш, транспорт ва бошқа хизматлар кўрсатиш, уларнинг бўш вақтларини мазмунли ўтказиш бўйича зарур чора-тадбирлар белгилаб олинди.Вилоят марказида йирик ҳажмдаги ободонлаштириш ишлари амалга оширилиб, халқаро спорт шодиёналари акс эттирилган панно ва баннерлар билан безатилди. Кураш мусобақалари бўлиб ўтадиган стадион ҳам спорт байрамига хос […]

QARSHI TUMANI BOLALAR — O’SMIRLAR SPORT MAKTABIDA 6 TA TUMAN O’QUVCHILARI O’RTASIDA «O’ZBEK JANG SAN’ATI» SPORT TURI BO’YICHA MUSOBAQA BO’LIB O’TDI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muxim tashabbusi targ’iboti doirasida «O’zbek Jang San’ati» milliy sport turi bo’yicha Qarshi tuman bolalar — o’smirlar sport maktabida tuman ochiq birinchiligi bo’lib o’tdi.

Denis Istomin g‘alaba qozondi

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan “Chellenjer 90“ musobaqasida o‘z ishtirokini 1/16 finalidan boshladi. Uning ushbu davradagi raqibi germaniyalik Misha Zverev bo‘ldi. Uchrashuvda Denis 6:7, 6:2, 2:1 hisobida oldinda borayotgan bir vaziyatda Misha o‘yinni davom ettira olmasligini e’lon qildi. Shu tariqa musobaqaning uchinchi bosqichiga yo‘l olgan tennischimiz, chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda italiyalik Roberto Markora bilan raqobatlashadi. Manba: O’zA

Nurmagomedov hamda Pore ertangi jang oldidan vazn o‘lchash marosimida ishtirok etishdi

Xabaringiz bor, ertaga BAAning Abu-Dabi shahrida UFC242 turniri bo‘lib o‘tadi. Unda asosiy to‘qnashuv engil vazn chempionligi uchun rossiyalik Habib Nurmagomedov hamda amerikalik Dastin Porьe o‘rtasida o‘tkaziladi. Kecha, jangchilar o‘rtasida nigohlar to‘qnashuvi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik. Bugun esa Nurmagomedov hamda Pore vazn o‘lchash marosimida qatnashishdi. Habib ham Dastin ham bir xil 70,3 kg. og‘irlikka ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Manba: www.SheJoT.CoM — Saytdan olindi!

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi «Humo arena»da bo‘lib o‘tadi

20-22 sentyabrь kunlari Toshkent dzyudo bo‘yicha navbatdagi Gran-pri musobaqasiga mezbonlik qiladi. Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur musobaqani o‘tkazish uchun bu yil juda katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deya xabar berdi MOQ. Bir necha oy muqaddam Xalqaro dzyudo federatsiyasi mutasaddilari poytaxtdagi “Humo arena” ko‘p tarmoqli muz saroyini ko‘zdan kechirib o‘tishgan. Endilikda bu yilgi Toshkent Gran-prisi rasman “Humo arena”da bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi. Ushbu Gran-pri musobaqadasida g‘alaba qozongan sportchilar Tokio Olimpiadasi uchun 700 reyting ochkosiga ega bo‘lishadi. Toshkent Gran-prisi esa kattalar uchun […]

Kokorin va Mamaev ozodlikka chiqariladi

«Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyachisi Pavel Mamaev sud qaroriga ko‘ra ozodlikka chiqadigan bo‘ldi. Avvalroq advokatlar futbolchilarni shartli ravishda ozod qilish haqida sudga iltimosnoma kiritishgan edi. 6 sentyabrь kuni Moskva shahrida o‘tkazilgan sud mahkamasida bu iltimosnoma qanoatlantirildi. Rossiya qonunchiligiga asosan sud hukmi 10 kundan keyin kuchga kiradi. Shu tufayli Kokorin va Mamaev 17 sentyabrь kuni Belgorod viloyatidagi qamoqxonadan ozod etiladi. Eslatib o‘tamiz, Kokorin va uning ukasi Kirill, Mamaev va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiy 2018 yil 8 oktyabrь kuni Moskva […]