«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Sport

Чемпионлар лигаси-2018/19 иштирокчилари қанча пул ишлаб топди?

УЕФА чемпионлар лигаси-2018/19 иштирокчилари ўртасида тақсимланган пул миқдорини эълон қилди. Чемпионлар лигаси-2018/19 гуруҳ босқичи ва плей-оффда иштирок этган жамоалар, шунингдек, УЕФА суперкубоги иштирокчилари қарийб 1,976 миллиард еврони бўлиб олишди. Ярим финалчи «Барселона» (117,7 млн евро), мусобақа ғолиби «Ливерпуль» (111,09 млн евро) ва финалчи «Тоттенхэм» (101,6 млн евро) энг кўп улушга эгалик қилишди. «Ювентус» — 95,5 млн, «Манчестер Юнайтед» – 93,4 млн, «Манчестер Сити» – 93,2 млн, «ПСЖ» – 85,8 млн, «Атлетико» – 85,6 млн, «Реал» – 85,3 млн, «Бавария» – […]

O‘zbekistonda jahon talablariga javob beruvchi uchta golf klubi tashkil etiladi

Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida jahon talablariga javob beruvchi uchta yangi golf klubi ochiladi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 17-sentabr kuni “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti ochilishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi. “Biz sayyohlik infratuzilmalarimizni yanada takomillashtirish ustida ishlamoqdamiz. Butun dunyodan sayyohlarni jalb qilish uchun golf klublarini tashkil etishimiz ham muhim. Hozirda golf klublarini barpo etish bo‘yicha uchta loyiha boshlandi”, — degan bosh vazir o‘rinbosari. U qo‘shni Qozog‘istonda jahon talablariga javob beruvchi 4 ta golf klublari faoliyat ko‘rsatayotganini […]

La Liga. «Real» «Mestalya»da kechgan «jang»da mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Ispaniya La Ligasi 17-turining markaziy bahsida «Real» «Mestalya»da «Valensiya» mexmoni bo‘ldi va mag‘lubiyatdan qutulib qolishga erishdi. O‘yinning 78-daqiqasida Karles Soler tomonidan kiritilgan to‘pga, 95-daqiqada Karim Benzema javob berdi. Durangdan so‘ng «Real» ochkolarini 35taga yetkazib, «El Klasiko» oldidan «Barselona» bilan bir xil ochkoga ega bo‘ldi. «Valensiya» esa 27 ochko bilan 7-o‘ringa chiqib oldi. La Liga, 17-tur Valensiya – Real 1:115 dekabr, «Mestalya»Gollar: Soler (78) – Benzema (90+5).Valensiya: Domenek, Gayya, Kosta (Manu Valexo, 61), Paulista, Vass, Parexo, Koklen (Kondogbia, 83), Ferran Torres […]

2019-yilda eng ko‘p pul ishlab topgan sportchining nomi ma’lum bo‘ldi

«Forbes» jurnali 2019-yilda eng ko‘p pul ishlab topgan sportchilar reytingini chop etdi. Ro‘yxatni «Barselona» hujumchisi Lionel Messi boshqarmoqda. Argentinalikning 2019-yilgi daromadi ​​127 million dollarga baholangan. Ikkinchi o‘rinni «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu (109 million dollar), uchinchi o‘rinni PSJ forvardi Neymar (105 million dollar) egalladi. Messi tarixda ilk bor mazkur reytingga yetakchilik qilmoqda. Ko‘rsatilgan qiymatga sportchining maoshi, mukofot pullari, bonus va homiylik shartnomalaridan tushgan daromadlari kiradi. Manbaa: Xabar.uz

Энг қиммат 10 футболчи маълум қилинди, Роналду улар орасида йўқ

«ПСЖ» ҳужумчиси Килиан Мбаппе футбол бизнесини таҳлил қиладиган KPMG Football Benchmark интерфаол платформасининг версияси бўйича дунёдаги энг қиммат футболчи деб топилди. KPMG Opta томонидан тақдим этиладиган сўнгги спорт статистикалари асосида 12та лигадаги 5000дан ортиқ ўйинчининг трансфер нархини ҳисоблаб чиқди. Рейтинг Аргентина, Бельгия, Бразилия, Англия, Франция, Германия, Италия, Нидерландия, Португалия, Испания  ва Туркиянинг юқори дивизионидаги футболчиларни, шунингдек, Англия Чемпионшипини ҳам қамраб олади. Қуйида рейтингдаги топ-10 футболчи ва трансфер нархи 100 млн евродан ошган яна 5та ўйинчи келтирилган. 1. Килиан Мбаппе («ПСЖ») […]

Ўқувчилар ўртасида ҳарбий амалий кўпкураш мусобақаси ўтказилди

Навоий шаҳрида коллеж ўқувчилари ўртасида ҳарбий амалий кўпкураш бўйича спорт мусобақаси ўтказилди.Ўзбекистон Республикаси Конституцияси ҳамда мадҳияси қабул қилинганининг 27 йиллиги муносабати билан ташкил этилган мусобақада давлатимиз мадҳияси садолари остида бошланди. Мусобақа аввалида Конституциямиз қабул қилинган кун муносабати билан ўзига хос мусобақа ташкил этилиб, иштирокчиларнинг Бош қомусимизга оид ҳуқуқий саводхонлиги синовдан ўтказилди.Ўзбекистон мудофаасига кўмаклашувчи “Ватанпарвар” ташкилоти Навоий автомобил ўқув спорт техника клуби томонидан шаҳар кончилик коллежи билан ҳамкорликда ташкил этилган мусобақада коллеж ўқувчиларидан иборат 7 жамоа арқон тортиш, турникда тортиниш, арқонда […]

YChL. “Bavariya” Mourinyo jamoasini tor-mor qildi, “Real” va “Yuventus”da ham g‘alaba (video)

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining guruhlarda oxirgi tur bahslari 11-dekabr, chorshanba kuni yakuniga yetdi. “A” guruhidan o‘rin olgan bahsda Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi mehmonda “Bryugge”ga qarshi maydonga tushdi. To‘qnashuv davomida “Qirollik klubi” a’zolari Rodrigo Goes (53), Vinisius Junior (64) hamda Luka Modrich (90) raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, mezbonlardan Xans Vanaken (55) o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa Madrid klubi safarda “Bryugge”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, “Real” 11 […]

Didye Desham Fransiya terma jamoasi bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol bo‘yicha Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham jamoa boshqaruvida 2022-yilga qadar qoladigan bo‘ldi. 51 yoshli mutaxassis Fransiya futbol federatsiyasi bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi. Avvaligi shartnoma 2020-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetishi kerak edi. Desham Fransiya terma jamoasini 2012-yildan buyon boshqarib keladi. Uning qo‘l ostida jamoa Yevro—2016 musobaqasida finalga qadar yetib borgan va Rossiyada o‘tgan 2018-yilgi Jahon Chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Yangi kelishuvga ko‘ra Desham Fransiya bilan JCh—2022 oxiriga qadar qoladi. Manbaa: Daryo.uz

​​​​​​​«Napoli» Anchelottini iste’foga chiqardi

Chempionlar ligasining guruh bosqichida 4 guruh 6-tur o‘yinlarini o‘tkazishdi. «Napoli» klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. «Klub prezidenti Aurelio De Laurentis va Karlo Anchelotti o‘rtasidagi do‘stona munosabat va o‘zaro hurmat o‘zgarmaydi», — deyiladi klubning rasmiy bayonotida. 60 yoshli italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi so‘nggi o‘yin — Chempionlar ligasi 6-turidagi «Napoli» — «Genk» (4:0) uchrashuvidagi g‘alaba bilan Neapol klubi YeChL guruh bosqichidan pley-offga yo‘llanma olgandi. Uchrashuvdan keyin Anchelottining iste’foga chiqarilgani ma’lum qilindi. Ma’lumot uchun, […]