«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Sport

Messi va Suares juftligi La Liganing XXI asrdagi eng yaxshi ko‘rsatkichini qayd etmoqda

“Barselona” Ispaniya La Ligasi 15-turida “Atletiko”ni mag‘lubiyatga uchratdi (1:0). G‘alaba to‘pini uchrashuvning 86-daqiqasida Lionel Messi urdi. Unga Luis Suares samarali uzatma amalga oshirdi. Bu Suares va Messi ishtirokida urilgan Ispaniya chempionati doirasidagi 56-gol bo‘ldi. Messi 28 marta Suaresning uzatmasidan so‘ng gol urgan bo‘lsa, urugvaylik futbolchi ham 28 bor Messining pasini golga aylantirgan. Bu La Ligada XXI asrning eng yaxshi ko‘rsatkichi hisoblanadi. Bu borada keyingi o‘rinda Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema juftligi turibdi. Ular “Real” safida birgalikda 40 ta gol urgan. Manbaa: Daryo.uz

Makgregor qanday qilib Nurmagomedovdan o‘ch olmoqchi?

ESPN sharhlovchisi va insayder Ariel Xelvani aytishicha, Konor Makgregor 2020-yil oxirida Habib Nurmagomedov bilan jang o‘tkazib, undan UFC chempionligini olib qo‘ymoqchi. Bu haqda «Sports.kz» yozmoqda. 2020-yilda Makgregor uchta jang o‘tkazmoqchi. «U uch yildan beri buni qilmagandi, biroq irlandiyalik maqsadga diqqatini jamlashni biladi. Odamlar uni anchadan beri bunaqa holatda ko‘rishmaganini aytishmoqda. Serrone bilan jangdan keyin u bahorda yoki yozning boshlarida jang o‘tkazish istagida. Uning raqibi Masvidal yoki Neyt Diaz bo‘lishi mumkin. Yil oxirida esa Habib Nurmagomedov bilan, agar o‘shanda ham u chempionlikni […]

“Bunyodkor” darvozaboni futbolchilik faoliyatini yakunladi

«Bunyodkor» klubining darvozaboni  futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda toshkentliklar klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi. Superliga 26-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» — «So‘g‘diyona» bahsi 36 yoshli darvozabon uchun faoliyatidagi so‘nggi o‘yinga aylandi. Ta’kidlanishicha, 2020 yil bahorida «Bunyodkor» futbol klubi rahnamoligida Zuhurov uchun xayrlashuv uchrashuvi tashkil etiladi. Ma’lumot uchun, Zuhurov «qaldirg‘ochlar»dan tashqari «Do‘stlik», «Metallurg», «Navbahor» va «Nasaf» klublarida ham faoliyat yuritgan. U shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasida 4 ta o‘yin o‘tkazgan. Manbaa: Qalampir.uz

Messida yangi rekord va hali pley-offni hal qilmagan Klopp. YeChLda kun o‘yinlari

Chorshanba oqshomida Chempionlar ligasining guruh bosqichi 5-turi doirasida yana 4 guruhda 8ta o‘yin bo‘lib o‘tdi. F guruhiMessi va Lukakuning benefisi «Barselona» — «Borussiya» D — 3:1Gollar: Suares, 29. Messi, 33. Grizmann, 67 — Sancho, 77 Chorshanba kuni Messi yubileyini nishonladi, u katalonlar libosida 700-o‘yinini o‘tkazdi. Xavining mutlaq rekordiga yetish uchun yana 67 o‘yin qoldi, agar Leo «Barsa»ni yana ikki yildan keyin tark etishi haqidagi xabarlar haqiqatga aylansa ham, unda yana bir rekord o‘rnatishga imkoniyatlar yetarli. Bu oqshom yubilyari gol urib […]

Роналду яна бир рекорд сари бормоқда

“Ювентус” форвардининг “Атлетико”га қарши учрашувда майдонга тушиши, бу – унинг еврокубоклар тарихидаги 175-баҳси бўлди.Шу тариқа, португалиялик тўпурар “Милан” таркибида 174 беллашувда ҳаракат қилган Паоло Малдинининг “қизил-қоралар” билан қайд этган натижасидан илгарилаб кетди ва иккинчи поғонага кўтарилди. Таъкидлаш жоизки, мазкур рўйхатни 188 та ўйин билан “Порту” дарвозабони Икер Касильяс бошқариб келмоқда. Маълумки, испаниялик посбон еврокубокларда асосан “Реал Мадрид” таркибида майдонга тушган.Маълумот ўрнида, Криштиану Роналду еврокубоклар тарихидаги энг яхши тўпурар бўлиб турибди, унинг ҳисобида 130 та гол бор. ЎзА.

Ispaniya Devis kubogining 6 karra g‘olibiga aylandi

Tennis bo‘yicha Ispaniya erkaklar terma jamoasi Devis kubogi finalida Kanadani mag‘lub etib, 6-marta kubokni qo‘lga kiritdi. Final uchrashuvlari Madridda bo‘lib o‘tgan. Finalning birinchi uchrashuvida ispaniyalik Roberto Bautista-Agut kanadalik Feliks Ojye-Alyassimni mag‘lub etdi. 2-uchrashuvda Rafael Nadal Denis Shapovalovni dog‘da qoldirib, Ispaniya terma jamoasiga muddatdan avval g‘alaba keltirgan. Musobaqa qoidalariga ko‘ra, hisob 2:0 bo‘lganda juftliklar o‘rtasidagi uchrashuv o‘tazilmaydi. Kanada musobaqa finalida birinchi marta ishtirok etdi. Ispaniya esa bu unvonni olishga 6-marta (2000, 2004, 2008, 2009, 2011, 2019 yillar) muvaffaq bo‘ldi.  Musobaqa mukofot […]

Bugun Toshkentda tarixiy MMA janglari bo‘lib o‘tadi

Bugun Toshkentda ilk bor MMA bo‘yicha GFC 20 turniri bo‘lib o‘tadi. Kecha poytaxtimizdagi muxtasham “Forumlar saroyi”da mazkur turnir oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari Otabek Umarov yurtimizda barcha sport turlari qatori MMAga ham e’tibor alohida bo‘lishini qayd etib o‘tdi. Anjuman davomida turnirning faxriy mehmonlari Abdumanap va Habib Nurmagomedovlar, taniqli MMA ustalari va OAV xodimlari ishtirok etishdi. Suhbat davomida Habib Nurmagomedov shahrimizda qad rostlagan “Humo” arena haqida iliq fikrlar bildirib, imkoni bo‘lganida u yerda bajonidil jang qilishga rozi […]

«Formula-1»da pit-stop bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi

Avstriya jamoasi yozda Germaniyadagi Gran-prida erishgan natijasini yangiladi. «Red Bull» jamoasi Braziliyada «Formula-1» Gran-pri doirasida g‘ildiraklarni almashtirish bo‘yicha rekord o‘rnatdi, deya xabar berdi «Formula-1»ning  «Feysbuk»dagi rasmiy sahifasida. Avstriya jamoasi vakillari 1,82 soniyada pit-stopni amalga oshirishning uddasidan chiqishdi. Shu tariqa ular iyulda Germaniyada o‘zlari o‘rnatgan 1,88 soniyalik rekordni yangilashdi. Manbaa: Xabar.uz

Ёш боксчиларимиз Осиё чемпионатида 14 та медал қўлга киритишди

Мўғулистоннинг Улан-Батор шаҳрида бокс бўйича ёшлар ўртасида Осиё чемпионати ўз якунига етди. Мазкур мусобақада Ўзбекистон терма жамоамиз ҳам муваффақиятли иштирок этиб, 2 та олтин, 5 та кумуш ва 7 та бронза медалларига сазовор бўлди. Вакилларимиздан Суҳроб Қайимов (-75 кг) ҳамда Шоҳжаҳон Абдуллаев (-81 кг) барча рақибларини мағлуб этиб, Осиё чемпионлигини қўлга киритган бўлса, яна беш нафар вакилимиз финалда имкониятни бой бериб қўйди. Мусобақада ғолиб ва совриндор бўлган вакилларимиз билан танишинг: Олтин медал:Суҳроб Қайимов (-75 кг)Шоҳжаҳон Абдуллаев (-81 кг) Кумуш медал:Хуршид Расулжонов […]

Eldor Shomurodov qishda boshqa klubga o‘tishi mumkin

“Rostov” klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov qishki transfer vaqtida Moskvaning SSKA jamoasi o‘yinchisiga aylanishi mumkin. “Federal yangiliklar agentligi”ning xabar berishicha, Moskva klubi 24 yoshli hujumchi uchun 5 mln yevrodan ko‘proq to‘lashga tayyor. Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2017 yil yozidan beri “Rostov” safida o‘ynab keladi. Uning shartnomasi 2024 yil yozigacha amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati 2,5 mln yevro qilib belgilangan. Joriy mavsumda u 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. O‘yinchining hisobida O‘zbekiston termasidagi 40 […]