«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Sport

Boks bo‘yicha Tokio — 2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi musobaqa qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Osiyo va Okeaniya mintaqalari uchun boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqa fevral oyida Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli musobaqa u yerda o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Olimpiada litsenzion musobaqasi 3—11-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Biroq unga qaysi mamlakat mezbonlik qilishi hali noma’lum. Ma’lum bo‘lishicha, Hindiston va Filippin boks federatsiyalari mazkur musobaqani o‘zida o‘tkazish istagi bilan chiqqan. Yaqin vaqt ichida musobaqaga qaysi mamlakat mezbonlik qilishi ma’lum qilinadi. manba: daryo.uz

Ispaniya Kubogi. «Atletiko» kutilmaganda Segunda B jamoasiga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi

Ispaniya Kubogining 1/16 finalida «Atletiko» safarda Segunda B jamoasi «Kultural Leonesa»ga qarshi bahs yuritib, qo‘shimcha taymlarda o‘tkazib yuborilgan gol evaziga mag‘lubiyatga uchradi. Ma’lumot uchun, Segunda B Ispaniyada darajasi jihatidan 3-ligadir. Shu tariqa «Atletiko» o‘z tarixida 4-bor 3-liga jamoasiga imkoniyatni boy berib, Ispaniya Kubogidan chiqib ketdi. So‘nggi bor bundan holat 2011 yili «Albasete» bilan sodir bo‘lgan (2:1; 0:1) va o‘shandan so‘ng klub boshqaruviga Diyego Simeone kelgandi. Ispaniya Kubogi, 1/16 finalKultural Leonesa – Atletiko 2:1Gollar: Kastaneda (83), Benito (108) – Korrea (62).Kultural […]

Xitoyda o‘tishi lozim bo‘lgan xalqaro turnir bekor qilindi

Bunga dunyoning eng ko‘p aholisi yashaydigan mamlakatda tarqalgan virus kasalligi sabab bo‘ldi. Joriy yilning 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan shahrida boks bo‘yicha Tokio Olimpiadasiga litsenziya beruvchi musobaqa o‘tkazilishi kerak edi. Biroq, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot vazirligi xabariga ko‘ra, Uxan shahrida hayot uchun xavfli korona virusning tarqalishi sabab musobaqa bekor qilingan. Ushbu musobaqa faqat Osiyo-Okeaniya hududidagi davlatlar bokschilari uchun joriy yilning yozida bo‘lib o‘tadigan Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmalar taqdim etilar edi. Endilikda ushbu turnir Xitoyning boshqa bir shahrida yoki umuman […]

«Paxtakor» jahonning eng kuchli 150 jamoasi qatoridan o‘rin oldi

«Paxtakor» jahonning eng kuchli klublari reytingida o‘z mavqeini ancha yaxshilab oldi. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) jahonning eng kuchli 400 klublari reytingini e’lon qildi. Ushbu reytingda «Paxtakor» 140-pog‘onada joylashgan. Jamoamiz hisobida 112 ochko bor va bu Osiyoda kuchli o‘nlikdan o‘rin olishimizni ta’minladi. «As-Sadd» bilan birgalikda «Sherlar» 6-7 pog‘onadan o‘rin egallashgan. 2018 yil «Paxtakor» ushbu reytingda 394-o‘rinda bo‘lgandi. Bir yil ichida jamoamiz 254 pog‘ona yuqorilashga erishdi. IFFHS 1991 yildan beri har oy klublarni baholab keladi. Reytingda jamoalarning xalqaro uchrashuvlari, […]

Ronaldu «Yuventus» safidagi so‘nggi 10ta o‘yinda 13ta gol urdi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya kubogining chorak final bosqichi doirasida «Roma»ga qarshi o‘yinda (3:1) bitta gol muallifiga aylandi. Shu tariqa, 34 yoshli futbolchi so‘nggi 10ta o‘yinda 13ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bu uchrashuvlar davomida bitta «xet-trik», ikkita «dubl» qayd etdi. Manba: sports.ru

Osiyo chempionati-U23. O‘zbekiston yarimfinalda Saudiyaga imkoniyatni boy berdi

Foto: Tribuna.uz Tailandda Osiyo chempionati-U23 bahslari davom etmoqda. Musobqaning yarim final bahsida O‘zbekiston Saudiyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yinning 6-daqiqasida o‘zbekistonlik futbolchilar yaxshi hujumni amalga oshirishdi. Hojiakbar Alijonov o‘ng qanotdan Bobur Abduxoliqovning yo‘nalishiga to‘pni qulay tarzda uzatib berdi, ammo hujumchidan oldin to‘pga darvozabon yetib keldi. 12-daqiqada Bobur Abduxoliqov hisobni ochishi uchun juda qulay vaziyatga ega bo‘ldi. G‘aniyevning uzatmasidan so‘ng darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borgan Bobur to‘pni darvozabonning ustidan tashlab qo‘yishda noaniq o‘ynadi. 16-daqiqada Saudiyaning asosiy hujumchisi Abdulloh al Hamdan […]

“Bunyodkor” uchinchi bosqichga chiqdi

Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasining ikkinchi saralash bosqichi doirasida Toshkentnig “Bunyodkor” jamoasi Iroqning “Al Zavra” klubini yirik hisobda yengdi.Poytaxtimizdagi “Jar” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda “Bunyodkor” jamoasi a’zolari 4:1 hisobida raqiblaridan ustun keldi. O‘yinda Murod Xolmuhammedov, Humoyun Murtozaev (2 marotaba), Boburbek Farhodov raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, asosiy vaqtning 89-daqiqasida raqib futbolchisi Abbos Qosim gol urdi.Shu tariqa, “Qaldirg‘ochlar” musobaqaning uchinchi saralash bosqichiga yo‘l oldi. Ular mazkur bosqichda BAAning “Al Ayn” klubiga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 28 yanvar kuni Al Ayndagi “Hazza bin […]

Jamshid Iskanderov faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi

«Lokomotiv»ning sobiq o‘yinchisi Jamshid Iskanderov faoliyatini K-League’da — Janubiy Koreyaning «Seongnam» klubida davom ettiradi. O‘zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi, o‘tgan mavsumda «Lokomotiv»da o‘ynagan Jamshid Iskanderovning Janubiy Koreyaning «Seongnam» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda koreys klubi matbuot xizmati ham rasman e’lon qildi, deyiladi Olamsport xabarida. «Seongnam» o‘z tarkibini o‘zbekistonlik Jamshid Iskanderov bilan kuchaytirdi. Iskanderov to‘p bilan yaxshi muomala qila oladi va maydon markazidagi ijodkor futbolchi sanaladi. U shuningdek mamlakat terma jamoasida ham o‘ynaydi va boy tajribaga ega o‘yinchi. Iskanderov, xush kelibsan», — deyiladi klub xabarida. Eslatib o‘tamiz, […]

O‘zbekiston milliy jamoasining yana bir futbolchisi Koreya chempionatiga o‘tdi

O‘zbekiston milliy jamoasiga nomzod futbolchilardan biri bo‘lgan Dostonbek Tursunov faoliyatini Janubiy Koreya K-1 Ligasida davom ettiradi. Bu mavsum yuqori divizionga chiqqan «Busan Ay Park» klubi o‘zbekistonlik himoyachi transferini e’lon qilgan. Ayni vaqtda 24 yoshda bo‘lgan Dostonbek Tursunov ampluasiga ko‘ra markaziy himoyachi hisoblanib, 2018 yil Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U-23 jamoasining chempionlikka erishishiga katta hissa qo‘shgan futbolchilardan biri bo‘lgandi. Futbolchilik faoliyatini Farg‘onaning «Neftchi» klubida boshlagan va keyinchalik klub sardoriga aylangan Doston Tursunov 2018 yilning dekabrida Yaponiyaning «J2» ligasi vakili «Renofa […]

23 yanvardan Navoiyda “Universiada” sport o‘yinlari boshlanadi

Joriy yilning 23 yanvardan boshlab, yurtimiz talabalari o‘rtasida sportning 12 ta turi bo‘yicha o‘tkazib kelinadigan “Universiada” sport o‘yinlarining final bosqichiga start beriladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining xabar berishicha, 23–26 yanvar kunlari Navoiy shahri mezbonligida o‘tkaziladigan shaxmat va shashka bahslarida 100 nafarga yaqin talaba-yoshlar g‘oliblik uchun bahs olib borishadi. 2000 yildan buyon tashkillashtirib kelinayotgan mazkur sport musobaqalari bu yildan boshlab, yangi shaklga o‘tkazildi. Ya’ni joriy yildan e’tiboran “Universiada” sport o‘yinlari Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilib, 4 iyunga qadar davom etadi. Xabarda aytilishicha, o‘tkaziladigan […]