«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Shou-biznes

Turk seriallarining yulduzlari: Turkiyadagi eng mashhur chehralar (foto)

Turkiya qiziqarli va yuqori sifatli seriallar bilan mashhurdir. Muvaffaqiyatli rollar tufayli iste’dodli aktyorlar mamlakat tashqarisida ham taniqli bo’ldilar. Har yili ekranda yangi filmlar paydo bo’ladi, ularning ko’pi yuqori reyting va kassa bilan ajralib turadi. Turkiya yulduzlari o’z sohalarida mehnatsevar va professionallardir. Bundan tashqari, ular o’zlarining ajoyib ko’rinishlari bilan ajralib turadi – ko’plab aktyorlar va aktrisalar o’z karyeralarini model sifatida boshlaganlar. Ushbu mamlakat kinosining dunyo sahnasida katta kelajagi bor. Bugungi kunda taniqli turk aktyor va aktrisalarining safi kengayib bormoqda. Biz esa […]

Matyoqub Matchonov Obid Asomov hamda “Shaytanat” seriali nima sababdan “zapret”ga tushgani haqida gapirdi (video)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Matyoqub Matchonov suhbat davomida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov hamda “Shaytanat” serialining “zapreti” sabablari haqida gapirib berdi. “Zapret” so‘zining o‘zi bir ahmoqona. Allohga behisob shukr, shu narsalarni yo‘q qilgan Prezident boshimizga keldi. Umrlari uzoq bo‘lsin, bu baloni olib tashlashdi. Avvallari buni qarasang “zapret”, uni qarasang “zapret”, nimaga bunday bo‘lgan ekan, deya hayron bo‘lardik. O‘zimiz ham biror […]

Anvar Sanayev — antiqa “zapret”larga tushish bo‘yicha rekordchi. Ikki yillik uchinchi “zapret”ga to‘ydagi surat sabab bo‘lgan

Xonanda Anvar Sanayev “Daryo” internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Anvar Sanayev suhbat davomida diniy oqimga aloqasi bor odam bilan rasmga tushgani uchun uchinchi marta “zapret”ga tushgani haqida gapirib berdi. Yulduz Usmonovani yaxshi xonanda deganim uchun ‘zapret’ga tushganimdan keyin bir amallab ‘zapret’dan qutuldim. ‘Go‘zalim Barno’ deb nomlangan konsert dasturimni 2010-yilda taqdim qildim. Muxlislar juda ham yaxshi kutib olishdi. Konsertdan keyin tayyor turishadimi, deymanda, konserting yaxshi chiqsa darrov ‘zapret’dasan. O‘sha vaqtda Ichki ishlar vazirligining ansamblida ishlardim, u yerga […]

«Kamera ortida bo‘lishni tanladim» – Abdullajon roli bilan tanilgan Shuhrat Qayumov bilan suhbat

O‘zbek kinematografiyasi xazinasida haqiqatan ham sifatli filmlar talaygina, ammo ularning aksariyati o‘nlab yillar oldin suratga olingan. Ana shunday filmlardan biri «Abdullajon» – shubhasiz, o‘zbek kinosidagi fantastik komediya janrining eng yorqin namunasidir. Filmda bosh qahramon Abdullajon rolini o‘ynagan Shuhrat Qayumov kuni kecha Kun.uz mehmoni bo‘ldi. Mazmunli kechgan suhbatimiz prodyuserning kino san’atidagi faoliyati va sohadagi bir qator mavzularni qamrab oldi. Qayumovning aytishicha, u «Abdullajon» filmidan keyin boshqa kartinalarda bosh rollarni o‘ynamagan. Bunga sabab – men uchun kinoda rol o‘ynashdan ko‘ra, kino suratga olish […]

“Alla” filmi “Bastau” xalqaro kinofestivalida qatnashadi

Yosh kinorejissyor Fotih Nasimovning “Alla” nomli qisqa metrajli filmi Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tadigan “Bastau” xalqaro kinofestivalida qatnashadi. Sakkizinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur xalqaro kinofestivalda talabalar va kino maktablari o‘quvchilari o‘z filmlari bilan ishtirok etadi. “Alla” qisqa metrajli filmini Fotih Nasimov bitiruv malakaviy ishi sifatida, davlat granti asosida suratga olgan. Mutaxassislar kartinani yuqori baholashmoqda. Ma’lumot uchun, Fotih Nasimov ayni paytda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti magistranti. Yangi filmlar ustida ishlab, aktyorlik san’atida ham o‘zini namoyon etib kelmoqda. Manbaa: UzA.uz

Maykl Jekson qatorasiga yettinchi yil o‘limidan so‘ng ham daromad keltirayotgan mashhurlar reytingini boshqardi

Forbes ijodi o‘limidan so‘ng ham merosxo‘rlari va huquq egalariga daromad keltirayotgan 13 nafar mashhur shaxsdan iborat reytingni e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Reytingning birinchi o‘rnini qatorasiga yettinchi yil Maykl Jekson egalladi. Uning ijodi keltirgan daromad 60 million dollarni tashkil etdi. Qayd etilishicha, uning qo‘shiqlari eshitilishi soni 1,8 dan 2,1 milliardga yetgan. Ikkinchi o‘rinda Elvis Presli (39 million dollar), uchinchi o‘rinda esa komikslar rassomi Charlz Shuls (38 million dollar) keltirilgan. Manba: Dy.uz

“Ey, sinfdosh” qo‘shig‘i bilan tanilgan “Oqshom” guruhi to‘qqiz yil qamoqda o‘tgan umri haqida gapirib berdi (video)

“Ey sinfdosh”, “Nilufar”, “O, rashk” qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan “Oqshom” guruhining yakkaxoni Zokir Sobirov eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi. Zokir Sobirov suhbat davomida qamoqda o‘tgan to‘qqiz yillik hayoti haqida gapirib berdi. Ijodni 1995-yilda boshlagan bo‘lsak, ketma-ket aytgan qo‘shiqlarimiz omadimiz kelib xit bo‘lib ketdi. O‘zimiz bilmagan holda tanildik. Odam tanilgani sari dushmani ham ko‘payar ekan. Biz bilmaymiz, do‘st kim, dushman kim. Xullas, e’tibor bermagan ekanmiz, dushmanimiz ham ko‘payib, oxiri shu qo‘shiqlarni orqasidan ham ko‘tarildim, maza qilib o‘ynab-kulib yurdim-u, […]