«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Salomatlik

10 ming qadam uchun pul mablag‘lari qachondan to‘lab beriladi?

Sog‘lom turmush tarzi» platformasi 1 iyundan boshlab to‘liq ishga tushadi va belgilangan miqdorda pul mablag‘lari ajratiladi. Bu haqda turizm -huquqiy axborot portali ma’lum qildi. Platforma 10 maydan uzbektourism.uz saytida test-rejimida ishga tushgan, biroq test rejimida foydalanganlik uchun mablag‘ ajratilmaydi. Platforma faoliyatini tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi «Sog‘lom turmush tarzi» platformasi faoliyatini tashkil etish chora tadbirlar to‘g‘risida» gi qarorida nazarda tutilgan edi. Turizm-huquqiy axborot portalida boshqa muhim savollarga ham oydinlik kiritilgan. Mobil ilovani qanday yuklab olsa bo‘ladi? […]

Niqob taqmagani uchun to‘xtatilgan qiz qidiruvdagi gumondor bo‘lib chiqdi

18 may kuni poytaxtdagi «Qo‘yliq» dehqon bozori yaqinida sanitariya-epidemiologiya talablariga rioya qilinishi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tibbiy niqob taqmagan qiz to‘xtatilgan. Aniqlanishicha, u 2020 yilning 27 dekabr kunidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasida («Firibgarlik») ko‘rsatilgan hatti-harakatlarni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan 2002 yilda tug‘ilgan Aziza M.  bo‘lgan. Fuqaro Bektemir tumani IIO FMBga yetkazilgan. Manba: sof.uz

Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarima miqdori keskin oshiriladi

O‘zbekistonda muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarima miqdori keskin oshiriladi. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, agentlikka 2020 yil davomida yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni sotish holatlari bo‘yicha 157ta murojaat kelib tushgan, ushbu murojaatlarda muddati o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari iste’molchilar tomonidan xarid qilingani aniqlangan. Holatlarning katta qismi Toshkent shahri hissasiga (94ta) to‘g‘ri keladi. 2021 yilning 1-choragi davomida esa mazkur masala bo‘yicha 54ta murojaat iste’molchilar tomonidan yo‘llangan. “Aksariyat hollarda iste’molchilar ba’zi insofsiz sotuvchilar tomonidan, muddati o‘tgan mahsulotlarga “ikkinchi […]

JONKUYAR SHIFOKORLAR

Butun dunyoni, shu bilan birga yurtimizni ham sarosimaga solgan COVID 19 kasalligi hamon davom etmoqda. Kasallik tobora avj olmasligi uchun yurtimizda karantin chora-tadbirlari yana kuchaytirildi. Bemorlar holidan xabar olish va shifoxona sharoitlarini o’rganish maqsadida ijodiy jamoamiz bilan birgalikda Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yo’l oldik. Shifoxonada barcha xavfsizlik choralari ko’rilgan, jihozlar yetarli, bemorlar esa doimiy nazorat ostida ekanligini ko’rdik. Ayniqsa shifokorlar o’z ishiga mas’uliyat bilan yondashayotgani bizni quvontirdi. Sog’ayayotgan bemorlar bilan ham suhbat olib bordik. Ular ko’rsatilayotgan xizmatlardan mamnun ekanini, […]

Kecha yurtimizda 395 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 2 nafar bemor vafot etdi

2021 yil 11 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 95467 (+395) nafarni tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining: 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 8 nafari Andijon viloyatida, 3 nafari Buxoro viloyatida, 3 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida, 8 nafari Namangan viloyatida, 72 nafari Samarqand viloyatida, 4 nafari Sirdaryo viloyatida, 6 nafari Surxondaryo viloyatida, 3 nafari Farg‘ona viloyatida, 5 nafari Xorazm viloyatida, 60 nafari Toshkent viloyatida, 216 nafari Toshkent […]

MTS MED klinikasi bemorlar dardiga shifo topmoqda

Qarshi shahrida joylashgan MTS MED klinikasi o’z faoliyatini 1 yildan buyon davom ettirib kelmoqda,bu yerda bemorlarimiz uchun keng ko’lamdagi xizmatlar tashkil qilingan, yevropa tibbiyot uskunalaridan foydalangan holda bemorlarni dardiga shifo topmoqda. Eng quvonarlisi shundaki MTS MED klinikasi barcha xizmatlarida 50 % gacha chegirmalar mavjud,shifoxonada asosan kardiolog,exo-kg, kg, nevropatolog, ginekologiya, urolog, dermotolog, uzi diagnostikasi, dopler 3D, teropevt, fizioterapiya (xidjama) va ko’plab tibbiy muolajalar koʻrsatadi. Ma’lumot uchun telefonlar: 75 223-30-03, 98 776-30-03 Mo’ljal: Qashqadaryo viloyat hokimiyati ro’parasi Reklama huquqi asosida.

Dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishi oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DBQning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. va boshqalar dori vositalarini dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish orqali noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, xorijda ishlab chiqarilgan 750 flakon «Remdisivir for Injektor 100mg» nomli dori vositalarini 30 000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Bo‘stonliq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan xuddi shunday tezkor tadbirda fuqaro S.A. 3 turdagi 10 740 quti dori vositalarini 10 200 AQSh dollariga dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida sotgan […]