«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Salomatlik

Andijonda yuk avtomobili odamlar ustiga yurib ketdi (video)

Joriy yilning 5 iyun kuni soat 19:00 larda, Andijon viloyati, Andijon tumani, Zavroq MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida haydovchi U.Z. «Gaz-5327» rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va «Pemco» nomli avtomashinalarni ta’mirlash ustaxonasi oldi tomonida to‘xtab turgan «Matiz» hamda «Spark» rusumli avtomobillar bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada, hodisa joyida bo‘lgan fuqarolar N.Q., O.Z., X.E., A.M. va voyaga yetmagan M.I.larga turli darajadagi tan jarohati yetgan. Yuk avtomobil haydovchisi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda mastlik holati tasdiqlangan. Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi TB […]

7-iyun kuni uch bemor koronavirus oqibatida vafot etdi

2021-yil 7-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102163 (+199) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 7 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 4 nafari Jizzax viloyatida, 19 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 22 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 3 nafari Surxondaryo viloyatida, 3 nafari Farg‘ona viloyatida, 4 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida, 110 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi […]

Ko‘k choy tarkibida koronavirusga qarshi samarali modda bor — olimlar

Suonsi universiteti (Buyuk Britaniya) olimlari ko‘k choy tarkibida COVID-19 ga qarshi kurashda foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddani topdilar. Bu haqda RSC Advances jurnalida chop etilgan tadqiqotda so‘z boradi. Mutaxassislar virusning ayrim tarkibiy qismlariga ta’sir qilish orqali SARS-CoV-2 infeksiyasini yengishi mumkin bo‘lgan narsalarni aniqlash uchun turli xil fitokimyoviy moddalarning tuzilishini tahlil qildilar. 132 ta modda tanlab olingan va koronavirusning asosiy proteazasi bilan ta’sir o‘tkazish uchun sinovdan o‘tgan. Ma’lum bo‘lishicha, ulardan ikkitasi — sinnamtannin-V va gallokatexin gallat koronavirusning asosiy proteazasini eng samarali […]

Hindiston: emlangan bemorlar ham koronavirusning xavfli turini yuqtira boshladi

Hindistonda to‘liq yoki qisman emlashdan keyin bemorlar koronavirusning B.1.617 SARS-CoV-2 liniyasi bilan kasallanmoqda. Bu haqda Dehlidagi Butun Hindiston tibbiyot fanlari instituti va Genomika va integral biologiya instituti shifokorlari tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda India Today xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, bu ko‘rinishdagi infeksiyaning jami 63 ta holati aniqlangan. Ulardan 36 nafari emlanishning ikkinchi dozasida, 27 tasi birinchi dozada aniqlangan. O‘nta bemorga Covishield  va 53 nafarga Covaxin vaksinasi qo‘llangan. Xastalar 21 yoshdan 92 yoshgacha bo‘lgan bemorlar bo‘lib, ulardan 41 nafari erkaklar va 22 nafari […]

Barcha hududlarda koronavirus yuqtirganlar aniqlandi, ikki qurbon bor

2021-yil 3-iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101198 (+201) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Buxoro viloyatida, 5 nafari Jizzax viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 17 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Sirdaryo viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Farg‘ona viloyatida, 12 nafari Xorazm viloyatida, 32 nafari Toshkent viloyatida, 87 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi […]

Erta tug‘ruq holatlari asosan Samarqand va Qashqadaryoga to‘g‘ri kelmoqda

Erta tug‘ruqlarning 43,1 foizi Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari Hamid Abduramanov ma’lum qildi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari ko‘ra, 2020 yilda 88 ta erta nikoh holati qayd etilgan. Tahlillar o‘tgan yilga nisbatan erta nikohlar sonining 97,0 foizga kamayganini ko‘rsatdi. Buning asosiy sabablaridan biri 2019-yil 1 sentyabrdan erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi tenglashtirilgani, Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd qilish bo‘limlari tomonidan faqat tuman, shahar xokimi tomonidan nikoh yoshini 1 yilga […]

Tarbiyachilar e’tiborsizligi sabab 2 yoshli bolaning barmog‘i kesilib ketdi

Maktabgacha ta’lim vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatining Urganch shahridagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining tarbiyalanuvchilardan biri muassasa xodimlarining e’tiborsizligi tufayli barmog‘ini kesib olgani to‘g‘risidagi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda urganchlik Mohira Atajanova farzandi 2019-yilda tug‘ilgan Shohjahon Doschanov Urganch shahridagi «Osiyo bonu» nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgani hamda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining e’tiborsizligi tufayli barmog‘i qattiq jarohatlanib, kesilib ketganini ma’lum qilgan. Ma’lum qilinishicha, holat bo‘yicha zudlik bilan Xorazm viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi rahbariyati bilan bog‘lanilib, vaziyatga oydinlik kiritilgan. […]

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 100 000 ga yaqinlashmoqda

2021 yil 27 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99580 (+236) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: – 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, – 5 nafari Andijon viloyatida, – 2 nafari Buxoro viloyatida, – 4 nafari Jizzax viloyatida, – 2 nafari Navoiy viloyatida, – 5 nafari Namangan viloyatida, – 25 nafari Samarqand viloyatida, – 2 nafari Sirdaryo viloyatida, – 2 nafari Surxondaryo viloyatida, – 2 nafari Farg‘ona viloyatida, – 6 nafari Xorazm viloyatida, – 48 nafari Toshkent viloyatida, – 127 […]

Tibbiyot sohasini raqamlashtirish aholiga qulaylik yaratadi

Qarorga sharh Aholi sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash, tashxislash ishlarini kuchaytirish, umuman, tibbiyot tizimida aniq samaradorlikka erishish tibbiyot sohasida o‘tkazilayotgan islohotlardan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad sanaladi. So‘nggi bir yil mobaynida tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan 20 dan ortiq Prezident farmoni va qarorlari qabul qilindi. Joriy yilda sohaga byudjetdan 21 trillion so‘m, ya’ni 2017 yilga nisbatan 3 baravar ko‘p mablag‘ ajratildi. Biroq, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, tumanlar, chekka qishloqlarda yashovchi aholi tibbiy xizmatdagi jiddiy va tub o‘zgarishlarni o‘z hayotida […]

Tez tibbiy yordamda «Damas»dan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda

Tez tibbiy yordamda «Damas» rusumli avtomobillardan butunlay voz kechish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Respublika shoshilinch tez tibbiy yordami ilmiy markazi bosh direktori Davron To‘laganov ma’lum qilgan. «2016-yilda atigi 800 ta «Tez yordam» shoxobchasi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning soni 1666 taga yetkazilgan. Tez tibbiy yordam brigadalari 2016-yilda jami 1648 tani tashkil qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda 2685 taga yetgan. 2016-yilda Toshkent shahri tez yordam tarmog‘ida bor-yo‘g‘i 4 ta reanimobil bor edi. Birgina o‘tgan 2020-yilning 4 oyi davomida Toshkent shahar tez tibbiy […]