«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Ob-havo

16 сентябрь куни қандай об-ҳаво кутилмоқда?

Гидрометеорология хизмати маркази эртага, 16 сентябрь куни қандай об-ҳаво кутилаётганини маълум қилди. Тошкент шаҳри. Ҳаво бироз булутли бўлади, вақти-вақти билан ўзгариб туради, ёғингарчилик кутилмайди. Шарқий шамол йўналишини ўзгартириб, ғарбдан 7-12 м/с тезликда эсади. Ҳарорат кечаси 15-17 даража илиқ, кундузи 28-30 даража иссиқ бўлади. Қорақалпоғистон, Хоразм вилояти. Ҳаво бироз булутли бўлади, баъзи жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик кутилмайди. Шарқий шамол йўналишини ўзгартириб, ғарбдан 7-12 м/с тезликда эсади, баъзи жойларда 15-20 м/с гача кучайиши мумкин. Ҳарорат кечаси 12-17 даража илиқ, кундузи 20-25 даража […]

O‘zbekistonda hafta o‘rtalaridan havo salqinlashishni boshlaydi

“O‘zgidromet” haftalik ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 14—15-sentabr kunlari O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz quruq va issiq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida bo‘ladi. Foto: “Daryo” 16-sentabrda respublikaning shimoliy tumanlariga Volgabo‘yidan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Kun davomida bu oqim mamlakatimizning shimoli va cho‘l zonasidan o‘tadi va bulutlilikning ortishi va kunduzgi haroratning 20-25 darajagacha pasayishiga olib keladi. 17—18-sentabrda salqin va kam nam havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Hamma joyda bulutlilik ortadi, qisqa muddatli yomg‘irlar faqat respublikaning tog‘oldi va tog‘li […]

12 сентябрь куни Ўзбекистонда кутилаётган об-ҳаво маълумоти

Гидрометеорология хизмати маркази эртага, 12 сентябрь куни қандай об-ҳаво кутилаётганини маълум қилди. Тошкент шаҳри. Ҳаво бироз булутли бўлади, вақти-вақти билан ўзгариб туради, ёғингарчилик кутилмайди. Шамол шарқдан 3-8 м/с тезликда эсади. Ҳарорат кечаси 14-16 даража илиқ, кундузи 28-30 даража иссиқ бўлади. Қорақалпоғистон Республикаси, Хоразм вилояти. Ҳаво бироз булутли бўлади, баъзи жойларда ўзгариб туради, ёғингарчилик кутилмайди. Шамол шарқдан 7-12 м/с тезликда эсади. Ҳарорат кечаси 12-17 даража илиқ, кундузи 25-30 даража иссиқ бўлади. Бухоро ва Навоий вилоятлари. Ҳаво бироз булутли бўлади, баъзи жойларда […]

Haftalik ob-havo: haroratning pasayishi va qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha xorijiy janubdan issiq havo oqimi harakatlanishi natijasida ob-havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, harorat iqlimiy me’yorlardan 3-5 darajaga yuqori bo‘lib, 34-39 darajani tashkil qiladi. Foto : KUN.UZ 25 avgustda respublikada ob-havo sharoitlarining o‘zgarishi kutilmoqda, ertalab respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlariga, kechga borib markaziy tumanlariga Volgabo‘yi hududidan salqin va nam havo oqimi kiradi.  «O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kun davomida, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida esa kechga borib qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat […]

O’zbekistonga Erondan issiq havo kirib kelmoqda

Bugun, 25 may kuni O’zbekiston hududida Eron tomondan issiq havo kirishiga sabab bo’lgan yuqori barik o’rkach (balandlikdagi yuqori bosimli qatlam) ta’siri saqlanib turadi. Butun respublika bo’yicha ob-havo ochiq bo’ladi. Kunduzgi harorat 36-39 darajani tashkil qiladi, shimoliy hududlar va cho’l zonasida ayrim joylarda 40-41 darajagachayetadi. Balandlikdagi yuqori bosimli qatlam haftaning oxirigacha O’zbekistondagi ob-havo sharoitlariga ta’sir qiladi. Ob-havo asosan kam bulutli bo’ladi. Respublikaning shimoli va cho’l zonalarida 27-28 may kunlari shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39 daraja atrofida bo’ladi. […]

O’zbekistonda 14-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Uzgidrometrologiya 14-may kuni Oʻzbekiston boʻylab qanday ob-havo boʻlishini maʼlum qildi. TOSHKENT SHAHRI Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, kuchli boʻlishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 18-20° boʻladi. QORAQALPOGʻISTON, XORAZM VILOYATI Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° boʻladi. BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s […]

Bu yil bahorda qanday ob-havo kutilmoqda?

Fevralning so‘nggi kunlari o‘tib bormoqda. «O‘zgidromet» kalendar bo‘yicha kirib keladigan bahor faslida kutiladigan ob-havo xususida ma’lumot berdi. Bu yilgi qish mavsumi oxirgi yillardagi qishlar kabi iliq bo‘ldi. Yog‘inlar asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘di, faqat vaqti-vaqti bilan qorga aylandi. Barqaror qor qoplami faqat respublikamizning tog‘li hududlarida kuzatildi. Bu yilgi qish mavsumining eng sovuq davrlarida harorat 2-7 daraja sovuqqacha tushdi, lekin bunday sovuqlar qisqa muddatli bo‘ldi. Eng iliq kunlarda esa harorat 15-20 darajagacha ko‘tarildi, ayrim joylarda (mamlakatning janubi va cho‘l zonalarida) esa haroratning […]

IIV haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi: Qamchiq dovonida bo‘ron bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qilishicha, 24 yanvar kunidan 26 yanvar kuniga qadar «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB shu kunlarda dovondan o‘tuvchilarga murojaat qildi. ««Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida ob-havo sharoiti keskin o‘zgarishi kutilmoqda, bo‘ron bo‘lishi, qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, qalin tuman tushib, ko‘rish darajasi 50 metrgacha yomonlashishi, shamol tezligi 15-20 m/s.gacha kuchayishi, yo‘llarda qor uyumlari yuzaga kelishi sababli avtomobil yo‘llarida […]

Покистонда қор-ёмғир 40 кишининг ўлимига сабаб бўлди

Покистоннинг бир қанча провинциялари ҳамда Кашмирнинг унга тегишли бўлган ҳудудларида кўп қор ва ёмғир ёғиши натижасида 40 дан ортиқ киши ҳаётдан кўз юмди, деб хабар берди «Geo TV» телеканали. Аввалроқ 14 киши ҳалок бўлгани маълум қилинганди. Телеканалнинг хабар беришича, ўтган бир кеча-кундузда Белужистон провинциясида 22 киши, Панжобда 3 киши ва Синдда яна 1 киши бу дунёни тарк этди. Шунингдек, маълумотларга кўра, 15 киши Покистон назоратида бўлган «Озод Кашмир» ҳудудида қор ва жала қурбонига айланган. Таъкидланишича, қор ва ёмғирдан жиддий талафот кўрган Белужистон […]