Murojaat asosida ijodiy jamoamiz bilan Qamashi tumaniga tashrif buyurdik. Rabot MFY hududida joylashgan lalmikor yerda ekin ekib, fermerlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan murojaatchimiz Choriyor Haydarov o‘z yeri yonidagi hududda joylashgan 209 gektar yer masalasini ko‘tarib chiqqan edi. Uning aytishicha, chorvachilik tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish uchun tashkil qilingan “Saman samo otlari” MCHJ tarkibidagi ushbu 209 gektar yerdan bemaqsad foydalanilmoqda. Uning tarkibida yetarlicha qoramol yo‘q. Murojaatga oydinlik kiritish maqsadida Qamashi tuman chorva-nasl markazi direktori Ixtiyor Ochilovni suhbatga chaqirib, “Saman samo otlari” MCHJ tarkibidagi […]