«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Mahalliy

Vaziyat jiddiylashsa, ko‘riladigan choralar yanada qattiq bo‘ladi – Nurmat Otabekov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov karantin tadbirlari birmuncha yumshatilganidan to‘g‘ri xulosa chiqarishga chaqirdi. – Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 3006 nafarga yetdi. Kuni kecha 35 nafar, bugungi kunga qadar 2407 nafar, ya’ni 80 foiz bemor to‘liq sog‘aydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 586 bemor davolanmoqda, ulardan 5 nafarining ahvoli og‘ir. 44 mingdan ko‘proq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. Ularning 18 mingdan ortig‘i statsionar sharoitda […]

Kecha 20 ta holatda koronavirus aholi orasidan aniqlandi

2020 yil 21 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2967 (+3) nafarni tashkil qilmoqda.  Kecha yangi qayd etilgan 28 holatdan 7 nafari halqaro yuk tashishga ixtisoslashgan avtomashina haydovchilari bo‘lsa, 1 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan fuqarolar orasidan tasdiqlandi. Eng achinarlisi, Toshkent shahri, Navoiy va Samarqand viloyatlarida 20 holatda kasallik aholi orasidan aniqlanib, koronavirus infeksiyasiga chalingan 3 nafar fuqaro boshqa fuqarolar bilan yaqin muloqotda bo‘lib, kasallikni jami 17 nafar oila a’zolari, yaqinlari va hamkasblariga yuqtirgan. Hozirda ushbu […]

Қарши шаҳар Боғишамол МФЙ: ҲАР БИР ОИЛА ТАДБИРКОР

Халқимиз азалдан боғ яратишнинг ҳадисини олган. Бугунги кунда аҳолимиз ўз томорқасидан самарали фойдаланиб, бир йилда 3 мартагача ҳосил олмоқда. Қарши шаҳридаги Боғишамол маҳалла фуқаролар йиғини аҳолисининг ўз томорқаларидан унумли фойдаланишларини рағбатлантириш мақсадида “Саҳоват ва кўмак” жамғармаси кўмагида хонадонларга помидор, булғор қалампури, бақлажон ва мевали дарахт кўчатлари беғараз тарқатилди. Карантин пандемияси даврида аҳолини қўллаб-қувватлаш мақсадида мазкур “Саховат ва кўмак” жағармаси ҳамда 18 нафар фаол тадбиркорлар томонидан яна савобли ишга қўл урилди. Эҳтиёжманд, ижтимоий ҳимояга муҳтож ва ногиронлиги бор оилаларга 7 хил […]

DXX 24 martni Chegarachilar kuni etib belgilash taklifi bilan chiqdi

O‘zbekistonda 24 mart Chegarachilar kuni etib belgilanishi mumkin  Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Chegarachilar kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi. Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasiga ko‘ra, 24 mart Chegarachilar kuni etib belgilanishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi — O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo bo‘shlig‘ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal sathdan iborat. Davlat chegarasini belgilash va o‘zgartirish paytida O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlikni ta’minlash zaruratidan kelib chiqadi hamda quyidagi prinsiplarga amal qiladi: […]

Samarqanddagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filiali karantinga yopildi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialida davolanayotgan bemorlar va tibbiyot xodimlaridan COVID-19 infeksiyasi aniqlanganligi sababli markazning faoliyati 19-may kunidan boshlab vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Samarqand viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi xabar bermoqda. Maʼlum qilinishicha, ushbu holat sodir boʻlishi bilan filialda dezinfeksiya va yuvish ishlarini amalga oshirish uchun hozirgi kunga qadar mazkur markazda davolanayotgan 67 nafar bemorlar Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiy markazi Samarqand filialiga oʻtkazilgan. Shuningdek, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali faoliyati qayta […]

Ayrim hududlarda sayilgoh va muzeylar faoliyatiga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, aholiga qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 22 mayidan boshlab, “Sariq“ va “Yashil“ toifaga kiritilgan hududlarda: — ochiq sayilgoh, — muzey, — san’at galereyalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga Respublika maxsus komissiyasining qarorlariga muvofiq RUXSAT BERILADI. O‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno. Bunda, koronavirus infeksiyasi ikkinchi to‘lqinini oldini olish maqsadida ushbu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilarni tana haroratlarini o‘lchangan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida bo‘lishlari (niqob), shuningdek, tashrif buyuruvchilar 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlashlari talab etiladi. […]

“Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak” – Shavkat Mirziyoyev Oltinkoʻl tumanida

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni Andijon viloyatiga keldi. Davlat rahbari dastlab Oltinkoʻl tumanidagi “Koʻhna vodiy bahori” fermer xoʻjaligida boʻlib, gʻalla va gʻoʻza rivojini koʻzdan kechirdi. “Iqlim sharoiti yurtimizga oʻxshash xorijiy davlatlarda paxtadan 70 sentnergacha hosil olishadi. Qanday qilib? Ilm bilan, aql bilan. Andijonda yer kamligini hisobga olib, undan ikki karra samarali foydalanish zarur. Ishsiz, daromadi yetarli boʻlmagan minglab odamlar bor. Ishimizga oʻshalarning koʻzi bilan baho berishimiz kerak”, dedi prezident. Davlat rahbari gʻoʻza qator oralariga soya ekish boʻyicha Andijon […]

ҚАРШИ ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ ВИДЕО МУРОЖААТГА МУНОСАБАТ БИЛДИРДИ

Қарши давлат университетининг 2019 йил 11 декабрь кунидаги 618 Т-сонли буйруғи билан талабалар сафидан четлаштирилган фуқаро Ғайбуллаев Маҳмуд Рустам ўғли томонидан жорий йилнинг 20 май куни айрим ижтимоий тармоқларда университет профессор-ўқитувчиларининг амалиёт ва давлат имтиҳонлари учун пул олганлиги тўғрисида йўллаган видеомурожаати ҳамда хорижда фаолият олиб борадиган Исмат Хушевнинг “Дунё ўзбеклари” номли интернет газетасида (жорий йилнинг 5 май куни) эълон қилинган шу хусусдаги материал  юзасидан айни кунларда университетнинг ички коррупцияга қарши курашиш комиссияси ҳамда ҳуқуқни муҳофаза қилувчи давлат идоралари томонидан ўрнатилган […]

Коррупцияга қарши курашиш барчамизнинг бурчимиз

Коррупция давлат хизматчиларининг порахўрлиги, мансабини суистеъмол қилиши, ҳокимиятнинг обрўсизланишига, мамлакатнинг сиёсий, иқтисодий, ҳуқуқий тизимига путур етишига сабаб бўлади. Бундай жиноятлар давлатнинг миллий хавфсизлигига жиддий таҳдид солади. Мамлакатимизда давлатнинг конституциявий асосларини емирувчи, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликлари бузилишига олиб келувчи бу мудҳиш жиноятга қарши курашиш, коррупцияни келтириб чиқарувчи сабаб ва шарт-шароитларни олдини олиш борасида тизимли равишда ташкилий-ҳуқуқий ислоҳотлар амалга оширилмоқда. Давлат ва жамият ҳаётининг барча соҳаларида коррупция омилларини келтириб чиқараётган тизимли муаммоларни бартараф этишга қаратилган 30 тага яқин қонун, 100 тага яқин […]

Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar 2950 nafarga yetdi

Bugun, 21-may soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2950 (+11) nafarni tashkil qildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Maʼlum qilinishicha, aniqlangan yangi kasallanish holatlarining 6 nafari oldindan karantinda boʻlgan fuqarolar, 5 nafari xorijdan kelgan shaxslar (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) orasidan qayd etilgan. Ayni paytda 2372 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sogʻaydi. Hozirda 565 nafar bemor davolanmoqda. Ulardan 5 nafarining ahvoli ogʻir. 15-martdan beri 13 kishi vafot etgan. effect.uz