«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Mahalliy

O‘zbekistonda tibbiy niqoblar narxini asossiz oshirgan dorixonalar yopiladi

Prezidentning 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, chetdan olib kelinadigan, shuningdek, O‘zbekisonda ishlab chiqarilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish — ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshirilishi belgilangan. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining xabar berishicha, […]

Qashqadaryoda koronavirus maslasida e’tiborsizlikka yo’l qo’ygan bosh vrach va xodimga chora ko’rildi

Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Tallimarjon hududidagi SKP bir marotabalik ishlatiladigan niqob va bir marotabalik himoya kiyimi bilan to’liq ta’minlanmaganligi va xodimlar ishlarini nazorat qilmaganligi hamda koronavirus kasalligiga qarshi epidemiologik chora-tadbirlarni yetarli darajada tashkillashtirmaganligi sababli Nishon tuman SEO markazi bosh vrachi Alisher Normo’minov intizomiy chora, vazifasini yaxshi o’zlashtirmagan SKP xodimining mehnat shartnomasi bekor qilindi, deb xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati Sanitariya va epidemilogik osoyishtalik markazining xabariga tayanib viloyat hokimligi axborot xizmati. Ma’lumotda keltirilishicha, 4-fevral kuni viloyat Sanitariya va epidemilogik osoyishtalik markazi markazi […]

«Mash`al» futbol akademiyasi yana o’z faoliyatini boshlaydi

YUrtimizdagi eng yaxshi futbol akademiyasi hisoblanadigan Muborakdagi «Mash`al» futbol akademiyasi ertaga yana o’z faoliyatini boshlaydi. Xabaringiz bor «Gazchi»lar Super-ligadan tushirib yuborilgach so’ngi ikki mavsumni A Pro-ligada o’tkazishdi. Bu mavsum chempionlikka «Mash’al»chilar endi superligada ishtirok etishadi. Klub rahbariyati jamoaning futbol akademiyasi faoliyatini yana yo’lga qo’ydi. Bu esa quvonarli holat albatta. Shu sabab ertaga akademiya rasman ochiladi va faoliyat yuritadi. Aytib o’tish joizki, Muborakdagi akademiya 2019 yilning sentyabrida vaqtincha yopilgan edi. manba: nasafnews

Majburiy mehnatga butkul barham beriladi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Ishga marhamat” monomarkazida 2019-yilda paxtachilik sohasida munosib mehnatning ijrosi va kelgusida bu boradagi vazifalarga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Unda Oliy Majlis Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi, Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi masʼullari, Toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati uyushmasi xodimlari, xalqaro ekspertlar hamda tuman, shaharlar hokimlari ishtirok etdi. Mamlakatimizda mehnatkashlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ularga munosib ish sharoitlari yaratish, xususan, majburiy mehnatning har qanday shakllariga barham berish, […]

Қарши шаҳри: ВИРУСГА ҚАРШИ ЧОРА-ТАДБИРЛАР КЎРИЛМОҚДА

Барча оммавий-ахборот воситаларида коронавирус ҳақида хабар тарқалмоқда. Хуш, бу касалликнинг олдини олиш бўйича мамлакатимизда нима ишлар амалга оширилмоқда? Шу савол билан Қарши шаҳар санитария эпидемиология осойишталик маркази бош врачи Сардор Ражабовга мурожаат қилдик ва қуйидаги маълумотга эга бўлдик: — Шу кеча кундузда оммани хавотирга солаётган юқумли вируслардан бири бу коронавирусдир. Муассасамизнинг асосий вазифаларидан бири юқумли вируснинг кириб келишини олдини олиш ва керакли чора-тадбирларни кўришдан иборат. Айни пайтда ташкилотимиз томонидан комплекс чора-тадбирлар тузилган ва амалга оширилмоқда. Биринчи навбатда Қарши халқаро аэропортда […]

Мутахассис ҳавотирлари: Қашқадарё туристлар учун қўрқинчли ҳудудга айланмоқда

Қашқадарё туристлар учун қўрқинчли ҳудудга айланмоқдаЁки ЙПХ “қамали”дан омон қолаётганлар борми? -Машинада Қарши шаҳри бўйлаб кетаётган эдик, тўсатдан бир гуруҳ ЙПХ ходимлари ҳуштак чалиб, олдимизга югуриб чиқиб, ҳайдовчини тўхташга мажбур қилишди, -дейди Қўқондан ташриф буюрган сайёҳ О. Раҳбарова.–Ҳаммамиз қўрқиб кетдик. XXI асрда рўй бераётган бундай ҳолат жуда ғалати ва қизиқ туюлди бизга. Дарҳақиқат, вилоятимиз бўйлаб ҳаракатланаётган ҳайдовчилар тез-тез гуруҳ бўлиб рейдга чиққан йўл патрул хизмати ходимларига дуч келишади. Ростдан ҳам улар баъзан машиналар олдига югуриб чиқиб, “капот”нинг устига қўлларини қўйиб, […]

Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш бошқармаси

Қашқадарё вилояти Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш бошқармаси томонидан 2019 йил давомида атроф-муҳитни муҳофаза қилиш, табиий ресурслардан оқилона фойдаланиш ва уларни қайта тиклаш борасида амалга оширилган ишлар тўғрисида М А Ъ Л У М О Т Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2019 йил 15 январь “Ўзбекистон Республикаси Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси тўғрисидаги низомни тасдиқлаш ҳақида”ги 29-сонли қарори билан Ўзбекистон Республикаси экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш давлат қўмитаси тўғрисидаги низом тасдиқланиб, ушбу Низом асосида Ўзбекистон Республикаси Экология ва атроф-муҳитни […]

Namanganda 1 million dollarlik banknotani 10 ming dollarga sotayotgan fuqaro ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.Unda fuqaro S.L. boshqa fuqaroning ishonchiga kirib, uni aldab, xorijiy banklardan kredit olib berish va o‘zining 1 mln. AQSH dollari ko‘rinishidagi kupyurasini sotish evaziga, undan firibgarlik yo‘li bilan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan. «Bank ma’lumotiga ko‘ra, 1 000 000 AQSH dollarlik banknota suvenir sifatida chiqarilganligi, qonuniy to‘lov vositasi hamda valyuta qimmatligi hisoblanmasligi ma’lum bo‘lgan», deyiladi Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabarida.Mazkur holat yuzasidan S.L.ga nisbatan Jinoyat […]

Navoiyda epidemik vaziyat nazorati kuchaytirilmoqda

Navoiy transport prokuraturasi tomonidan yangi virusning kirib kelishini oldini olish yuzasidan mazkur sohada mutasaddi idoralar faoliyati nazorat ostiga olindi. Hozirda viloyat IIB, Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi, chegara qo‘shinlari, bojxona boshqarmasi, temir yo‘l va havo yo‘llari transporti ob’ekti va tibbiyot hamda DSEOM xodimlari bilan hamkorlikda viloyat hududiga kirib kelayotgan fuqarolar maxsus tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, migratsiya nazorati kuchaytirilmoqda. Shuningdek, soha xodimlari tomonidan boshqa hududdan kelayotgan fuqarolarga virusning simptomlari hamda zarurat bo‘lmaganda, virus tarqalgan xorijiy davlatlarga ham vaqtinchalik bormasliklari haqida keng ko‘lamli tushuntirish […]

Andijonliklar qachon to‘liq gaz bilan ta’minlanishi ma’lum qilindi

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida uglevodorod xom ashyosini qazib olishni yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan bir guruh OAV vakillari uchun “Andijonneft” AJga qarashli konlarga press-tur uyushtirildi. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovning xabar berishicha, ayni paytda Andijon va Farg‘ona viloyatida 14 ta gaz qudug‘i ishlamoqda. Tahlillarga ko‘ra, andijonliklarning zangori olovga bo‘lgan ehtiyoji qish mavsumida kuniga 5 million metr kub atrofida, yozda esa bu ko‘rsatkich 600—700 ming metr kubni tashkil etadi. Chunki yoz oylarida gazga nisbatan talab […]