«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Mahalliy

Asakada qariyb 122 mln so‘mlik dizel yoqilg‘isini talon-toroj qilish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Asaka tuman bo‘limi tomonidan Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi. Tekshiruv jarayonida o‘rmon xo‘jaligining Asaka tuman bo‘limi omborchisi K.M. o‘ziga ishonib topshirilgan umumiy narxi 121,7 million so‘mlik 19,8 ming litr dizel yoqilg‘isini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan K.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. daryo.uz

Bloger bosimlar tufayli O‘zbekistonni tark etdi

“Hurmatli vatandoshlar, men o‘z yurtimni tark etib ketishga majbur bo‘ldim. Buni jur’atsizlik yoki qochib ketish deb baholamasliklaringizni, aksincha, tark etib ketish deb bilishlaringizni xohlardim”, — deb yozdi u Facebook- sahifasida. Nafosat Olloshukurovaning ta’kidlashicha, o‘tgan yil davomida u bir necha bor tazyiqlarga uchragan hamda shoir va jurnalist Mahmud Rajapovning Xorazmdan Toshkentga piyoda yurish kampaniyasini yoritgandan so‘ng ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani uning o‘zgarishlarga bo‘lgan ishonchi yo‘qolgan.

Rasul Kusherbayev prezidentning nutqi haqida: «Bizning keyingi besh yilligimizga yetadigan energiya bo‘ldi»

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.  Majlisda deputat Rasul Kusherbayev so‘zga chiqib, davlat rahbarining nutqi haqida gapirdi. «Menimcha, bizning keyingi besh yilligimizga yetadigan energiya bo‘ldi, desak ham bo‘ladi. Shaxsan o‘zim ham hozir shu narsani his qilib turibman. Buning uchun juda ham katta rahmat. Deputatlarga, xalq vakillariga bo‘lgan ishonchingiz uchun, alohida e’tiboringiz uchun, xalq vakillarining xalqimiz orasida, umuman, jamiyatda yetakchi obro‘ga ega bo‘lishi kerakligi yo‘lida qilayotgan […]

«Ko‘pi qaytib kelib, ishlashga rozi emas» — Prezident xorijdagi o‘zbekistonlik mutaxassislar haqida

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda. «Men nima uchun vazirliklar, ko‘p-ko‘p joylarga yoshlarni qo‘yyapman. Ko‘p odamlarga yoqmaydi, menga yoqadi. Biz hammamiz kechagi zamonmiz, biz vaqtincha odamlarmiz, bizning zamonimiz boshqa. Hozir yosh vazirlarni qaranglar, to‘rtta tilni biladi, raqobatbardosh, gaplashishi ham dadil. Biz qo‘rquv zamonida yashaganmiz, ana shu asorati bizda qolgan. U og‘ir asorat, u asoratdan chiqish uchun yangi odam paydo bo‘lishi kerak, yangi jamiyat paydo bo‘lishi […]

Shavkat Mirziyoyev deputatlarga: «Bir oyda bitta muammo hal qiling, sizni tarixingiz paydo bo‘ladi»

Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.  Majlisda davlat rahbari nutq so‘zlamoqda. «Ta’kidlash kerakki, bu saylovlarda odamlarning siyosiy bilimi, odamlarning partiyalarga ishonchi paydo bo‘ldi. Men debatlarni, tortishuvlarni ko‘rib bordim. Aholining talabchanligi ham oshdi. Odamlarimiz eng kerakli narsalarni so‘rayapti, hal qilib bering, deyapti. Eng muhimi, partiyalar o‘rtasida raqobat soxta obro‘ orttirishga emas, aholi muammolarini hal qilishga yo‘naltirishi kerak. O‘nta emas, bitta qonun qabul qiling, lekin u odamlarning […]

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ilk bor spikerning birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. Bu lavozimni Akmal Saidov egallashi kutilmoqda

Toshkentda 20-yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yangi tarkibining birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalom ochib berdi. Tadbirda dastlab Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan deputatlar birma-bir tanishtirildi, shundan so‘ng uning kun tartibi tasdiqlandi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov. Majlis kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovlari yakunlari to‘g‘risida Markaziy saylov komissiyasi axboroti to‘g‘risida; Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri, uning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha siyosiy partiyalar vakillari kengashini […]

Mudofaa vazirligi harbiy uchuvchilari murakkab parvozlarni amalga oshirdi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda harbiy uchuvchilarning murakkab uchish amaliyoti bo‘lib o‘tdi. Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda harbiy uchuvchilarning murakkab uchish amaliyoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti «Gazeta.uz»ga xabar berdi. Mi-8, Mi-24 kabi vertolyotlar hamda Mig-29, Su-25 kabi qiruvchi samolyotlarning havodagi manyovrlari — jangovar imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida tashkil etilgan o‘quv mashg‘uloti O‘zbekiston oliy aviatsiya bilim yurti […]

O‘zbekiston-Koreya loyihasi doirasida O‘zbekistonga 850ga yaqin kompyuter sinflari yetkazib berildi

«Xalq ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish» investitsiya loyihasi doirasida Koreyaning Iqtisodiy rivojlanish va Koreya Eksport-import bankining hamkorlik jamg‘armasi ishtirokida O‘zbekiston maktablariga 850 ga yaqin kompyuter sinflari yetkazib berildi. Xalq ta’limi vazirligi xabariga ko‘ra, loyiha prezidentning «Xalq ta’limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi «Koreyaning Iqtisodiy rivojlanish va Koreya Eksport-import banki hamkorligi» fondi ishtirokida amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 51,35 million dollarni tashkil etadi. Xususan, mamlakatning 2766 o‘rta maktablari uchun 2859 kompyuter sinflarini sotib olish maqsadida O‘zbekiston hukumati 18,35 […]

Orolning qurigan hududida o‘rmon yaratilishi yo‘lida: Mo‘ynoqda saksovul ekilmoqda

Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan bir guruh yoshlar Mo‘ynoq tumanidagi Orol dengizining qurigan hududida saksovul ekish aksiyasida qatnashdi. Ilgari Qoraqalpog‘istonga bormagandim. O‘zbekiston fuqarosi sifatida aslida bundan uyalishim kerak. Lekin yo‘l tushmasa, ish bo‘lmasa shunchaki borish qiyin — masofa uzoq axir. Shuning uchun Yoshlar Ittifoqi tomonidan Mo‘ynoqqa birga borish taklifini ortiqcha o‘ylanmay qabul qildim. O‘zbekistonning ko‘p joylarida bo‘lganman. Shuning uchun mendan qayerda mehmondo‘stlik yuqori deb ko‘p so‘rashadi. Bu savolga javob berish qiyinroq. Sababi hamma joyning urf-odatlari o‘ziga xos. Qoraqalpog‘istonda ham mehmonni nihoyat darajada ardoqlashar […]

Taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga kirib qolgan 11 nafar fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi

Joriy yilning 15 yanvar kuni Bosh prokuraturada bosh prokuror raisligida Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, yig‘ilishda prezidentning 19.09.2018 yildagi “Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5542-sonli farmoni ijrosi yuzasidan taqiqlangan tashkilotlar tarkibiga adashib kirib qolgan 12 nafar fuqarolarning jinoiy javobgarlikdan ozod etish […]