«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Madaniyat

Ikki buyuk shoir ikki buyuk qalb

 Joriy yilning 13-fevral kuni Qarshi «Muruvvat» nogironligi bo’lgan bolalar uchun internat uyida she’riyat mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy  tavalludining 579 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 537 yilligi munosabati bilan «Buyuk ajdodlarimiz merosini o’rganish» maqsadida «Ikki buyuk shoir, Ikki buyuk qalb»  deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda bolajonlar hamda tarbiyachilar ikki buyuk shoirning g’azal va ruboyilaridan misralar o’qishdi, sahnaviy ko’rinishlar namoyish etib raqsga tushishdi. So’ng ikki buyuk shoirning hayot yo’llari videorolik orqali ko’rsatilib o’tildi. Tadbir kuy-qo’shiq sadolari […]

Bobur Mirzoning qalbini rom etgan Xurosonning ul goʻzali kim erdi

Buyuk shoh va sarkarda, benazir shoir, oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili Zahiriddin Muhammad Bobur jahon madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan. Temuriyzoda hukmdor 47 yillik umri davomida koʻplab ulugʻ ishlarni amalga oshirib, oʻzidan beqiyos moddiy va maʼnaviy meros qoldirdi. Shoirning dilbar gʻazallari, purmaʼno ruboiylari, betakror “Boburnoma”si, musiqa, tarix, geografiya ilmiga oid durdona asarlari uning naqadar serqirra isteʼdod egasi ekanidan darak beradi.Badiiy nasrning betakror namunasi boʻlgan “Boburnoma” tarixiy-memuar asari dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlari muzeyidan joy olgan. Bu shoh asar 30 dan […]

Ozodbek Nazarbekov: «Yoshlar tezroq pasport olsamu, Rossiyaga ketsam, deydi»

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bugun OAV xodimlari bilan uchrashuv tashkil etdi. Uchrashuvda vazir madaniyat sohasidagi muammolarga to‘xtalib, ularning yechimini topishda jurnalistlardan ko‘mak so‘radi. «Men bugun jurnalistlarni kelishib olish uchun chaqirdim. Masala nimada? Madaniyat sohasida muammolar ko‘p va ularni yoritishda OAV yordami kerak.Siz — jurnalistlar muammolarni ko‘tarib chiqmoqdasiz va katta natija ko‘rsatmoqdasiz. Jurnalistlar — o‘z ixtiyori bilan bayroq ko‘tarib chiqqan odamlar. Sizning yordamingiz har bir sohada zarur. Jamiyatning madaniy salohiyati isloh bo‘lmas ekan, boshqa sohada ham yangiliklar bo‘lmaydi.Men sohadagi barcha muammoni […]

“Lazgi” raqsi UNESCO reprezentativ ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikat Xorazm viloyati hokimligiga topshiriladi

UNESCO bosh direktori Odri Azule xonim tomonidan imzolangan Xorazm “Lazgi” raqsini Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi sertifikat Xorazm viloyati hokimligiga saqlash uchun topshiriladi. Avval xabar berilganidek, UNESCO Xorazmning “Lazgi” raqsini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga O‘zbekiston madaniy merosining elementi sifatida kiritgan edi. Mazkur qaror 12 dekabr kuni Bogota (Kolumbiya)da UNESCO nomoddiy madaniy merosini muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 14-sessiyasida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda UNESCO […]

Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri bo‘lganidan keyin ham to‘ylarda kuylashni davom ettiradimi?

22-yanvar kuni Qonunchilik palatasining barcha qo‘mitalarida yangi hukumat a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqilgan va muhokama qilingandi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Ozodbek Nazarbekov nomzodi madaniyat vaziriligiga ko‘rsatildi. O‘zbekiston xalq artisti “Sevimli” telekanaliga bergan intervyusida vazir bo‘lganidan so‘ng xonandalik faoliyatini davom ettirishi yoki to‘xtatishi haqidagi savolga javob berdi: “Ehtimol mana shu vazirlikda biroz tartib o‘rnatilganidan keyin buniyam shu parlamentga murojaat qilib, agar ijodkor odamlar davlat ishiga keladigan bo‘lsa, ular uchun ijodiy kun ajratilishini talab qilarmiz. Haftada besh kun ish ikki kun ijodiy kun deb imkoniyat […]

Qashqadaryolik ijodkorlar bilan diydorlashuv

Kecha ya’ni 22 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev rahbarligida viloyat hokimligi mutasaddilari sa’y- harakati bilan Toshkent shahridagi “Tojmahal“ restoranida ilm-fan, adabiyot, ijod, jurnalistika, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan bir guruh Qashqadaryolik ijodkorlar bilan dasturxon atrofida diydorlashuv tashkil etildi.Tadbirni Qashqadaryo viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Boshqarmasining boshlig‘i Usmon Nusurov olib bordi.Qizg‘in uchrashuvni ochib bergan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev mehmonlarning tashrifi uchun alohida minnatdorchilik bildirganidan so‘ng, mamlakat solnomasini yaratishda o‘z hissasini qo‘shayotgan ko‘psonli qashqadaryolik ijodkorlar, jurnalistlar, fan va san’at, adabiyot […]

Ўзбекистон заргарлик саноати халқаро кўргазма-савдоси ўтказилади

Вазирлар Маҳкамасининг “Ўзбекистон Республикаси заргарлик саноатининг замонавий ускуна, технологиялари ва заргарлик буюмлари “Uzbek Jewellery Fair-2020” биринчи халқаро кўргазма-савдосини ташкил этиш ва ўтказиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори қабул қилинди. “Ўзбекзаргарсаноати” уюшмаси, Туризмни ривожлантириш давлат қўмитаси, Савдо-саноат палатасининг: 2020 йил май ойининг 8-10 кунлари Тошкент шаҳрида “Ёшлар ижод саройи” кўргазмалар майдони базасида Ўзбекистон заргарлик саноатининг замонавий ускуна, технологиялари ва заргарлик буюмлари “Uzbek Jewellery Fair-2020” биринчи халқаро кўргазма-савдосини ўтказиш; 2020 йилдан бошлаб доимий равишда ҳар йили май ойи биринчи ҳафтасининг жума кунидан якшанба кунигача […]

2019 йил – Ўзбекистонда Қозоғистон йили

I қисмБўлсин десанг умр чароғон,Тақдирингни оқлагил инсон.Садоқатли дўстсиз жаҳонда,Бойлик, шуҳрат – бариси ёлғон.Абай ҚЎНОНБОЕВ.Бундан ярим йил муқаддам (2019 йил 15 апрель куни) Ўзбекистонда Қозоғистон йилининг тантанали очилиш маросими бўлди. “Бугунги кун Ўзбекистон ва Қозоғистон муносабатларида янги, тарихий кун бўлиб қолади. Ушбу ажойиб ҳодиса икки халқнинг маданий ва маънавий муштараклиги, абадий ва самимий дўстлиги рамзи ҳамдир”.Шавкат МИРЗИЁЕВ,Ўзбекистон Республикаси Президенти“Марказий Осиё минтақасининг муваффақиятли иқтисодий тараққиёти, барқарорлиги ва хавфсизлиги кўп жиҳатдан Қозоғистон билан Ўзбекистоннинг яқин ҳамкорлиги ва ўзаро мувофиқлашган саъй-ҳаракатларига боғлиқ. Муҳтарам Президент […]

Украина фуқаролигини олишда бошқа давлат фуқаролиги рад қилинмайди

Украинада мамлакат паспортини бериш чоғида бошқа давлат фуқаролиги рад қилиниши билан боғлиқ талаб бекор қилинишини назарда тутувчи қонун лойиҳаси тайёрланмоқда.“РИА Новости“ бу ҳақда Украина Давлат муҳожирлик хизмати раҳбари Максим Соколюк маълумотига асосан хабар бермоқда.“Ягона фуқароликка оид конституциявий меъёр сақланади, лекин мамлакат фуқаролиги берилаётганида шахсни бошқа давлат фуқаролигидан чиқиши талаб қилинмайди”, дейди Максим Соколюк “Европа ҳақиқати” газетасига берган интервьюсида.Нашрда қайд этилишида, қонун лойиҳаси Олий радада кўриб чиқилади. ЎзА

Янги қурилиш материаллари бўйича замонавий экотизим шакллантирилмоқда​

Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Ахборот ва оммавий коммуникациялар агентлигида «Қурилиш материаллари ишлаб чиқаришда инновацион ғоялар ва технологиялар» мавзусида матбуот анжумани ўтказилди. Ўзбекистон Республикаси Инновацион ривожланиш вазирлиги ва «Ўзсаноатқурилишматериаллари» уюшмаси ҳамкорлигида ташкил этилган тадбирда қурилиш материалларини ишлаб чиқаришда жорий этилаётган инновацион ғоя ва технологиялар ҳақида атрофлича маълумот берилди. Президентимизнинг 2019 йил 23 майдаги “Қурилиш материаллари саноатини жадал ривожлантиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарорида қурилиш материаллари соҳасини жадал ривожлантириш ва инновацион технологияларни кенг жорий этиш тартиблари белгилаб берилди. Мазкур ҳужжатга мувофиқ […]