«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Jamiyat

O‘zbekistonda 29-sentabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

“O‘zgidromet” 29-sentabr, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi […]

Afg‘oniston chegarasida o‘zbekistonlik harbiy halok bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Namanganda tashrifi davomida Afg‘oniston chegarasida o‘zbekistonlik bir askar halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Telegram’dagi “Nigoh” kanali xabar berdi. “Kuni kecha ham davlatimiz chegarasini buzib o‘tishga urinish bo‘ldi. Bir narkobaron harakat qildi. Lekin bizning daxlsizlik masalasida pozitsiyamiz qat’iy, kerak bo‘lsa, chegaramizni himoya qilish uchun qurol ishlatamiz. Kechagi vaziyatda ham o‘z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi. U shu yurt farzandi – namanganlik edi”, – deydi Shavkat Mirziyoyev. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasida Afg‘oniston muammosi haqida gapirib, “Afg‘onistonni yakkalab, […]

Mitxun Chakraborti: «Yangi O‘zbekistondagi bugungi o‘zgarishlardan hayratdaman!»

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Bollivud yulduzi Mitxun Chakraborti tashrif buyurdi. Kuni kecha aktyor jurnalistlar bilan uchrashib, Yangi O‘zbekiston va o‘zbek kinosi to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. — Sizni O‘zbekistonda ko‘rganimizdan xursandmiz, oldin ham bu yerda bo‘lgansiz. Endilikda qanday o‘zgarishlarni sezdingiz? Nimalar sizni hayratlantirdi? — Birinchi marta Toshkentga hamkorlikda film ishlaganimizda kelgandim, bir oy davomida bu yerda bo‘lgandik. Bugun Toshkentga kelib hayratimni berkita olmadim. Aeroportni o‘zidayoq ulkan o‘zgarishlarni ko‘rib, xuddiki o‘zimni Yevropani qaysidir shahriga kelib qolganimni his qildim. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida azaldan […]

Shifokor baliqning o‘ta foydali xususiyatlari haqida gapirdi

Diyetolog, Sankt-Peterburg davlat universiteti tibbiyot fakulteti dotsenti Andrey Bobrovskiy Sputnik radiosiga bergan intervyusida baliqlarni sog‘liq uchun o‘ta foydali mahsulot deb atadi. Mutaxassis baliqni haftada uch-to‘rt marta iste’mol qilish kerakligini ta’kidlagan. Chunki u yurak-qon tomir kasalliklari, ovqat hazm qilish tizimi va asab tizimi kasalliklarining oldini olishda foydalidir. Shifokor, baliq boshqa go‘shtlarga to‘liq muqobil ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tgan. «Uchta eng qulay tur bor — seld, makkel va sardinka. Bu arzon, keng tarqalgan va foydali baliq navlari, ular har doim sotuvda bo‘ladi va har […]

Stiven Sigal Toshkentga yetib keldi

Taniqli aktyor Stivan Sigal kecha, 27 sentyabr kuni Toshkentga yetib keldi. Uni Toshkent xalqaro aeroportida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov kutib oldi. Rossiya fuqarosi hisoblangan Sigal Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Ipak yo‘li durdonasi» xalqaro kinofestivalida qatnashadi. Shuningdek, u rus-amerika insonparvarlik aloqalari bo‘yicha Rossiya TIVning maxsus vakili hamdir. Toshkent xalqaro kinofestivali 1968 yilda tashkil topgan va har ikki yilda bir marta o‘tkazilgan. Lekin 1997 yilda noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgandi. Endi ushbu festival qayta tiklandi va bugundan 3 oktyabrgacha davom etadi. Unda […]

1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

2021-yil 1-oktabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar haqida norma.uz sharhi taqdim etildi. Soliq stavkalari o‘zgaradi Ayrim ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari turlariga soliq stavkalari oshiriladi. Tafsilotlar tegishincha bu yerda va bu yerda; sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasi 20 dan 15%gacha pasaytiriladi. QQS summalarini hisobga olishning yangi tartibi joriy etiladi Eksport qilinadigan tovarlar ishlab chiqaruvchisi O‘zbekistondagi bank hisobvarag‘iga chet el valyutasi tushumi kelib tushishidan qat’i nazar kiruvchi QQSni hisobga olishi mumkin. Yangi soliq va ma’muriy yengilliklar Quyidagilar bekor qilinadi: qat’iy belgilangan miqdordagi JShDS […]

Dam olish kunlari juda iliq havodan so‘ng, havo sezilarli darajada salqinlashadi

Bugun va yertaga O‘zbekistonda quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Termometr ustuni kunduz kunlari 32-34° gacha ko‘tariladi, bu ushbu kunlar me’yoridan 4-6° yuqoridir. Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida iliq havo massalarining kirib kelishi saqlanib turadi, kechasi harorat 15-17° ni, kunduz kuni 35-37° ni tashkil etadi. Yakshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Kechga tomon Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12° gacha, kunduz kuni 20-25° gacha […]