«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Dunyo

Olimpiada sovrindorlariga Prezident sovg‘alari tayyorlandi

«Prezident sovg’asi» yozuvi hamda Tokio-2020 Olimpiadasi logotipi tushirilgan Tahoe rusumli mashinalar videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu qimmat avtomobillar Olimpiada g‘oliblari uchun atalgan sovg‘a ekani aytilmoqda. Eslatib o‘tamiz, «Tokio-2020» Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi samolyoti bugun, 9 avgust kuni soat 20:00 da Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelishi kutilmoqda. Delegatsiya 21:00 da aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon ikki qavatli maxsus avtobuslarda harakatlanadi.  O‘zbekiston ushbu olimpiya o‘yinlarida jami beshta medalni qo‘lga kiritdi. Ulardan uchtasi oltin, ikkitasi bronza medallar sanaladi. Manba: xabar.uz

Raqamlashtirish Markaziy Osiyo mamlakatlarida qanday kechmoqda?

COVID-19 pandemiyasi raqamli texnologiyalar biz uchun o‘ylaganimizdan ham ko‘proq kerakligini isbotlovchi achchiq haqiqat bo‘ldi. Virusning kirib kelishi, karantin, izolyasiya… kutilmagan texnologik oqibatlar odamlarni ham, hukumatlarni ham shoshiltirib qo‘ydi. Iqror bo‘lish kerak, ayni bir paytda mamlakatlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va raqamli xizmatlarning qanchalik tayyorligi va imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazgan ham — pandemiya. Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari (COVID-19 rasman qayd etilmagan Turkmanistondan tashqari) davom etayotgan pandemiya bilan kurashmoqda. Virus tarqalishining oldini olish uchun 2020 yildan juda qattiq choralar qo‘llanilishi boshlandi: mutlaq karantin, masofadan […]

JSST rahbari insoniyatni «katta xavfli davr»dan ogohlantirdi

JSST rahbari Tedros Gebreyesusga ko‘ra, emlash bo‘yicha muvaffaqiyatlarga qaramasdan insoniyatga koronavirus tarqalishi bo‘yicha «real xavf» tahdid qilmoqda.  «Vaksinatsiyadagi muvaffaqiyatlar sabab yaxshi natijalarga erishildi. Ammo hozir dunyoga ulkan xavf tahdid solmoqda. Barcha erishilgan yutuqlardan mosuvo bo‘lishimiz mumkin»,—deyiladi  Gebreyesusning nutqida. JSST rahbarining aytishicha, kasallar sonining oshishiga odamlar ijtimoiy aloqalardagi cheklovlarga rioya qilishni to‘xtatishi, sog‘liqni saqlash tizimlari nomuvofiq ishlayotgani va emlash darajasi notekisligi sabab bo‘lgan. Jahonda vaksina bo‘yicha tengsizlik davom etmoqda. Kambag‘al davlatlarda vaksina muammosi turganda, o‘ziga to‘q davlatlar aholisini ikki martalab emlamoqda. Shu sababli […]

Ehtiyot bo‘ling, rulda bolalar!

Yoxud farzandini falokat ko‘chasiga boshlayotgan “otalar” Shu kunlarda odamni xavotirga soladigan voqealarga ko‘p bora guvoh bo‘lyapmiz. Vodiyga uyushtirilgan xizmat safari chog‘ida qishloq guzarlarida mashinani boshqarayotgan voyaga yetmagan bolalarni ko‘rib, ochig‘i vahimaga tushdim. Mashina ichiidan bo‘yi ham ko‘rinmaydigan xolatdagi bolalarni bemalol rulni boshqarib yurishganini ko‘rib xayratlandim. Qishloq guzari markazidagi do‘kon yoniga kelib to‘xtagan mashinadan 11 yoshlar atrofidagi bola tushib, mashina eshigini qo‘lidagi kalit bilan yopdiyu do‘konga kirib ketdi… Poytaxtdagi holat esa qishloqdagisidan qolishmaydi. Xuddi shunday voqeaga kuni kecha Bektemir tumanidagi Majnuntol […]

O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi. Mamlakatimiz yetakchisi Turkmanistonning «Avaza» milliy sayyohlik zonasida o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi yuqori darajada tashkil etilganini, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda bu yana bir muhim bosqich bo‘lishini ta’kidladi. O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, mintaqaviy va xalqaro darajadagi aloqalarni muhokama qildilar. Davlat rahbarlari pandemiyaning qiyin davriga qaramay, O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va […]

Safina Sadullayeva finalda

Yengil atletikachimiz Safina Sadullayeva saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, final dasturida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdi. Balandlikka sakrash yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sadullayeva 1.95 metr balandlikdan o‘ta oldi. Umuman olganda, A va V guruhlarida ishtirok etgan atletlardan 14 ishtirokchiga 1.95 metrdan o‘tish nasib qildi. Eslatib o‘tamiz, ushbu dasturda qatnashgan boshqa bir vakilimiz Svetlana Radzivil 1.90 metr bilan saralashda qolib ketdi. Ushbu yo‘nalishning final bahslari 7 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:35 da boshlanadi. Manba: aniq.uz

Afg‘oniston mudofaa vazirining uyiga uyushtirilgan hujumda to‘rt kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston mudofaa vaziri general Bismilla Xon Muhammadiyning Kobuldagi uyiga uyushtirilgan hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi. Bu haqda Frans Press agentligi xavfsizlik manbasiga asoslanib ma’lum qilgan. «To‘rt kishi halok bo‘ldi, 20 kishi yaralandi», — deya agentlikka xabar qilgan xavfsizlik manbasi. Shu bilan birga, qurbonlar hujum qilgan tarafdan yoki tinch aholi vakillari ekanligi ochiqlanmagan. IIV matbuot kotibi Mirvays Stanekzayga ko‘ra, hujum qilganlarning hammasi o‘ldirilgan. Avvalroq, voqea guvohi va Kobul politsiyasidagi manbaning RIA Novosti agentligiga aytishicha, Kobuldagi Afg‘oniston mudofaa […]

Prezident majburiy emlashga oid qonunni imzoladi

Endi ish beruvchi emlanmagan xodimni ishga qo‘ymaslikka haqli. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligiga oid ko‘shimcha kiritildi. “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda […]

O‘zbekistonda dollar va yevro yana qimmatlashmoqda

Markaziy bank 2-avgustdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra AQSh dollarining rasmiy kursi +17,43 so‘mga ko‘tarilib, 10 642,43 so‘mni tashkil etdi. Yevro kursi ham ko‘tarildi (+46,23) va 12 662,36 so‘m bo‘ldi. Bir Rossiya rubli esa +0,48 so‘mga oshib, 145,69 so‘mni tashkil etdi. Manba: xabar.uz

Turkmaniston chegarachilari O‘zbekistondan qaytayotgan turkman talabalarini mamlakatga kiritmadi

Xorijiy universitetlarda tahsil olayotgan turkmanistonlik talabalar juda og‘ir ahvolda. Turkmaniston o‘z chegaralarini yopib qo‘ygani uchun yoshlar vataniga qaytolmayapti. Turkmaniston hukumati tomonidan vaqti-vaqti bilan tashkil etiladigan siyrak aviareyslar barchani uyiga qaytarish uchun yetarli emas. Qolaversa, moliyaviy inqiroz tufayli o‘quvchilarning ota-onalarida o‘z farzandlariga pul yuborish imkoniyati qolmagan. O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida o‘qiyotgan yoki yaqinda bitirgan turkmanistonlik talabalar “Xronika Turkmenistana” gazetasiga o‘z muammolari haqida gapirib berdi.  16-iyul kuni Buxorodan bir guruh talabalar Turkmanistonga mustaqil ravishda qaytishga harakat qilgan. Olti nafar qiz va ikki yigit O‘zbekistonning […]