«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Dunyo

Burkina-Fasoda cherkovga uyushtirilgan hujum oqibatida14 kishi halok bo‘ldi

G‘arbiy Afrikadagi Burkina-Faso davlatining sharqiy qismida joylashgan cherkovga ibodat chog‘i uyushtirilgan hujum oqibatida 14 kishi otib o‘ldirildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda. Qurbonlar orasida o‘smirlar ham bo‘lgan. Jangarilarning shaxsi hozircha aniqlangani yo‘q. Hujum Futuri qishlog‘ida amalga oshirilgan. Ushbu qishloq joylashgan mintaqa notinch hisoblanadi va tez-tez bunday hodisalar yuz beradi. Ma’lumot uchun, Burkina-Fasodagi Salmossi qishlog‘ida 11-oktabr kuni masjidga hujum uyushtirilgan va 16 kishi o‘ldirilgandi. Manbaa: Daryo.uz

Xitoy AQShga qarshi ayrim sanksiyalarni kiritdi

Xitoy AQShga qarshi ayrim sanksiyalarni kiritgani haqida «Vesti» xabar berdi. Sanksiyalar Amerikaning nodavlat tashkilotlariga qarshi qaratilgan, xususan, Human Rights Watch tashkiloti ham ana shu ro‘yxatdan joy olgan. Bularning cheklovga tushishiga Gonkongdagi ekstremizm va zo‘ravonlikni qo‘llab-quvvatlagani sabab bo‘ldi, deyiladi rasmiy Pekin bayonotida. Xitoy, shuningdek, Gonkongga harbiy kema va samolyotlarni kiritish borasidagi Vashington so‘rovini ko‘rib chiqishni ham to‘xtatgan. Ilgari AQSh-Xitoy savdo bitimi borasidagi muzokaralar muzlatib qo‘yilgandi. Unga Donald Tramp Gonkongda demokratiya va inson huquqlari borasidagi qonunni imzolagani sabab bo‘lgandi. Manbaa: Kun.uz

Велосипед ўғриси 30 йилдан сўнг қўлга олинди — оёққа туриб олган экан…

Хитойнинг Хунань провинцияси полицияси 32 йилдан бери қидирувда бўлган тадбиркорни ҳибсга олди. Бу ҳақда «Regnum» ахборот агентлиги «Синьхуа» асосланиб хабар тарқатди. Чжан Сунмин ўша йилларда хитойликлар учун қадрли ва қимматли ҳисобланган транспорт воситаси — велосипедларни ўғирлагани учун 1987 йили етти йилга қамоқ жазосини олганди. Бироқ худди шу йили қамоқдан қочиб кетади. Қидирувга тушган велосипед ўғриси мамлакатнинг ўнлаб провинцияларида яшириниб юрган. 1990-йилларда, хонадонларни рўйхатга олиш миллий тизимидаги бўшлиқлардан фойдаланиб, исмини ўзгартиради ва Хубэйга қайтади. Чжан 2019 йилнинг сентябрида ҳибсга олинган. Бу пайтга […]

Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi 50 nafar yo‘lovchini qutqarib qoldi

Joriy yilning 1 dekabr kuni peterburgliklar ijtimoiy tarmoqlarga Primorskiy yo‘lidan olingan qo‘rqinchli tasvirlarni joylashtirdilar. «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘idagi «DTP i ChP Sankt-Peterburg» guruhida e’lon qilingan videoda yo‘lovchi avtobusi yonayotgani aks etgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, salonda 50ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Ellik kishi transport vositasidan vaqtida chiqib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Spbdnevnik.ru saytiga ko‘ra, ular haydovchining harakatlari tufayli omon qolgan. O‘zbekistonlik 43 yoshli erkak kun qahramoniga aylandi, u korxonada uch yildan buyon ishlaydi, deb aytib o‘tishgan «Tretiy park» OAJ […]

Антониу Гутерриш “табиатга қарши уруш” олиб боришни тўхтатишга чақирди

БМТ бош котиби Антониу Гутерриш инсониятни “табиатга қарши уруш” олиб боришни тўхтатишга чақирди. “Франс-Пресс” хабарида айтилишича, “Ўн йиллар давомида инсоният табиатга нисбатан шундай муносабатда. Биз бунга барҳам беришимиз лозим ва илм-фаннинг тасдиқлашича, биз буни уддалай оламиз”, деди бош котиб БМТ иқлим ўзгаришлари конвенцияси конференциясининг 25-сессияси олдидан ўтказилган брифингда. Маълумот учун мазкур саммитда 200га яқин давлат делегацияси иштирок этади. Manbaa: UzA

АҚШ ўз қуролларини сотишга уринмаслиги керак

“АҚШ НАТО мамлакатларига альянс доирасидаги ҳамкорлик баҳонасида ўз қуролларини сотишга уринмаслиги керак”. Франция қуролли кучлари вазири Флоранс Парли 3-4 декабрда Лондонда бўлиб ўтувчи НАТО саммити олдидан “Журнал дю диманш“ газетасига интерьюсида шундай фикрни айтди. “НАТО Низомининг жамоавий мудофаа бўйича 5-моддаси “Ғ-35 моддаси”га айланмаслиги керак”, деди у. Вазир, шунингдек, “НАТО ҳеч қачон Европа суверенитетига асос бўлмайди, бу асосни биз, европаликлар яратишимиз керак. Шунда НАТО билан Европа ўзаро мустаҳкам алоқа ўрнатади”, деб таъкидлади. Manbaa: UzA

Shimoliy Makedoniya NATOga qabul qilindi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Shimoliy Makedoniyaning NATOga qabul qilinganini ma’lum qildi. U bu haqda tvitterda yozdi.  Pompeoning ta’kidlashicha, AQShda Shimoliy Makedoniyaning NATOga qo‘shilishi haqidagi bayonnoma tasdiqlanishi jarayoni yakunlandi.  “AQSh tomonidan Shimoliy Makedoniyaning NATOga kirishi bayonnomasi ratifikatsiya qilinganini e’lon qilishdan xursandman”, deb yozgan Pompeo.  Shu tariqa, mamlakat NATOning 30-a’zosiga aylandi. Manbaa: Kun.uz

Airbus josuslikda gumon qilingan 16 xodimini bo‘shatib yubordi

Airbus samolyotsozlik kompaniyasi sanoat josusligida ayblangan 16 xodimini bo‘shatib yubordi. Bu haqda Le Figaro nashri xabar berdi.  Ushbu xodimlar kompaniyaning Germaniyadagi korxonasida ishlashgan va maxfiy hujjatlar bilan ishlashga ruxsatlari bo‘lgan. Gap Germaniya armiyasiga razvedka va xavfsizlik bilan bog‘liq qurilmalar xaridi haqida bormoqda. Maxfiy ma’lumotlar sizib chiqqani ichki tekshiruv vaqtida aniqlangan. Boshqa tafsilotlar hozircha noma’lum. Manbaa: Kun.uz

AQShda neft zavodidagi portlash sababli 60 ming kishi evakuatsiya qilinadi

AQShning Texas shtatidagi TPC Group neft-kimyo zavodida 28 noyabrga o‘tar kechasi ikkita portlash yuz berdi. Ikkinchi kuchli portlashdan keyin atrofdagi aholi punktlarining majburiy evakuatsiyasi e’lon qilindi. Bu haqda 12 News telekanali xabar berdi. Mahalliy o‘t o‘chirish xizmatining tvitterdagi sahifasida Jyefferson okrugida joylashgan zavoddagi ikkinchi portlash suratlari va videosi joylashtirilgan. Birinchi portlashdan keyin zavoddan bir necha kilometr uzoqlikdagi ba’zi uylarning oynasi singan. Kompaniyada ta’kidlanishicha, portlashlar neft-kimyo qurilmasi ishi bilan bog‘langan.  Birinchi portlashdan keyinoq voqea joyidan bir kilometr radiusdagi odamlar imkoni boricha […]

Qirolicha Yelizaveta II taxtdan voz kechadimi?

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bir yarim yildan so‘ng taxtdan voz kechib, uni o‘g‘li Charlzga topshirishi mumkin, deb yozadi «The Sun». Qirolicha 18 oydan so‘ng 95 yoshga to‘lishi munosabati bilan Britaniya taxtidan voz kechishni rejalashtirmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, u allaqachon o‘z vakolatlarini norasmiy ravishda o‘g‘liga topshira boshlagan. Buni marosimlarda ko‘pincha o‘zi emas, Charlz qatnashayotganidan ham payqash mumkin. Garchi qirolicha oldingiday ayrim marosimlarni o‘zi o‘tkazayotgan bo‘lsa-da, ishtirok etishni ancha kamaytirgan. Ko‘pincha Vindzor saroyidan chiqmayapti. Nashrning hisob-kitoblariga ko‘ra, u 2016-yilda 332 ta, 2018-yilda 282 ta tadbirda […]