«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Dunyo

Mudofaa vazirligi urib tushirilgan afg‘on samolyoti bo‘yicha bayonot berdi

Bugun ijtimoiy tarmoqlar va OAVda Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston qurolli kuchlari belgilari bo‘lgan harbiy samolyot urib tushirilgani xabar berilgan. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi OAV departamenti boshlig‘i Bahrom Zulfiqorov Xabar.uz so‘roviga javoban hodisani tasdiqlab, samolyot chegarani noqonuniy buzib kirganini ma’lum qildi. Hozirda tekshiruv va tergov ishlari olib borilmoqda. Mudofaa rasmiysi hodisa bo‘yicha yakuniy munosabat berilishini aytgan. Hodisa oqibatida qurbonlar kuzatilmagan. Afg‘onistondagi holat bo‘yicha onlayn translyasiyani bu yerda kuzatishingiz mumkin. Manba: xabar.uz

Pandemiyaga qarshi kurashish doirasida AQShdan taqdim etilgan insonparvarlik yordamining ikkinchi qismi O`zbekistonga olib kelindi

Bugun pandemiyaga qarshi kurashish doirasida Buxoro yahudiylarining butunjahon kongressi shafeligida «Global Jewish Assistance and Relief Network» fondi tomonidan taqdim etilgan insonparvarlik yordamining ikkinchi qismi Toshkentdagi Islom Karimov xalqaro aeroportiga olib kelindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. Beg`araz yordamning ikkinchi jo`natmasi tarkibiga 31,2 ming dona №95, 4 ming dona KN95  va 102 ming dona uch qatlamli ASTMF2100 Level 1 markali, jami 137,2 ming dona tibbiy niqoblar kiritilgan. Ushbu fond taqdim etgan yordam doirasida O`zbekistonga jami 271,2 ming dona tibbiy niqob […]

AQSH harbiylari Qobul aeroportida otishma uyushtirdi (video)

Guvohlar AQSH harbiylari Qobul aeroportida otishma uyushtirgani aks etgan videolavhani e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda. Kadrlarda olomon ogohlantiruvchi o‘t ochgan askarlardan qochib, uchish-qo‘nish yo‘lagi bo‘ylab yugurib ketayotganini ko‘rish mumkin. Nashr manbasiga ko‘ra, hodisa oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan. “Al-Jazeera” telekanali Afg‘oniston poytaxtidagi yagona aeroportda katta tartibsizlik hukm surayotgani haqida xabar bermoqda. Qayd etilishicha, bir tomonda diplomatlarni olib ketgani kelgan vertolyotlar, ikkinchi tomonda jonini saqlab qolish uchun aeroportga kelgan va har qanday havo transportiga osilayotgan olomonni ko‘rish mumkin. Rossiyaning […]

Sherzod Asadov jurnalistlarni Afg‘oniston bo‘yicha ishonchsiz manbalardagi gaplarni tarqatmaslikka chaqirdi

16 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmatining navbatdagi brifinggi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ommaviy axborot vositalarida Afg‘onistondagi vaziyatning yoritilishiga ham to‘xtalib o‘tdi. Matbuot kotibi Markaziy Osiyo va qo‘shni Afg‘onistonda vaziyat tez sur’atlarda o‘zgarayotganini, jurnalistlarga bu borada o‘zlarini qiziqtirayotgan barcha savollarni yozma jo‘natishni, ularga batafsil yozma javob qaytarilishini ma’lum qildi. Shundan so‘ng ushbu mavzu bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti bilan bog‘liq ma’lumotlarni havola etdi. Ma’lumki, 15 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali […]

Muxbirimiz Afg‘oniston chegarasidan xabar qiladi. To‘ra Bobolov: «Hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q»

Bugun, Rossiya Federatsiyasidan xizmat safaridan qaytib kelgan Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Termiz shahrining qo‘shni Afg‘oniston davlati bilan chegaradosh «Pattakesar»,» Nurli kelajak» hamda «A.Jomiy» mahallalarida bo‘lib, oqsoqollar va mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi. Uchrashuvda viloyat rahbari qo‘shni davlatda yuzaga kelgan harbiy-siyosiy vaziyat haqida atroflicha ma’lumot berib, mamlakatimizning Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish kuchaytirilgan tartibda olib borilayotgani, Termizda xavfsizlik idoralari rahbarlari va davlat hokimiyati organlari vakillaridan iborat tezkor shtab faoliyati yo‘lga qo‘yilib, quruqlik va suvda sarhadlarimizni qo‘riqlash uchun barcha zarur xavfsizlik […]

Surxondaryoda Afg‘oniston samolyoti qulab tushdi. Jarohatlanganlar bor (FOTO)

15 avgust kuni kechqurun Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida Afg‘oniston farqlash belgilari bo‘lgan samolyot qulab tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda qulagan samolyot qismlari va kamida bir inson jarohatlanganligi aks etgan video va fotolar tarqaldi. «Gazeta.uz» holat bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan izoh ololmadi. Mudofaa vazirligi holatni o‘rganayotganligini ma’lum qildi. Foto: Topnewsuz / Telegram «Gazeta.uz»ning Surxondaryodagi manbasi ikki nafar afg‘onistonlik harbiy xizmatchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filialiga yotqizilganligini tasdiqladi. Bu voqeadan bir kun oldin uch afg‘on askari kasalxonaga yotqizilgan. Katta ehtimol bilan, gap O‘zbekiston Tashqi […]

«Tolibon» Afg‘onistonning 2 ta yirik shahrini ham zabt etdi

«Tolibon» harakati Afg‘onistonning ikkita yirik shahri — Hirot va Qandahorni zabt etdi. Ular kattaligi bo‘yicha Kobuldan keyingi o‘rinlarda turadi. Olti kun ichida guruh 11 ta viloyat markazini egallagan. AQSh razvedkasi ma’lumotiga ko‘ra, uch oy ichida Kobul ham «Tolibon»ga o‘tishi mumkin. Bu orada AQSh va Buyuk Britaniya Kobuldagi elchixona xodimlarini evakuatsiya qilish uchun Afg‘onistonga 3000 ta qo‘shimcha askar jo‘natishini e’lon qildi. Ammo evakuatsiya ishlariga qaramasdan, AQSh elchixonani yopishni rejalashtirmayapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston hukumatining zamonaviy qurollarga ega 300 ming kishilik armiyasi bor. […]

«Yaqin bir oyda Kobul hukumati qulashi mumkin» — Afg‘oniston bo‘yicha xavotir bildirildi

Vashington «Tolibon» vakillari yaqin orada Kobulni egallashi mumkin deb hisoblaydi. Bu haqda The Washington Post o‘z manbalarga asoslanib ma’lum qildi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Pentagon Afg‘oniston poytaxti yaqin 30-90 kun ichida «Tolibon» tomonidan bosib olinishidan xavotirga tushmoqda. Ayni paytdagi vaziyat AQSh maxsus xizmatlari poytaxtni ishg‘ol qilish uchun yarim yil kerak, deya taxmin qilganidan «ancha yomon». «Hamma narsa noto‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda»,— deya xulosa qilgan manba. Eslatib o‘tamiz, «Tolibon» va AQSh vakillari o‘rtasida 2020-yilda tinchlik shartnomasi imzolangandi. Unga ko‘ra, AQSh harbiylari sentyabrga qadar mamlakatni […]

Nogironligi bo`lgan bolalarni vasiylikka olgan oilalarga to`lanadigan to`lovlar 2 mln 450 ming so`mgacha etkaziladi

Xabar berganimizdek,  “Yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko`ra, 2021 yil 1 dekabrgacha uy-joyga muhtoj 757 nafar etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar uy-joy bilan ta`minlanadi. 2022 yil 1 sentyabrdan yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarning uy-joyga muhtojligi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlanadi.  2021 yil 1 sentyabrdan: yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar davlat tasarrufidagi […]

Hindiston o‘z fuqarolarini zudlik bilan Afg‘onistonni tark etishga chaqirdi

Times of India gazetasi bugun Hindiston hukumati Afg‘onistondagi hind fuqarolariga ushbu shtatdan tijorat reyslari to‘xtatilmasdan zudlik bilan o‘z vatanlariga qaytishni tavsiya qilganini yozgan. «Afg‘onistondagi vaziyat doimiy ravishda yomonlashib borayotgani sababli, Hindiston hukumati hind fuqarolaridan bu mamlakat bilan havo qatnovi to‘xtatilmasdan uylariga qaytishni so‘ramoqda», — deb yozadi gazeta Hindistonning Kobuldagi elchixonasi murojaatidan iqtibos keltirib. Tavsiya Afg‘onistonda iqtisodiy ob’ektlar qurilishida ishtirok etayotgan hind kompaniyalari xodimlariga, shuningdek, bu mamlakatdagi hind jurnalistlariga tegishli. Kechga yaqin Hindiston fuqarolari, shu jumladan konsullik xodimlari “Tolibon” hujumiga uchragan Mozori […]