«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Dunyo

Bugunning gazetalarida: 70 yil avval qurilgan yo‘llar, eshakda tug‘ruqxonaga borayotgan ayollar…

bugungi gazetalarda yurtimiz va dunyoda yuz berayotgan jarayonlarga keng e’tibor qaratilayotgani, istiqlolning 30 yilligi shodiyonalariga tayyorgarlik va avj nuqtaga chiqayotgan saylov jarayonlari hamkasblarimiz e’tibor markazidaligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. «Yangi O‘zbekiston»ning bugungi sonida dunyo va O‘zbekistondagi siyosiy jarayonlar keng yoritilgan. Mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida mamlakatimizning eng oliy mukofoti – O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan vatandoshlarimiz – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori, akademik Shavkat Ayupov va Buxoro tumanidagi «Madaniyat Muhammad Ismat» fermer xo‘jaligi boshlig‘i Muhammad Ahmedovlarning «Ilm ahliga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning […]

Besh mingdan ortiq umumta’lim maktabi qog‘ozsiz hujjat aylanishiga o‘tadi

Mamlakatimizda qog‘oz jurnallardan voz kechib uning elektron talqini – «Kundalik»ka o‘tayotgan maktablar soni ortib bormoqda. Jumladan, Samarqand, Buxoro, Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarining ta’lim tashkilotlari yangi o‘quv yilida qog‘ozsiz hujjat aylanishiga o‘tadi. Ayni paytda jami ro‘yxatda 5 mingdan ortiq maktab bor. Xalq ta’limi vazirligining qaroriga ko‘ra, yangi 2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekistondagi umumta’lim maktablari gibrid shaklda ishlashni davom ettiradi. Ushbu o‘quv shakli 2020/2021 o‘quv yilida qo‘llanilgan, Kundalik raqamli ta’lim platformasida O‘zbekistondagi maktablarda masofadan o‘qitishni tashkil etish uchun […]

O‘zbekistonda pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratildi

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi olimlari pomidordan koronavirusga qarshi vaksina yaratdi. Bu haqda «Zamon» nashri xabar berdi. Markaz mutaxassisining ma’lumotlariga ko‘ra, laboratoriya sharoitida yetishtirilgan pomidor iste’mol qilinsa, oshqozonda mahsulot hujayralari parchalanadi. Shundan so‘ng hujayralarning ichida antigen hosil bo‘ladi. Ushbu loyiha yuzasidan olimlarning tajribalari joriy yilning yanvar oyidan buyon davom etmoqda. Ma’lum qilinishicha, ushbu tajribaga bodring va pomidor kabi mahsulotlar tanlanishi bejizga emas, chunki ularga termik ishlov berilmaydi. Mahsulotlar yuqori haroratda pishirilganda, antitanachalar hosil qiluvchi vaksinalar parchalanib ketadi. […]

OAV: AQSh «Tolibon» rahbarlaridan biri uchun 5 million dollar mukofot e’lon qilgan

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan «Tolibon» harakati rahbarlaridan biri Xalil Rahmon Haqqoniyni AQSh hukumati o‘n yillar avval  terrorchi deb e’lon qilgani va u haqidagi ma’lumot uchun 5 million dollar taklif etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda NBC telekanali xabar bergan. Avvalroq «Tolibon» Afg‘onistonni 12 kishidan iborat kengash boshqarishini ma’lum qilgandi. Oldindan kelishilgan nomzodlar orasida Xalil Rahmon Haqqoniy ham nomi ko‘rsatilgan. Haqqoniyga 2011-yilda qidiruv e’lon qilingan. U «Al-Qoida» manfaatlariga xizmat qilishda ham aylangan. Manba: xabar.uz

«Vazir o‘rinbosarining ikkinchi xotini» qo‘lga tushdi

Poytaxtdagi tunggi reydlar vaqtida qiziq hodisa yuz berdi. Ushbu hodisa videolavhasi TV orqali ham namoyish etilgan.  Chilonzorda tumanida harakatlanib kelayotgan «Neksiya» avtomobili to‘xtatilganda, haydovchi hujjatsiz yurgani ma’lum bo‘lgan. Haydovchining yonida bo‘lgan va o‘zini opasi deya tanishtirgan ayol esa YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, o‘zini «zamministrning ikkinchi xotini» ekanini aytib, qo‘yib yuborishlarini talab qilgan. Ayol aynan qaysi vazir o‘rinbosarini nazarda tutgani qorong‘u. Mazkur video bo‘yicha rasmiy munosabat ham e’lon qilinganicha yo‘q. Hodisa videosi ushbu havolada. Manba: xabar.uz

Koronavirusning barcha turlaridan himoya qiluvchi vosita topildi

AQShlik olimlar koronavirusning barcha shtammlariga qarshi kurasha oladigan antitanachani aniqladilar. Sent-Luisdagi (AQSh) Vashington universiteti tibbiyot maktabi olimlari koronavirusning hozirda ma’lum bo‘lgan barcha mutatsiyalarini zararsizlantiradigan antitanachani topdilar. Tadqiqot universitet rasmiy saytida e’lon qilingan. Tadqiqot mualliflari 43 ta namunani o‘rganishib, Petri idishidagi SARS-CoV-2 ning dastlabki varianti bilan zararlanishning oldini olish usullarini tahlil qilishdi. Keyin kemiruvchilarda to‘qqizta eng kuchli zararsizlantiruvchi zarralar sinovdan o‘tkazildi, shundan so‘ng eng samaralilari tanlab olindi. Ma’lum bo‘lishicha, SARS2-38 koronavirusning keng tarqalgan variantlari: «alfa», «beta», «gamma», «delta», «kappa», «yota», shuningdek, noyob […]

Koronavirus: 19 avgust kunidagi vaziyat bo‘yicha ma’lumot berildi

2021-yil 19-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 147322 (+863) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 92 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 41 nafari Andijon viloyatida, 27 nafari Buxoro viloyatida, 50 nafari Jizzax viloyatida, 20 nafari Qashqadaryo viloyatida, 20 nafari Navoiy viloyatida, 39 nafari Namangan viloyatida, 93 nafari Samarqand viloyatida, 22 nafari Sirdaryo viloyatida, 88 nafari Surxondaryo viloyatida, 90 nafari Farg‘ona viloyatida, 31 nafari Xorazm viloyatida, 93 nafari Toshkent viloyatida, 157 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi […]

Uzavto Motors mashinalarini qaysi davlatlar eng ko‘p sotib olmoqda?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar — iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 194,0 mln. AQSh dollariga teng yengil avtomobillar eksport qilingan. Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 123,0 mln. AQSh dollariga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar: — Qozog‘iston – 181,9 mln. — Afg‘oniston – 5,7 mln. — Ukraina – 2,3 mln. — Rossiya – 1,9 mln. — Qirg‘iz R. – 1,0 mln. — Ozarbayjon – 484,1 ming — Tojikiston – 480,1 ming AQSh dollari Manba: […]