«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Dunyo

Afg‘oniston chegarasida o‘zbekistonlik harbiy halok bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Namanganda tashrifi davomida Afg‘oniston chegarasida o‘zbekistonlik bir askar halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Telegram’dagi “Nigoh” kanali xabar berdi. “Kuni kecha ham davlatimiz chegarasini buzib o‘tishga urinish bo‘ldi. Bir narkobaron harakat qildi. Lekin bizning daxlsizlik masalasida pozitsiyamiz qat’iy, kerak bo‘lsa, chegaramizni himoya qilish uchun qurol ishlatamiz. Kechagi vaziyatda ham o‘z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi. U shu yurt farzandi – namanganlik edi”, – deydi Shavkat Mirziyoyev. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasida Afg‘oniston muammosi haqida gapirib, “Afg‘onistonni yakkalab, […]

Mitxun Chakraborti: «Yangi O‘zbekistondagi bugungi o‘zgarishlardan hayratdaman!»

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Bollivud yulduzi Mitxun Chakraborti tashrif buyurdi. Kuni kecha aktyor jurnalistlar bilan uchrashib, Yangi O‘zbekiston va o‘zbek kinosi to‘g‘risida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. — Sizni O‘zbekistonda ko‘rganimizdan xursandmiz, oldin ham bu yerda bo‘lgansiz. Endilikda qanday o‘zgarishlarni sezdingiz? Nimalar sizni hayratlantirdi? — Birinchi marta Toshkentga hamkorlikda film ishlaganimizda kelgandim, bir oy davomida bu yerda bo‘lgandik. Bugun Toshkentga kelib hayratimni berkita olmadim. Aeroportni o‘zidayoq ulkan o‘zgarishlarni ko‘rib, xuddiki o‘zimni Yevropani qaysidir shahriga kelib qolganimni his qildim. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida azaldan […]

Shifokor baliqning o‘ta foydali xususiyatlari haqida gapirdi

Diyetolog, Sankt-Peterburg davlat universiteti tibbiyot fakulteti dotsenti Andrey Bobrovskiy Sputnik radiosiga bergan intervyusida baliqlarni sog‘liq uchun o‘ta foydali mahsulot deb atadi. Mutaxassis baliqni haftada uch-to‘rt marta iste’mol qilish kerakligini ta’kidlagan. Chunki u yurak-qon tomir kasalliklari, ovqat hazm qilish tizimi va asab tizimi kasalliklarining oldini olishda foydalidir. Shifokor, baliq boshqa go‘shtlarga to‘liq muqobil ekanligini qo‘shimcha qilib o‘tgan. «Uchta eng qulay tur bor — seld, makkel va sardinka. Bu arzon, keng tarqalgan va foydali baliq navlari, ular har doim sotuvda bo‘ladi va har […]

Stiven Sigal Toshkentga yetib keldi

Taniqli aktyor Stivan Sigal kecha, 27 sentyabr kuni Toshkentga yetib keldi. Uni Toshkent xalqaro aeroportida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov kutib oldi. Rossiya fuqarosi hisoblangan Sigal Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Ipak yo‘li durdonasi» xalqaro kinofestivalida qatnashadi. Shuningdek, u rus-amerika insonparvarlik aloqalari bo‘yicha Rossiya TIVning maxsus vakili hamdir. Toshkent xalqaro kinofestivali 1968 yilda tashkil topgan va har ikki yilda bir marta o‘tkazilgan. Lekin 1997 yilda noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgandi. Endi ushbu festival qayta tiklandi va bugundan 3 oktyabrgacha davom etadi. Unda […]

SSV Toshkent shahrida vaziyat jiddiy ekanligidan ogohlantirdi

2021 yil 21 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 169989 (+522) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 59 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 6 nafari Andijon viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida, 10 nafari Jizzax viloyatida, 4 nafari Qashqadaryo viloyatida, 5 nafari Navoiy viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida, 47 nafari Samarqand viloyatida, 15 nafari Sirdaryo viloyatida, 11 nafari Surxondaryo viloyatida, 22 nafari Farg‘ona viloyatida, 8 nafari Xorazm viloyatida, 112 nafari Toshkent viloyatida, 212 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan […]

AQSh uchun eng katta tahdid bo‘lgan davlat nomi aytildi

AQSh Qurolli kuchlarining Shimol qo‘mondonligi rahbari general Glen Vanxerk Rossiyani mamlakat uchun asosiy tahdid deb atagan. Bu haqda u Air Force Magazine jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. «Rossiya bugun mamlakat uchun asosiy harbiy tahdiddir. Xitoy emas, bu Rossiya», — deydi harbiy. Uning fikricha, Xitoy Qo‘shma Shtatlarga «uzoq muddatli ekzistensial tahdid» tug‘dirishiga qaramay, bugungi kunda harbiy jihatdan Rossiya o‘zining suv osti kemalari, bombardimonchi samolyotlari va qanotli raketalari tufayli AQShga eng katta tahdid solmoqda. Shu bilan birga, general kibernetik va kosmik nuqtai nazardan, […]

Samolyot yo‘lovchining o‘limi sabab Toshkentga favqulodda qo‘ndi

«British Airways» kompaniyasining Islomoboddan Londonga uchayotgan Boeing 777-200ER samolyoti 22sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Qayd etilishicha, ushbu reysdagi 83 yoshli yo‘lovchi ayol o‘zini yomon his qilgan. Samolyot Toshkentga yetib kelganida ayol vafot etgan. Barcha yo‘lovchilar samolyotdan tushirilib, Toshkent aeroporti hududiga joylashtirilgan. Toshkent aeroporti xodimining so‘zlariga ko‘ra, ayolning o‘limiga sabab yurak urishining to‘xtashi bo‘lgan. U marhumaning qaysi davlat fuqarosi ekanligini ayta olmagan. Manba: xabar.uz

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 25 milliard dollarga yetdi

2021-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 25 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.  Tashqi savdo aylanmasi – 25 mlrd. AQSh dollari Eksport – 9,3 mlrd. — mahsulotlar – 7,7 mlrd. — xizmatlar – 1,6 mlrd. Import – 15,7 mlrd. — mahsulotlar – 14,7 mlrd. — xizmatlar – 1,0 mlrd. Saldo – 6,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etmoqda. Manba: xabar.uz