«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Bu qiziq

O’limni yenggan odamlar

17 yoshida u samolyot halokatidan so’ng tirik qolgan yagona yo’lovchi bo’lib chiqdi. 1985 yilning 21 yanvarida Jorj Lamson «Galaxy Airlines» aviakompaniyasi samolyotida halokatga uchradi. Manzilga 2,4 kilometr masofa qolganda samolyotda yong’in sodir bo’ldi. Samolyot bortida 71 nafar yo’lovchi bor edi, ulardan faqat uch kishigina tirik qoldi. Ularning biri 29 yanvarda, ikkinchisi esa 4 fevralda vafot etdi. Halokatda yagona omon qolgan Jorj Lammon o’zi o’tirgan o’rindiq bilan pastga qulab, Virjiniya ko’chalaridan birining o’rtasida tik holatda qo’ndi. Albatta, bu holat ilmiy nuqtai […]

80 ming dollarlik qo’g’irchoq, 600 ming dollarlik surat. Farzandlarini qimmatbaho sovg’alar bilan taltaytiradigan mashhurlar

1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan farzandidan hech narsani ayamaydigan, ba’zan ularni haddan ziyod erkalatib yuboradigan mashhurlar haqida «daryo.uz» ma’lumot berdi. Shahzoda Jorj Britaniya qirolligining faxri, yoqimtoy shahzoda Jorj, yuzidan tabassum arimasligi va hamisha a’lo kayfiyatda bo’lishi bilan kattayu kichikning mehrini qozongan. Oila a’zolarini-ku aytmasa ham bo’laveradi. Jorjning buvisi Kerol Middlton bayramlardan birida nabirasiga dunyodagi eng qimmatbaho o’yinchoqlardan birini: tebranadigan zebra sovg’a qilgan. «Stevenson Brothers» firmasiga qarashli mazkur o’yinchoq uchun 5742 dollar sarflangan. Bu summa shahzoda […]

TOVUS HAQIDA HAQIQATLAR

1. Tovus tovuqning yaqin qarindoshi hisoblanadi. 2. Tovus yer yuzidagi har qanday iqlimga ham tez moslasha oladi. 3. Dunyoda oddiy va yashil tovuslar mavjud. Ular orasida sezilarli darajada farq bor. Masalan, yashil tovusning oyoq va bo’yin qismi uzun. Jussasi ham yirikroq. 4. Tovuslar dunyodagi eng baqiroq qushlar sanaladi. 5. Tanasi uzunligi 100-125 santimetrga teng. Faqat dum va patlari tufayli bizga juda uzun ko’rinadi. 6. Oddiy tovus Hindiston va Eronning milliy ramzidir. Induizmda bu qush ilohiy hisoblanadi. 7. Tovusning erkagi 3-5 taga yaqin urg’ochi bilan birga hayot kechiradi. […]

MAYMUN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

1. Maymun ham ko’zguda o’z aksini taniydi. 2. Maymunlar hech qachon shamollamaydi. 3. Maymunning qanday kayfiyatda ekanini yuqori labidan bilsa bo’ladi. Agar yuqori labi tarang tortilgan bo’lsa, demak, u agressiv kayfiyatda. 4. Maymunning erkagi ham xuddi odamlar kabi yoshi ulg’aygach, kal bo’ladi. 5. Maymun o’rtacha 10 yildan 60 yilgacha umr ko’radi. 6. Maymunning urg’ochisi asosiy vaqtini o’ziga oro berish bilan o’tkazadi. 7. Agar xavf tug’ilsa, maymunlar bir-birini kekirish orqali xavfdan ogoh etadi. 8. Ko’pchilik maymun banan yeb tirikchilik qiladi deb o’ylaydi. Unday emas. Maymun gohi-gohida bir-ikkita banan yeyishi […]

ASAL HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

1. Agar qulay sharoit bo’lsa, asal minglab yillar saqlansa ham iste’molga yaroqsiz holatga kelmaydi. 2. Asal kuchli tabiiy konservantdir. Aleksandr Makedonskiyning jasadini aynan asal ichiga solib Gretsiyaga olib borishgan. Murda asal ichida chirish pallasiga kirmas ekan. Qadimda go’sht va baliq eskirmasligi uchun ham ularga asal surtib qo’yishgan. 3. Dunyodagi eng qimmat asal turi «Life Mel» juda kam miqdorda Isroilda yetishtiriladi. 4. To’yimlilikda asal go’shtni ortda qoldiradi. Ammo yong’oq baribir dunyodagi eng to’yimli mahsulot bo’lib qolmoqda. 5. Asalni allergik xastaliklarga uchraganlar iste’mol qilmagani ma’qul. U har […]

ChAYoN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

1. Chayonning turiga qarab oltitadan o’n ikkitagacha ko’zi bo’ladi. 2. Endi tug’ilgan chayonchalar to voyaga yetguncha onasining yelkasida umr kechiradi. 3. Chayon suv ichmaydi. U namlikni yeydigan ovqatidan ajratib oladi. Basharti och qolib ketsagina, suv ichishga majbur bo’ladi. 4. Chayon ovqatsiz 2 yilgacha yashab qola oladi. 5. Barcha chayon turlari zaharli. Ammo ular odamni o’ldiradigan darajada kuchli emas. 6. Chayonlar Antarktidadan tashqari yer yuzining barcha hududlarida topiladi. 7. Chayon bundan yuzlab yillar oldin dengizdan quruqlikka chiqib yashay boshlagan. 8. Dengizda yashagan chayonlarning uzunligi o’z davrida 1 metrgacha bo’lgan. […]

U 150 yil yashamoqchi edi

Uning 12 ta shaxsiy tabibi bo’lib ular uni har kuni sochidan tirnog’igacha tekshirib turishar edi. Har gal taomlanishidan oldin bir kishi taomini zaxarlanmaganini aniqlab oldindan yeb ko’rsatar edi. Uning kunlik faoliyatini 15 kishi bayon qilib borar edi. Hatto uxlash uchun yotadigan karavati maxsus tayyorlangan bo’lib uyqu vaqtida kislorod mo»tadilligini tartibga solar edi. Hatto mabodo kerak bo’lib qolsa inson a’zolari bilan ta’minlaydigan tomonlar bilan ham shartnomalar bor edi. Chunki u 150 yil yashashi lozim edi-da! Ammo 2009 yil 25 iyunda bu […]

KABUTAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

1. Kabutarning xotirasi hid va landshaftga asoslangan. Bundan tashqari, u quyosh yordamida ham mo’ljalni aniq ola biladi. 2. Kabutar odamlarning yuz tuzilishini eslab qolishda ham qarg’alardan sira qolishmaydi. Masalan, o’zini ranjitgan odamni eslab qoladi-yu, hayotda qaytib o’sha odamning qarshisida paydo bo’lmaydi. 3. Ikkinchi jahon urushi davrida kabutarlarning aksariyati aloqachi sifatida faoliyat yuritayotib, halok bo’lgan. Ayrimlariga o’limidan keyin jasurlik ordeni ham taqdim etilgan. 4. Dunyo bo’yicha kabutarlarga qo’yilgan yodgorliklar o’ttiztadan ortiqni tashkil etadi. 5. Kabutarning ko’rish imkoniyatlari keng. Ko’zlari ham xavfdan yaxshi himoyalangan. U Quyoshga tik […]

Konfutsiy hayotidan 9 ta muhim saboq

1. Doimo harakatda bo’ling.«Qanday tezlik bilan harakat qilishingiz muhim emas, siz to’xtamaguningizgacha harakatni davom ettirasiz». 2. Do’stlaringiz kimligi muhim.«O’zini rivojlantirishni hoxlamagan insonlar bilan hech qachon do’stlashmang». 3. Yaxshi narsalarning qadri baland.«Yomon ko’rish oson, yaxshi ko’rish qiyin. Dunyomiz shunday yaratilgan. Yaxshilikka erishish qiyindir, yomonlikga esa judayam oson». 4. Instrumentlaringizni charxlab turing.«Hayotdagi natijalar g’ayratingizga bog’liq. O’z ishini takomillashtirayotgan mutaxasis instrumentlarini o’tkirlashi kerak». 5. Xafa bo’lmoq – hech narsa emas.«Xafa bo’lmoq – xech narsa emas agar siz bu haqida eslamasangiz». 6. Oqibatlar haqida […]

Insoniyat tarixidagi eng yosh qirol kim?

Qirollik – insondan juda katta mas’uliyatni talab qiluvchi tushuncha. Ba’zan ushbu mas’uliyat yuki katta yoshli inson emas, bolalarning yelkasiga yuklatilishi ham mumkin. Insoniyat tarixidagi eng yosh qirollar kim bo’lgani haqida bilasizmi? Bugungi kunning eng yosh qiroli Qirollik va podsholik nufuzi bugungi kunga qadar saqlanib qolganidan xabardorsiz. Dunyoda shunday mamlakatlar borki, bu yerdagi hokimiyat hamon avloddan avlodga o’tib keladi. Ba’zan qirollar taxtga juda erta chiqishga majbur bo’ladilar. Ugandaning Toro qirolligini boshqarib kelayotgan va bugungi kunning eng yosh qiroli hisoblangan Oyo aynan […]