«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Bu qiziq

ShERLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

1. Sher mushuksimonlar oilasida hajmi bo’yicha ikkinchi o’rinni egallaydi. Birinchi o’rin yo’lbarslarga tegishli. 2. Sherning yuragi hajmi bilan solishtirganda mushuksimonlar oilasida eng kichigi hisoblanadi. 3. Bundan bir yarim ming yil oldin sherlar Yevropada ham paydo bo’lgan. Ammo odamlar ularni qirib tashlagan. 4. Tabiatan sherlar juda dangasa bo’ladi. Qorni to’q bo’lsa, faqat jiddiy xavf tug’ilsa, yoki soyaga o’tish uchungina o’rnidan qo’zg’aladi. 5. Sherning urg’ochisi erkagiga nisbatan ko’proq ov qiladi. Ammo o’lja yirik bo’lsa, erkagi albatta ovda ishtirok etadi. 6. Sherlarning nikoh davri bir hafta davom etadi. 7. Sher […]

TOG’ NEGA O’SADI VA BUNING SABABI NIMADA?

Dunyo olimlari necha asrlardan biri bu mavzuda bahslashib keladi. Har bir olim tog’ning o’sishiga nisbatan turli fikr beradi. Ammo tog’larning o’sishiga nima turtki bo’ladi? Umuman, tog’ o’sib borishi haqiqatmi? Albatta haqiqat. Tog’lar dunyo yaralibdiki, o’sishda davom etmoqda va ular hech qachon to’xtamaydi. Nega? Sababi ayon. Tog’larning aksariyati seysmik faollik kuchli hududlarda joylashgan. Bu hududlarda yer ostidagi tektonik plitalar boshqa hududlardagiga nisbatan yerning ustki qismiga yaqinroq joylashgan. Bu balki bir santimetrdir, balki bir necha o’nlab metrdir, farqi yo’q. Ular yer ustki […]

Pivo desangiz, chivinlar tomdan o’zlarini tashlashadi! Ey, qoyil!

Buni rossiyalik chivin va pashsha, umuman olganda, shu soha bo’yicha yagona mutaxassis Lyudmila Komarova (familiyasi ham mos ekan) Alekseevna «AiF»ga berga intervyusida gapirib o’tdi. «Chivinlar pivoni judayam xush ko’rishadi. Shuning uchun ham pivo sotiladigan ochiq joylarda ular judayam ko’p uchraydi. Va pivoxo’rlarning badanlariga yopishadi… Mabodo bir hafta oldin pivo ichgan bo’lsangiz ham o’rmon va yoki chivinlar bor joyga, yaxshisi, yaqinlashmang, chivinlarga yem bo’lasiz», deydi u. Darhaqiqat, pivo degan ofatni biz judayam yomon ko’ramiz. Shuning uchun ham bizda unga mukkasidan ketganlar […]

Qoyil! Sobiq xodim juda zerikarli ish bilan band qilgani uchun kompaniyani sudga berib, 45 ming dollar undirib oldi

Fransiyalik Frederik Desnar «Interparfums» kompaniyasidan o’ziga haddan tashqari kam ish berilganligi va shu fonda unda tushkunlik paydo bo’lgani uchun 45 ming dollar undirdi, deb yozmoqda «kun.uz» «New York Post» ma’lumotiga asoslanib. Desnarning so’zlariga ko’ra, 2010 yilda u asosiy mijozini yo’qotgan, shundan so’ng uning vazifalari doirasi oddiy ish bilan cheklangan va bu oz vaqt talab qilgan. «Men ertalab soat 9da kelamanmi yoki 10da kelamanmi, hammaga baribir edi. Men ofis anjomlarini sotib olishim kerak edi – bir necha varaq qog’oz – shundan so’ng […]

Uxlayotganimizda biz bilan sodir bo’ladigan 9 ta g’aroyib narsa

Dam olayotganimizda tashqi olamdan butunlay uzilamiz, biroq miyamiz ishlashdan to’xtamaydi. Mazkur maqolada Layfxaker tomonidan berilgan qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi. 1. Uyquning bir necha siklini boshdan kechiramiz Dastlab organizm sekin uyquning birinchi bosqichiga o’tadi. Ko’zimiz ilina boshlaydi, biroq hali qisman atrofdagi haqiqatni anglashda davom etamiz. Ikkinchi va uchinchi bosqichlardan keyin tezkor uyqu fazasi boshlanadi. Ana shu bosqichda tushlar ko’ramiz. To’liq sikl 90-120 daqiqani tashkil etadi va tun davomida 4-5 marta takrorlanadi. 2. Miyadagi barcha chiqindilar chiqarib tashlanadi Tadqiqot ma’lumotlariga ko’ra, uyqu […]

Turk seriallarining yulduzlari: Turkiyadagi eng mashhur chehralar (foto)

Turkiya qiziqarli va yuqori sifatli seriallar bilan mashhurdir. Muvaffaqiyatli rollar tufayli iste’dodli aktyorlar mamlakat tashqarisida ham taniqli bo’ldilar. Har yili ekranda yangi filmlar paydo bo’ladi, ularning ko’pi yuqori reyting va kassa bilan ajralib turadi. Turkiya yulduzlari o’z sohalarida mehnatsevar va professionallardir. Bundan tashqari, ular o’zlarining ajoyib ko’rinishlari bilan ajralib turadi – ko’plab aktyorlar va aktrisalar o’z karyeralarini model sifatida boshlaganlar. Ushbu mamlakat kinosining dunyo sahnasida katta kelajagi bor. Bugungi kunda taniqli turk aktyor va aktrisalarining safi kengayib bormoqda. Biz esa […]

OQ QAYIN HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

1. Oq qayinning eng metin turi bu Shmidt oq qayinidir. Uning tanasini bolta bilan chopib bo’laklay olmaysiz. Buning uchun maxsus uskuna talab etiladi. 2. Yer yuzida oq qayinning yuzlab turlari mavjud. 3. Oq qayinning mayda turi bor. Uning bo’yi 1, 5 metrgacha yetadi xolos. 4. Oq qayinning urug’i shu qadar mayda va yengilki, ularning 5000 donasini yig’ib taroziga qo’ysangiz, 1 grammgina vaznga egaligini ko’rasiz. 5. Oq qayinning urg’ochi va erkagi mavjud. Urg’ochining novdalari ikki yonga qarab o’ssa, erkaginiki faqat yuqoriga qarab o’sadi. 6. Oq qayin yonganda […]

Qovun daraxti haqida eshitganmisiz?

Tabiatda qovun daraxti ham mavjud. Bu juda tez o’sadigan tropik o’simlik bo’lib, bo’yi 60 metr balandlikkacha yetadi. Mevasining og’irligi 2 kilogrammgacha tosh bosadi. Tashqi ko’rinishi va ichki tuzilishi qovunga o’xshaydi. XVI asrda qovun daraxti Panamadan Sharqqa olib kelingan. Hozir bu daraxt Markaziy Amerika, Hindiston va Avstraliyada yetishtiriladi. hordiq.uz

Dollar kupyurasining siri: unda nimalar tasvirlangan va qanday jumboqlar yashiringan? (foto)

AQSh ning 1 dollarlik kupyurasida qanday jumboqlar berkingan? Bu savol ko’p yillardan beri mistika ishqibozlarini qiziqtirib kelmoqda. Kupyurada tasvirlangan belgi va ramzlar borasida bir qancha taxminlar ham keltirilgan. Bir raqami orqasida tasvirlangan g’ayrioddiy maxluq Oddiy ko’z bilan uni ilg’ash qiyin, ammo lupa orqali qaralganda, bir raqami orqasida tepa qismning o’ng tarafida qandaydir mitti jonivorni ko’rish mumkin. Ba’zilarning fikricha, bu burgutning rasmi, boshqalaning aytishicha bu yerda o’rgimchak tasvirlangan, yana bir toifa odamlar esa inson kalla suyagi, deb taxmin qilmoqdalar. Aniq va […]

ShIMPANZE HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

1. Shimpanzelarning eng yirik turi Tanzaniyada umr kechiradi. 2. Odam DNK si shimpanze DNK si bilan 99 foizga bir xil. 3. Shimpanzelar o’rtacha 50 yil va undan ko’proq yashaydi. 4. Shimpanze ko’zgudagi aksini taniydigan yagona maymun turidir. 5. Boshqa bir maymun yoki odam esnayotganini ko’rsa bas, u ham esnashga tushadi. 6. Shimpanzelar orasida kanniballari ham uchrab turadi. 7. Yoshi ulug’ shimpanze erkagi 70-80 kilogramm vaznga ega. Urg’ochisi esa bu qadar yirik bo’lmaydi. 8. Shimpanze nafaqat meva va daraxt barglari, balki go’sht, qumursqalarni ham paqqos tushiradi. 9. Shimpanzelar yolg’izlikda yashay […]