Fotosuratchi Jey Vaynshteyn bir qancha mamlakatni kezib “Men ulardan shunchaki tabassum qilishlarini so‘radim” nomli loyihasi uchun notanish odamlarni jinsi, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishidan qa’ti nazar suratga olgan. Vaynshteyn bir odamni ikki xil ko‘rinishda: jiddiy hamda tabassum qilgan holda suratga olgan. Fotosuratchining ijod namunasiga qarab, kulgi insonni qanchalik o‘zgartirishiga amin bo‘lish mumkin bo‘lgan suratlar bilan bo‘lishamiz. 1. Suratda Hindiston qishloqlaridan birida yashaydigan qiz, uyi oldida dugonasi bilan o‘ynayotgan bo‘lgan. Foto: Instagram / soiaskedthemtosmile 2. Suratdagi inson Singapur ko‘chalaridan birida avtobus kutayotgan bo‘lgan. Foto: Instagram / soiaskedthemtosmile 3. Suratdagi […]
O’rta asrlarda jonivorlarni, qurt-qumursqalarni, hatto, o’simliklar, sabzavotlarni sudga berish odatiy hol sanalgan. Sud uchun odam ham, jonivor ham bir xil bo’lgan. Masalan, 1120 yili dala sichqonlari ustidan sud jarayoni bo’lib o’tgan. Aytishlaricha, sichqonlar dehqonlar yil bo’yi yetishtirgan donlarni yeb bitirayotgan ekan. Sudya ishni to’liq o’rganib chiqib, sichqonlarni qarg’ab yuborish haqida hukm e’lon qilgan. O’n to’rtinchi asrda Shveysariyaning Kura shahrida yashovchilar oq qurtlarni sudga bergan. Ammo oq qurtlar sud jarayoniga kelmagan. Sudya esa ularning ishtirokisiz sud jarayonini boshlagan. Ular tirik jon […]