«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Category : Audio

Qamashi tumani: 209 gektar yer qarovsiz holda. Mas’ullardan javob kutamiz

Qamashi tumanida faoliyat olib boruvchi yosh fermer Choriyor Haydarovdan tahririyatimizga kelib tushgan murojaat asosida shu narsa ayon bo‘ldiki, Qamashi tumani hududiga qarashli 209 gektar yer maydoni anchadan buyon foydalanilmay kelinmoqda ekan. Yerning amaldagi egasi kim? Nega bu yer haligacha zahiraga olingani yo‘q? Shu yerdan foydalanmoqchi bo‘lgan bir qancha fermerlar bor. Biroq qanday sabablar bilan bu yer ularga bo‘lib berilmadi? Bu savollarga Qamashi tumani hokimligidan rasmiy izoh kutib qolamiz.