«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Stiven Sigal Toshkentga yetib keldi

Taniqli aktyor Stivan Sigal kecha, 27 sentyabr kuni Toshkentga yetib keldi. Uni Toshkent xalqaro aeroportida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov kutib oldi.

Rossiya fuqarosi hisoblangan Sigal Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Ipak yo‘li durdonasi» xalqaro kinofestivalida qatnashadi. Shuningdek, u rus-amerika insonparvarlik aloqalari bo‘yicha Rossiya TIVning maxsus vakili hamdir.

Toshkent xalqaro kinofestivali 1968 yilda tashkil topgan va har ikki yilda bir marta o‘tkazilgan. Lekin 1997 yilda noma’lum sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgandi.

Endi ushbu festival qayta tiklandi va bugundan 3 oktyabrgacha davom etadi. Unda bir qator mashhurlar, jumladan, taniqli rejissyor va prodyuser Lyuk Besson, Nikita Mixalkov, Timur Bekmambetov, Aleksey Chadov, Irina Pegova va boshqalar.

Manba: xabar.uz

Leave a comment