«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Afg‘oniston chegarasida o‘zbekistonlik harbiy halok bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev Namanganda tashrifi davomida Afg‘oniston chegarasida o‘zbekistonlik bir askar halok bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Telegram’dagi “Nigoh” kanali xabar berdi.

“Kuni kecha ham davlatimiz chegarasini buzib o‘tishga urinish bo‘ldi. Bir narkobaron harakat qildi. Lekin bizning daxlsizlik masalasida pozitsiyamiz qat’iy, kerak bo‘lsa, chegaramizni himoya qilish uchun qurol ishlatamiz. Kechagi vaziyatda ham o‘z vazifasini sharaf bilan bajargan bir askarimiz qahramonlarcha halok bo‘ldi. U shu yurt farzandi – namanganlik edi”, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasida Afg‘oniston muammosi haqida gapirib, “Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas”, degandi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment