«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Dam olish kunlari juda iliq havodan so‘ng, havo sezilarli darajada salqinlashadi

Bugun va yertaga O‘zbekistonda quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Termometr ustuni kunduz kunlari 32-34° gacha ko‘tariladi, bu ushbu kunlar me’yoridan 4-6° yuqoridir.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida iliq havo massalarining kirib kelishi saqlanib turadi, kechasi harorat 15-17° ni, kunduz kuni 35-37° ni tashkil etadi. Yakshanba kuni respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Kechga tomon Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12° gacha, kunduz kuni 20-25° gacha pasayadi.

Dushanba kuni salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha harorat foni keskin pasayadi va haftaning birinchi yarmi davomida kunduz kungi havo harorati 23-27°, kechasi 12-15° atrofida bo‘ladi.

26-27-sentyabr kunlarida salqin havo massasining kirib kelishida bulutli qatlamlar ko‘payadi va ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Haftaning ikkinchi yarmida havo haroratining yanada pasayishi kutilmoqda.

Manba: xabar.uz

Leave a comment