«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Oyog‘ini yalatgan» boshliq ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Rishton tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U. Mamadaliyevning jurnalist va blogerlarni haqorat qilib, ularga bosim o‘tkazgani haqida audioxabar tarqalgandi.

Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Husan Mamajonov mazkur holat bo‘yicha axborot bergan.

Qayd etilishicha, Rishton tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘z hohishi bilan ariza yozgan. Arizasi qanoatlantirilib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

«Blogerimiz uning harakatlaridan norozi bo‘lsa, belgilangan tartibda sud orqali hal qilsa maqsadga muvofiqdir», deydi Husan Mamajonov.

Manba: xabar.uz

Leave a comment