«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

O’zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat narxlari ma‘lum bo’ldi

O’zbekistonning hududiy bozorlarida o’tkazilgan kuzatuv natijalariga ko’ra, oziq-ovqat narxlari ma‘lum qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabar qilinishicha, Statistika qo’mitasi tomonidan 8 sentyabr holatiga ko’ra, hududiy markaziy dehqon bozorlarida kuzatuv o’tkazilgan. Quyida o’rganish natijasi bo’yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari e‘lon qilingan:

  • Suyakli mol go’shti (1 kilogramm) — 45 000–68 000 so’m;
  • Qo’y go’shti (1 kilogramm) — 52 000–80 000 so’m;
  • Kartoshka (1 kilogramm) — 1800–5000 so’m;
  • Piyoz (1 kilogramm) — 800–3000 so’m;
  • Sabzi (1 kilogramm) — 2000–9000 so’m;
  • Tuxum (10 dona) — 5000–14 000 so’m;
  • Guruch (1 kilogramm) — 5000–18 000 so’m;
  • O’simlik yog’i (1 litr) — 14 000–24 000 so’m;
  • Shakar (1 kilogramm) — 7500–9000 so’m.

Eslatib o’tamiz, avvalroq O’zbekistonda oziq-ovqat mahsuloti narxlari qanchaga oshgani ma‘lum qilingandi. Shuningdek, Qozog’istonda sabzi va kartoshka narxi keskin oshgani va O’zbekistonda paxta yog’i va shakar narxi pasaygani xabar qilingan.

Manba: bugun.uz

Leave a comment