«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Koronavirus yuqtirishlar soni yana ko‘payib bormoqda

2021-yil 9-sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 163108 (+687) nafarni tashkil etmoqda. Ta’kidlash joizki, avvalgi kunlarga qaraganda o‘sish kuzatilmoqda. 

Yangi kasallanish holatlarining:
72 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
20 nafari Andijon viloyatida,
11 nafari Buxoro viloyatida,
15 nafari Jizzax viloyatida,
10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
7 nafari Navoiy viloyatida,
16 nafari Namangan viloyatida,
69 nafari Samarqand viloyatida,
17 nafari Sirdaryo viloyatida,
13 nafari Surxondaryo viloyatida,
63 nafari Farg‘ona viloyatida,
14 nafari Xorazm viloyatida,
109 nafari Toshkent viloyatida,
251 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1142 nafarni tashkil qildi.

9 sentyabr kuni 159 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 25115 nafarga yetdi. Kecha ularning 329 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 18955 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 200 nafarga yetdi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment