«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Haydovchi bilan janjallashgan YPX xodimlari jazolandi

Xorazm viloyatida haydovchiga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma asosli deb topilib, xizmati davomida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ikki nafar xodimga jazo berildi.

Ijtimoiy tarmoqda «Xorazmda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasida janjal» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Xorazm viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Tekshiruv yakuniga ko‘ra, fuqaro D.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 135 hamda 194-moddalari tartibida rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnoma asosli deb topilib, xizmati davomida Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyruqlari talablariga rioya qilmaganligi bois, Xorazm viloyati IIB YHXB YPX xodimlari Yo.Komilov va A.Olimovlarning har biriga «Hayfsan» intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishi belgilandi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment