«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Shavkat Mirziyoyev: «QQS 12 foizga tushiriladi»

«Biznes sohasiga imkoniyatlarni kengaytirish, soliq turlari va uning yukini kamaytirish bo‘yicha, tizimli ishlarimizni izchil davom ettiramiz.

Yaxshi bilasizlar, 2020 yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 20 foizdan 15 foizga tushirgan edik. Bu – 100 ming tadbirkor ixtiyorida 10 trillion so‘m mablag‘ qoladi, degani.

Endi, zarur tayyorgarlik ko‘rgan holda, 2023 yildan boshlab, ushbu soliq stavkasini 15 foizdan 12 foizga tushiramiz.

Kelgusi yili korxonalarning mol-mulk solig‘i stavkasi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytiriladi va buning natijasida tadbirkorlar ixtiyorida yiliga 500 milliard so‘m mablag‘ qoladi.

Yana bir yangilik – 2023 yildan yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini birlashtirib, yagona ko‘chmas mulk solig‘i joriy qilinadi.

Hozirgi vaqtda bank, moliya, telekommunikasiya kabi tadbirkorlik yo‘nalishlarida foyda solig‘i stavkasi har xil bo‘lib, ular amaldagi 20 foizdan 15 foizga tushiriladi va barcha tadbirkorlar uchun bir xil bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Manba: aniq.uz

Leave a comment