«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Panjshir marshal Do‘stum ishtirokida Tolibonga yoqimsiz syurpriz tayyorlamoqda

Tolibon rejimini ma’qullamagan sobiq afg‘on rasmiylari mamlakatning Milliy qarshilik frontini qo‘llab-quvvatlovchi kengashni tuzadi. Bu haqda Dushanbeda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Ag‘bar ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ular yaqin vaqtlarda kengashni chaqirishni rejalashtirmoqda.
«Afg‘onistonning siyosiy liderlari, shu jumladan marshal Abdul-Rashid Do‘stum, yaqinda Milliy qarshilik frontini qo‘llab-quvvatlash kengashini tuzadilar»,- dedi elchi.
Diplomat respublikaning yangi hukumati bilan ishlash niyati yo‘qligini ta’kidladi, chunki u inklyuziv hukumat emas. Endi u mamlakat sobiq vise-prezidenti Amrulla Solihning Tojikistondagi vakili bo‘ladi.
Ag‘bar jahon hamjamiyatini kuni kecha e’lon qilingan Afg‘oniston Vazirlar Mahkamasi tarkibini tan olmaslikka chaqirdi.

Manba: aniq.uz

Leave a comment