«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Bahavo joyda Yangi Toshkent shahri quriladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, 3 ming kilometr ichki yo‘llar yangilanadi, 10 ta zamonaviy ko‘prik quriladi.

Toshkentning oqova tizimi shahar hududidan tashqariga chiqarilib, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi tozalash inshooti barpo etiladi.

Kelgusi besh yilda Yangi Toshkent shahrini barpo etishga qaratilgan loyihani amalga oshirish bosqichma-bosqich boshlanadi.

Butun mamlakatimiz bo‘ylab «Yashil makon» umummilliy loyihasi tatbiq etiladi. Hududlarda har yili kamida 200 million tup daraxt ko‘chatlari ekiladi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida kamida 50 gektar maydonda «yashil bog‘lar» barpo etiladi.

Bundan tashqari, shaharlar va tuman markazlarida har 50-100 ming aholi uchun jamoat parklari tashkil etiladi.

Shu bilan birga, daraxtlarni kesishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Bundan buyon, parklar va yashil zonalar hududini boshqa maqsadlar uchun ishlatish qat’iyan taqiqlanadi.

Manba: xabar.uz

Leave a comment