«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

«Saylanadigan hokimlar, «samosud» uchun jazo» — Bahrom Abduhalimovning saylovoldi dasturi ma’lum qilindi

Bugun, 8 sentyabr kuni O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining X Qurultoyi o‘tkazildi.

Qurultoyda «Adolat» SDPdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish hamda partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodning saylovoldi dasturi to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Qurultoyda delegatlar Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abdurahimovich Abduhalimovning nomzodi havola etildi. Mazkur masala yuzasidan so‘zga chiqqanlar nomzodni qo‘llab-quvvatladi.

B.Abduhalimov o‘z saylovoldi dasturining maqsad va vazifalari, ustuvor yo‘nalishlarini Qurultoy qatnashchilariga ma’lum qildi.

Dasturdan hokimlarni saylash tizimini joriy etish va hokimlarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari raislari lavozimida o‘tirishiga chek qo‘yish; korrupsionerlarga xoinlar deb qarash; shaxsiy daxlsizlik, mulk daxlsizligi, turar joy daxlsizligi; «samosud» uchun qat’iy jazo belgilash; yagona tergov organi – Tergov qo‘mitasini tashkil etish; uy-joylarning narxini keskin kamaytirish  kabi qator masalalar o‘rin olgan.

Manba: xabar.uz

Leave a comment