«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Eng qimmat palov sotiladigan hudud nomi aytildi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston bo‘ylab an’anaviy «palov indeksi»ni e’lon qildi. 

Unda hududlardagi eng qimmat va arzon palov narxlari ma’lum qilingan. Ro‘yxatga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida tayyorlanadi. Poytaxtda bir kilogramm taom narxi 161 ming so‘m bo‘lsa, bir porsiyasi 23 ming so‘mni tashkil etadi.

Eng arzon palov esa Namanganda. Bu yerda bir porsiya taom 14 714 so‘m, bir kilogrammi esa 102 998 so‘mdir.

Manba: xabar.uz

Leave a comment