«KELAJAK INTERNET TELERADIOKOMPANIYASI»

Mashingangizni ehtiyotlang: Toshkentda qaroqchilik avj olyapti

Toshkent shahrida avtomobillardan katalizatorlarni olib qochish hollari ko‘paydi, deb yozgan bir necha fuqaro Feysbukdagi «Potrebitel.uz» guruhiga. Katalizatorlarda qimmatbaho metallar borligi aytilgan.

Aytilishicha, bunday qaroqchilik asosan kechasi, ko‘p qavatli uylar yonidagi avtoturargohlarda va ayniqsa, videokamerasi yo‘q joylarda amalga oshirilmoqda.

Eng yomoni, o‘g‘rilar mashinaning zamonaviy xavfsizlik tizimidan ham qo‘rqmayapti. Katalizatorni olib qochish uchun mashina tagiga kirib, katalizatorni bolgarka yoki elektr arra bilan kesishning o‘zi kifoya.

Katalizatorlar tarkibida eng qimmat metallardan biri platina, palladiy va rodiy bor. O‘rtacha 1-2 gramm palladiy bor bitta katalizatorni pullash orqali taxminan 100-200 dollar pul ishlash mumkin.

Manba: xabar.uz

Leave a comment